Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

3-bob. TASHQI SAVDO OLDI-SOTDI
S H A R T N O M A S I
3.1.
T A S H Q I   S A V D O   S H A R T N O M A S I N I
O‘RGANISHNING ZARURLIGI VA AHAMIYATI
Moddiy-buyum shaklidagi tovarlarning oldi-sotdi shart-
nomasi xalqaro tijorat amaliyotida 
shartnoma deb ataladi.
Oldi-sotdi shartnomasi tijorat hujjati bo‘lib, tashqi savdo
bitimida rasmiylashtiriladi. Unda tomonlarning tovar yetkazib
berish to‘g‘risidagi majburiyatlari bayon etiladi. Tashqi iqtisodiy
bitimni tuzishda tomonlar bitim tuzishda qaysi davlatning
huquqidan foydalanish zarurligini va tomonlarning huquq va
majburiyatlarini aniqlab olishlari kerak.
Oldi-sotdi shartnomasini tuzishni tartibga solish va sotuvchi
hamda xaridorning ushbu shartnomadan kelib chiqadigan huquq
va majubriyatlari BMTning oldi-sotdi shartnomalari to‘g‘risidagi
konvensiyasida birxillashtirilgan. Agar shartnoma tomonlaridan
biri konvensiyaga qo‘shilmagan mamlakatlarda joylashgan bo‘lsa,
bunday bitimga nisbatan Konvensiya qo‘llanilmaydi. Agar
tomonlar o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, u holda:
— oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi bo‘lgan;
— komissiya (konsignatsiya) shartnomasida komitent bo‘l-
gan;
— topshiruv shartnomasida ishonch bildiruvchi bo‘lgan;
— tashish shartnomasida tashuvchi bo‘lgan tomon joylashgan
mamlakatning huquqi qo‘llaniladi.
MDH mamlakatlarining qonunlariga ko‘ra, oldi-sotdi
shartnomasi bo‘yicha xaridorning tovarga egalik huquqi unga
tovar berilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Agar xaridor
yetkazib berishni o‘z bo‘yniga olgan bo‘lsa, transport tashkiloti
yoki pochta xaridorning vakili hisoblanadi va unga tovarni berish
xaridorning o‘ziga berish deb hisoblanadi. Agar sotuvchi biror
joygacha tovarni yetkazib berishga javobgar bo‘lsa hamda tovar
xaridor yollagan yetkazib beruvchilar tomonidan olib ketilsa, u
holda tovar birinchi yetkazib beruvchiga berilishi bilanoq egalik


4 8
huquqi xaridorga o‘tadi. Konosament yoki boshqa tovar tarqatish
hujjatlari tovarning o‘ziga nisbatan qo‘llaniladigan o‘tkazishga
rasmiylashtiriladi.
Shartnoma tuzishdan oldin tomonlar uning barcha shartlarini
kelishib oladilar. Bir tomon shartnoma loyihasini ishlab chiqadi,
boshqa tomon esa uni o‘rganadi va qo‘shimchalar kiritib,
o‘zgartiradi.
Hamma bahsli o‘rinlar hal etilgach, tomonlar shartnoma
tuzadilar va shu paytdan boshlab shartnoma bo‘yicha
tomonlarning huquq va majburiyatlari yuzaga keladi.
Agar shakli va imzolanish tartibiga rioya qilinmagan bo‘lsa,
tashqi savdo shartnomasi (qayerda tuzilganligidan qat’i nazar)
haqiqiy deb hisoblanmaydi. Shu bilan MDH mamlakatlaridagi
shartnoma tuzish tartibi BMTning xalqaro oldi-sotdi shart-
nomalari to‘g‘risidagi konvensiyasi bo‘yicha bitim tuzish
tartiblaridan farq qiladi. Bunga ko‘ra bitim tuzishning og‘zaki
shakliga yo‘l qo‘yiladi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish