Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova



Download 458,78 Kb.
bet29/89
Sana30.12.2021
Hajmi458,78 Kb.
#192205
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89
Bog'liq
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-fayllar.org

Tayanch so‘z va iboralar :uslub, uslubshunoslik, vazifaviy uslubshunoslik, yo‘nalishlar, tasnifdagi omillar, lingvistik, ekstralingvistik, vazifvaiy uslublar turlari, rasmiy, ommabop, ilmiy, badiiy, so‘zlashuv. Rasmiy: davlat-ma’muriy, huquqiy muassasalar, diplomatik munosabatlar, ish yuritish hujjatlari, aniqlik, soddalik, qolip, o‘ziga xos atamalar, ot turkumiga oid so‘zlar, majhul nisbat, shart mayli, faol fe’llar. Ilmiy: fan sohasi, ilmiy tafakkur, dalil, fakt, janr xususiyatlari, monografiya, risola, darslik, qo‘llanma, dastur, ma’ruza, taqriz, referat, aniqlik, atamalarning qo‘llanilishi, obyektivlik, mantiqiy izchillik, qisqalik, sodda yoyiq, bog‘lovchili qo‘shma gap, xoslangan fe’llar. Ommabop: hozirjavoblik, targ‘ibot, tashviqot, axborot, novatorlik, ijtimoiy-siyosiy terminologiya, oraliq uslub, qisqalik, lo‘ndalik, ixchamlik, yorqinlik, ommaviy axborot vositalari, sifatdosh oborotlar, shart mayli, ritorik so‘roq, ritorik undov, murojaat, undov, bir bosh bo‘lakli gaplar, turg‘un birikmalar, kirish bo‘lak, kirish gap, shaxsi umumlashgan gap.
O‘zbek tilshunosligining nisbatan yangi sohasi sanaladigan stilistika - uslubshunoslik til birliklarining aloqa vositasi sifatida muomala jarayonida turli soha va vaziyatda qo‘llanishi,
-69-
nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til tizimidagi barcha vositalarning nutq jarayonidagi imkoniyatlari va ma’no nozikliklarini aniqlash bilan shug‘ullanadi. «Stilistika – tilda mavjud bo‘lgan barcha vositalar – leksik, grammatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini, ma’lum bir tipdagi forma, so‘z va konstruksiyalardan qaysi birini qo‘llash muvofiq ekanini, yaxshi va eng muvofiq vositasini tavsiya etadi, norma qilib belgilaydi, nutqning turli stilistik qatlamlarida qo‘llanadigan vositalarni belgilab beradi, Shunga ko‘ra, stilistika so‘z san’ati, ifoda vositalar haqidagi alohida bir fandir» (Abdurahmonov G‘. Stilistik normalar haqida // O‘zbek tili va adabiyoti, 1969, 6-son, 50-bet).

Tildagi ana shunday muammolar bilan shug‘ullanadigan uslubshunoslikning quyidagi yo‘nalishlari mavjud:


  1. Tilning leksik resurslarini o‘rganuvchi yo‘nalish.


  2. Funksional stilistika – vazifaviy uslubshunoslik.


  3. Badiiy adabiyot uslublari.


  4. Amaliy uslubshunoslik.


Mavzu nuqtai nazaridan bu o‘rinda bizni vazifaviy uslubshunoslik qiziqtiradi. Kishilar o‘z ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha vositalardan – fonetik, grammatik, leksik, frazeologik birliklardan foydalanganlarida, avvalo ularni o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, nutq mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va qo‘llaydilar. Tilimizdagi vositalarning bir nechalab ko‘rinishlarga ega bo‘lishi, sinonimik rang-baranglik shunday yo‘l tutishga imkon beradi. Mana shu tanlash nutq jarayonida til birliklarining o‘ziga xos uslubiy chegaralanishini taqozo qiladi. Til birliklarini ijtimoiy muhitda tanlab ishlatish zarurati va ularni tilshunoslikda ilmiy-amaliy tahlil qilish uslubshunoslikda yangi sohani – vazifaviy uslubshunoslikni vujudga keltirdi.

O‘zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish ikki omilga – til va tildan tashqarida bo‘lgan omillarga tayanadi. Bu uslublarning N.A.Baskakov, A.Sulaymonov, A.Shomaqsudov, G‘.Abdurahmonov, B.O‘rinboyev, S.Muhamedovlar tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo‘lib, ularda asosan beshta uslub – so‘zlashuv, ommabop, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar e’tirof etiladi.

Ular haqida bilimga ega bo‘lish o‘quvchilarga ona tilimizning nutq jarayonidagi imkoniyatlarini o‘rganishga ko‘maklashadi.




Download 458,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish