2.
Litosferani tashkil etuvchi jinslar. B unday jin slar orasida eng
k o ‘p tarqalgani m agm atik va m etam orfik y o ‘l bilan vujudga kelgan
y otqiziqlar hisoblanib, b u tun Yer p o ‘stidagi yotqiziqlarning 90% ini
tashkil etadi. Lekin geografik qobiq uchun aham iyatlisi litosferaning
eng ustki qism ini qoplagan va u n c h a qalin b o llm agan (o ‘rtacha
qalinligi 2,2 km ) c h o ‘kindi jin slard ir. C h u n k i geografik qobiqdagi
b a rc h a din am ik jara y o n la r o ‘sha jin slard a sodir boMadi ham da u
bilan havo, suv va tirik organizm uzviy aloqada boMib, turli xil
geografik jaray o n lard a faol ishtirok etadi.
Litosferadagi c h o ‘kindi jinslar orasida keng tarqalganlari loy va
loyli slanes, qum va qum tosh, ohak, dolom it va boshqa karbonatli
jinslardir. Litosferaning kontinental qismining tashqi qiyofasi (relyefi)ni
tashkil etuvchi togMar, yassi togMar, qirlar, tekisliklar, botiqlar yaxshi
o ‘rganilgan. Lekin okean qismining relyefi hali yaxshi o ‘rganilgan emas.
S o ‘nggi 20 —25 yil ichida oMkazilgan tekshirishlardan m a ’lum boMi-
shicha, okeanlarda bir-biri bilan tutashib ketgan suvosti tog‘ tizm alari
boMib, ular yaxlit tog‘ zanjmni hosil qilgan. Xususan, Shimoliy Atlantika
suvosti togMning davom i N orveg dengizidagi va Shim oliy M uz okea-
nidagi suvosti togMariga tutashgan. Shim oliy A tlantika suvosti togMari
jan u b d a Afrikani aylanib oMib, H ind okeanidagi Karlsberg togMga,
undan Avstraliya va A ntarktida oraligMdagi togMar orqali Janubiy Tinch
okean va Shim oliy T in ch okean suvosti togMari bilan tutashib ketadi.
0 ‘sha suvosti tizm alarining, m asalan, 0 ‘rta A tlantika tizm asining eng
baland c h o ‘qqilari okean sathidan koMarilib, Islandiya, Azor, Vos-
kreseniya kabi orollarni vujudga keltirgan.
O kean ostidagi o ‘sha tizm alarn in g m arkaziy qism larida ch u q u r
yoriqlar, botiqlar joylashib, ular r i f t v o d i y l a r i deb ataladi. O kean-
lardagi eng c h u q u r jo ylar, vulkan hodisalari va seysm ik jaray o n lar
k o ‘proq o ‘sha rift vodiylari bilan bogMiqdir.
L itosferaning k o n tin en tal va suvosti relyefi, uni tashkil etuvchi
m inerallar, jinslar Y er sharining uzoq davom etgan evolutsiyasi ta ’sirida
o ‘zining birlam chi holatini o ‘zgartirgan va bu o ‘zgarish ham on davom
etm oqda. Litosferadagi bu o ‘zgarishlar, eng a w a lo , Y em ing geologik
jaray o n lari ta ’sirida so d ir boMgan. G eologik jara y o n la r esa Y erning
ichki (endogen) va tashqi (ekzogen) energiyasi (kuchi) tufayli sodir
boMgan.
Y erning ichki energiyasi ta ’sirida litosferaning relyef shakllari
vujudga kelib, vulkanlar otilib, seysmik hodisalar ro‘y bergan. Aksincha,
tashqi energiya m anbayi Q uyosh ta ’sirida sham ol, yogMn, daryolar,
tirik m avjudotlar vujudga kelib, ular ta ’sirida m uzlar harakatlanadi,
dengiz toMqinlari sodir boMadi. Yerning o ‘sha tashqi energiyasi ta’sirida
vujudga kelgan o m illar esa litosfera yuzasini n urab, yuvib, oqizib,
yem irib, eritib uni tekislaydi, silliqlaydi. Bu ikki energiyaning o ‘zaro
ta ’sirida litosferaning hozirgi relyef shakllari vujudga kelgan.
115
Download Do'stlaringiz bilan baham: |