5 7
baholari joriy bozor narxlaridan ancha farq qilishi mumkin. Bu
esa tomonlardan biri uchun foydali emas.
Misollar. 1. Ushbu shartnoma bo‘yicha sotilgan tovarning bahosi
AQSH dollari bilan belgilanadi (nettosining har metr tonnasiga
123 dollar) va taraning, o‘rash-joylash materiallarining, tovar
markirovkasining bahosini, shuningdek, tovarni kemaning trumlariga
ortish va joylashtirish xarajatlarini hamda separatsion material-
larining bahosini qo‘shgan holda, bir fransuz yoki Belgiya porti
shtivkasi hisobga olingan FOB tushuniladi. 2. Yetkazib berilayotgan
tovarlarga baholar pozitsiyalar bo‘yicha 1-ilovada ko‘rsatilgan.
Baholar qat’iy va o‘zgartirilishi mumkin emas.
Keyinchalik qayd etib boriladigan baholar shartnomada
ko‘rsatilmaydi. Bu holda «Tovarning bahosi» bandida gusida,
ya’ni shartnomani bajarish paytida bahoni belgilashning usullari
ko‘rsatiladi. Masalan, shartnoma baholarini yetkazib berish yoki
to‘lov kunidagi birja kotirovkalari bilan yoxud boshqa ishonchli
ma’lumot baholari bilan belgilash nazarda tutilishi mumkin.
Misollar. 1. Ushbu shartnoma bo‘yicha yetkazib berilayotgan
misning bahosi yetkazib berish sanasidan bir kun oldingi London
metallar birjasining 3 oylik kotirovkasi bilan belgilanadi. 2. Prokat
bahosi «Metall buletin»ning to‘lov o‘tkaziladigan paytda tegishli
mahsulot turiga oid ma’lumot baholari asosida o‘rnatiladi.
Shartnomada keyinchalik qayd etib boriladigan baholarni
o‘rnatishda xaridorga bitimni bajarish muddatlari ichida bahoni
qayd etish vaqtini tanlab olish huquqi, baho darajasini belgilash
uchun u baholar haqidagi
qanday axborot manbalaridan
foydalanishi mumkinligini ko‘rsatgan holda berilishi mumkin.
Bunday bitimlar
onkol bitimlar deb ataladi.
O‘zgaruvchan baho dastlabki (bazis) bahoni shartnomada
qayd etishni nazarda tutadi.
U baholarni hosil qiluvchi
elementlar o‘zgarganda,
kelishuvni bajarish davomida
tomonlarning kelishib olgan metodiga ko‘ra, o‘zgarishi mumkin.
Baho o‘rnatishning bunday usuli xom ashyo hamda mashina-
texnik mahsulotlarni yetkazib berishda qo‘llanilishi mumkin.
Xomashyo mahsulotlarini yetkazib berishda baho o‘rnatishning
bunday usulini ba’zan harakatchan baho deb ham atashadi.
Bunday holda shartnomada ko‘rsatilgan tovar bahosi ushbu
tovarni yetkazib berish paytidagi bozor baholarining o‘zgarishiga
bog‘liq bo‘ladi. Shartnomada, albatta, baholarning o‘zgarishi
haqida to‘xtalishi kerak bo‘lgan manba ko‘rsatiladi, shuningdek,
5 8
bozor baholarining shartnoma baholaridan farq qilishiga yo‘l
qo‘yiladigan minimumi va maksimumi kelishib olinadi.
Misol. Ushbu shartnoma bo‘yicha yetkazib beriladigan neftning
bahosi har bir barreliga... AQSH dollarini tashkil qiladi. «OPEK
bulletini bo‘yicha ma’lumot bahosi shartnomani tuzish vaqtida
har barreliga... AQSH dollarini tashkil qiladi. Ma’lumot bahosi
shartnomani bajarish davomida o‘zgarsa, shartnoma bahosi shunga
mutanosib holda o‘zgaradi.
Asbob-uskunalarga o‘zgaruvchan
baholar shartnoma
bajarilayotgan paytda shartnoma bajarilishi davomida ro‘y bergan
ishlab chiqarish sarflaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda
bazis (shartnoma) baholarini qayta ko‘rib chiqib, o‘rnatilgan
bahodir. Ko‘pincha o‘zgaruvchan baho bir yildan ortiq yetkazib
berish muddatlariga ega mashinalar va uskunalar savdosida,
shuningdek, hajmi va davomiyligi
katta pudrat ishlarini
bajarishda o‘rnatiladi. Oxirgi baho odatda quyidagi formula bilan
hisoblanadi:
S
1
q S
0
=
( A Q V + R
1
G‘ R
0
Q D + M
1
G‘M
0
Q),
bunda S
1
— oxirgi baho; S
0
— dastlabki baho; A — tormozlanish
koeffitsiyenti, ya’ni bahoning o‘zgaruvchan qismidagi o‘zgarmas
ulushi; V, D va h.k. — bahoning alohida tashkil etuvchilaridir,
masalan, ish kuchi bahosi, materiallarning bahosi va sh.k.; R
1
va
R
0
lar — yetkazib beruvchi sotilgan tovarlarni tayyorlash uchun
olgan materiallarga baholarning va dastlabki baholarni o‘rnatishning
indekslari; M
1
va M
0
mahsulotni ishlab chiqarayotgan tarmoqdagi
ish haqining indeksi, tegishlicha baholarni qayta hisoblash davri
va dastlabki baholarni o‘rnatish davrlari uchun.
Zarur hollarda keltirilgan formulaning o‘zgaruvchan qismi
zarur tashkiliy elementlarning soniga mos ravishda kengayib
borishi mumkin. Bunda ushbu elementlarning umumiy ulushi
summasi har gal birga teng bo‘lishi kerak.
Tormozlanish
koeffitsiyenti odatda, 0,1 dan 0,2 gacha chegarada o‘rnatiladi
va mahsulotga o‘tadigan
asosiy fondlarning bir qismini,
rejalashtirilayotgan foydani va sh.k.larni aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: