lu’atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertasiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug‘atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug‘i hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, «Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.
Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. Tunyuqo‘q, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg‘ul bo‘lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo‘shiqlarida ham mavjud bo‘lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan. Masalan, asardan ovchilik mavzusidagi parchalarni olib ko‘raylik:
Chag‘ri berib qushlatu,
Toyg‘an izib tishlatu,
Tilki, to‘ng‘iz toshlatu
Ardam bila o‘klalim.
Mazmuni: (Yigitlarga) chag‘ri (ov qushi) berib qush ovlaylik, Ov itini (qushlarning) izidan solib tishlataylik. Tulki, to‘ng‘iz(lar)ni tosh bilan uraylik, Yutuqlarimiz bilan maqtanaylik. Yana:
Yigitlarig ishlatu,
Yig‘ach yamish irg‘atu.
Qulan, kiyik avlatu,
Bazram qilib avnalim.
Mazmuni: Yigitlarni ishlataylik, Daraxt(lar)dan meva(lar)ni qoqtiraylik, Qulon, kiyik ovlataylik, (So‘ng) bayram qilib ovunaylik.
Shunday qilib, mana shu kabi tarixiy-ilmiy-badiiy manbalar orqali birgina jismoniy tarbiya va sportga oid kurash, chopish, sakrash, chavandozlik, yoy, kamon, o‘q, otish, mergan, merganlik, eshkak, kema, suzish, o‘zish, o‘yin, tepish, tepki, to‘p, to‘r, chovgon, qanot, qilich, kema yoki shaxmatga oid shatranj, shohmot/shaxmat, shoh/shax, farzin, rux, fil, ot/asp, piyoda/
-107-
sipoh, mot, pot/pat, dona, oq, qora, katak, qanot, yurish, kisht, hujum singari ko‘plab atamalar bizgacha yetib kelgan. Bu hol ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli.
Mana shu tarzda har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda sohaviy atamalar ham son, ham sifat jihatdan takomillashib bordi. Uning taraqqiyotida XIX asrning II yarmidan keyingi davr va yana oradan yuz yildan ortiq vaqt o‘tib O‘zbekistonning mustaqillikka erishgan davri alohida o‘rin tutadi. Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o‘zgarishlar O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonda ham sanoatning o‘sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Falsafa, huquq. tarix, filologiya, sosiologiya, ximiya, fizika, matematika, biologiya, geografiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar shakllandi va ular tilimizga kirib keldi. Bunda rus tilining ta’siri katta bo‘lganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Atamalarning o‘zbek tilida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Chunki o‘zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim Usmon, R.Doniyorov, H.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko‘rsatishga, ularni ma’lum bir tartibga keltirishga ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi.
Atamalarni dastlab ikki katta gurhga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi:
Umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.
Xususiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.
Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo‘nalishlari uchun tushunarli bo‘lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g‘alaba, birinchilik, chempionat, ko‘rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo‘llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperatura, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgani holda, gravitasiya, diod, termoster, kondensasiya, kopillyar hodisalar singari atamalar yoki ximiyaga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida
-108-
qo‘llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo‘nalilari va sohalarida kuzatish mumkin.
O‘zbek tilining barcha leksik resurslarida bo‘lgani kabi atamalarning ham o‘z boyish yo‘llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi.
Dunyoda chetdan so‘z o‘zlashtirmagan bironta ham til yo‘q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to‘g‘ri keladi. «Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z yoki termindan foydalaniladi, yo bo‘lmasa yangi termin yasaladi» (Akobirov S. Til va terminologiya. –Toshkent, 1968, 30-bet).
E’tirof etish kerakki, o‘zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog‘i katta. An’anaga ko‘ra ularni quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganamiz:
1. Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, imlo, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohat, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.
2. Forscha-tojikcha: bastakor, doya, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
3.Ruscha-baynalmilal: abzas, agronomiya, agroximiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realizm, romantizm, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari:
a) lotincha: abbreviasiya, abstrakt ot, agglyutinasiya, adverbializasiya, adyektivasiya, akkomodasiya, aktualizasiya, aksentologiya, alliterasiya, alternasiya, areal, artikulyasiya, assimilyasiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.
b) yunoncha: allegoriya, allomorf, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonim, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.
Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan respublikamiz miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar tilimiz taraqqiyotiga, xususan uning terminologik rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
«Davlat tili xaqida»gi Qonunning yuzaga kelishi munosabati bilan fanlarning turli yo‘nalishlari bo‘yicha atama-
-109-
shunoslik sohasida islohotlar o‘tkazish, ularni «o‘zbekchalashtirish» ga imkoniyat yaratildi.
Hatto dastlab shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni «milliylashtirish» ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ham nihoyatda ko‘paydi. Jo‘yali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan takliflar ham o‘rtaga tashlandi. Bu gapning tasdig‘i sifatida ayrim misollarni keltiramiz: matematika-riyoziyot, fakultet-kulliyot, rassom-musavvir, gazetxon-mushtariy, auditoriya-saboqxona, xona, o‘quv xonasi, sirk-tomoshaxona, sirkul-pargar, sellofan-suvqog‘oz, seyf-zarf, attestasiya-ko‘rik, samolyot- aeroplan, tayyora, aeroport-tayyoragoh, familiya-naslnoma, klub-da’vatxona, titul list-sarvaraq va hokazo.
Bu kabi tavsiyalar mustaqillikdan keyin - «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingach, o‘rtaga tashlandi. Ona tilimizning chin fidoyilari erksevar va millatsevar jadidlar tomonidan esa shu mazmundagi mulohazalar asrimizning boshlarida, mustamlakachilik paytlaridayoq o‘rtaga tashlanganligi tarixdan ma’lum.
Ulug‘ ma’rifatparvar Fitrat 1921 yildagi til, imlo qurultoyida kontrrevolsion «Chig‘atoy gurungi» tashkilotining dasturini bayon etib, o‘zbek tilidan yot so‘zlar (arabcha, forscha, ruscha) ni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz bo‘lgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi.
Ular (tilning sofligi uchun kurashuvchilar -mualliflar)... ko‘plab qadimiy so‘zlarni tiriltirishni, o‘zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob, maktub so‘zlari o‘rniga emgak, el, olqish, o‘gut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so‘zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so‘zlari o‘rniga baliq, taniq, sipok so‘zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyusiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so‘zlar o‘rniga o‘txona, otash arava, o‘zgarish, yo‘qsil, o‘zi qaynar, choparxona, ekin bilg‘ich, simchiroq, yer biligi, o‘simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so‘z va iboralarni ishlatishni ko‘tarib chiqdilar. (5, 155-bet).
Bu qarashlar shu ma’noda diqqatga sazovorki, ularda tilni mumkin qadar chet el unsurlaridan tozalash, umumturkiy birliklarni adabiy til me’yori sifatida belgilash g‘oyasi yotadi. Masalaning qo‘yilishi ana shu tarzda tushuniladigan bo‘lsa, yuqoridagi riyoziyot, kulliyot, musavvir, mushtariy,
Do'stlaringiz bilan baham: |