1 2 9
7-bob. MARKETINGNI BOSHQARISH TIZIMI
7.1.
MARKETINGNI BOSHQARISH TIZIMINING
M O H I Y A T I
M
arketingni boshqarish — marketing faoliyatini amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy, moliyaviy, me’yoriy
va boshqa resurslarning majmui bo‘lib, uni amalga oshirish
jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yo‘naltirish,
uyushtirish va muvofiqlashtirishdir. Bunda iqtisodiy, texnikaviy
va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat
marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas
mehnat talab qiluvchi murakkab tizimdir. Uning murakkabligi
doimiy rivojlanib, o‘zgarib borishida, juda ko‘p mayda muayyan
bo‘laklar (elementlar), qismchalardan tarkib topganligidadir.
Marketingni boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad
tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning
texnika va texnologiyasi, kadrlar va boshqalardan iborat.
Marketingni boshqarishning maqsadi tizimning to‘g‘ri va
murakkablik darajasiga qarab o‘zgaradi.
Marketing guruhlari, bo‘lim va boshqarmalarining maqsadi
ham ular a’zo bo‘lgan
jamoa nuqtai nazaridan,
ularning
manfaatlari yo‘lidagi boshqarishdir. Lekin sof marketing
korxona, firmalarning faoliyatini amalga oshirish uch xil
manfaatlarni nazarda tutib amalga oshiriladigan faoliyatdir. Ular
mustaqil, xo‘jalik hisobidagi korxona bo‘limi bo‘lganliklari
tufayli, avvalo, o‘z faoliyatini yuritish, xo‘jalik ko‘rsatkichlarni
yaxshilash yo‘lida bajariladigan ishlar majmui bo‘lib, uning
natijasida yuqori foyda olishlari yoki o‘z faoliyatlarini yaxshi
tashkil
eta olmasalar, zarar ko‘rishlari mumkin. Ular
iste’molchilarga xizmat qiladilar va ularning manfaatlarini
ko‘zlab ish yuritmog‘i lozim. Iste’molchi talabi, uning har bir
xohishi, istagi marketing uchun qonun bo‘lmog‘i, bajarilmog‘i
lozim. Aks holda u o‘z mijozidan ajralib qoladi. Buning uchun
1 3 1
o‘rtasida funksiyalarini aniqlab taqsimlash moliyaviy, mehnat
va moddiy zaxiralaridan samarali foydalanish imkonini beradi
va firmaning raqobat layoqatini oshirishga, ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Marketingni
tashkil etishga nisbatan qator talablar qo‘yiladi. Bulardan biri
marketing tizimini aniq yaratishdir. Buning uchun funksiyalar
turli xizmatlar orasida taqsimlanganligi kabi, ular ichidagi
struktura bo‘linmalari orasida ham to‘g‘ri taqsimlanishi kerak.
Marketing xizmati tuzilganda, alohida tizimlari, bo‘linmalari
orasida qaytarilish va parallelizm bo‘lmasligi kerak. Umumiy
tizimda har bir alohida bo‘g‘in uchun ma’lum ish joyi ajratilishi
va funksiyalar aniq o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Bu shartning
bo‘lmasligi faqat anglashilmovchiliklarga va ishga nisbatan
mas’uliyatsizlik olib keladi. Marketing xizmatini takomillashti-
rishda quyi va yuqori bo‘g‘in o‘rtasidagi bosqich sonini maksimal
qisqartirish kerak. Zvenolar soni kamaygan sari marketing
masalalari shunchalik sodda va tezroq hal qilinadi, hujjatlar
_________
1
Á. À. Ñîëîâåâ. Ìàðêåòèíã. Ó÷åáíîå ïîñîáèå Ì.: 1993, c. 20.
Do'stlaringiz bilan baham: