Ijtimoiy sohani rivojlantirish Aholi bandligi.
Aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlik va raqobatni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish bo'yicha hududiy dasturlarni amalga oshirish davomida 312,8 ming yangi ish joyi tashkil etildi. Mehnat bozorida faol siyosat olib borilishi aholi bandligining 2,8 foiz o'sishiga ko'maklashdi.
Kasanachilikning turli shakllarini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, shu jumladan uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasi kasanachilik sohasida 78,3 ming (118,6 foiz) ish o'rni tashkil etish imkonini berdi. Aholi daromadlari. Joriy yilning birinchi yarim yilligida aholi jon boshiga real pul daromadlari qariyb 17 foiz oshdi.
Pedagogik va tibbiy xodimlar mehnatiga haq to'lash va moddiy rag'batlantirishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish natijasida o'tgan yildagiga nisbatan o'qituvchilarning tarif stavkasi o'rtacha 1,3 marta, tibbiyot xodimlariniki 1,4 marta ko'paydi. Bu maqsadlar uchun davlat budjetidan 33,7 milliard so'm ajratildi. Bundan tashqari, o'tgan davrda 275,4 ming ehtiyojmand bolali oila davlatning ijtimoiy yordamidan bahramand bo'ldi. 48,7 ming kam ta'minlangan oila va 71,8 ming xotin-qizga 2 yoshgacha bo'lgan bola parvarishi uchun nafaqalar tayinlandi.
"Homiylar va shifokorlar yili" davlat dasturini amalga oshirish yo'lida barqaror moliyaviy ahvolga ega yirik korxonalar, muassasa va tashkilotlar hamma mehribonlik uylari, qariyalar va nogironlar uchun internatlar, maktab-internatlarni o'z homiyligiga oldi. Umuman respublika bo'yicha 21,9 ming kam ta'minlangan oilaga bepul sigir berildi.
Ijtimoiy soha obyektlari qurilishi. Birinchi yarim yillikda Maktab ta'limi jamg'armasi bo'yicha 120,3 milliard so'm mablag' o'zlashtirildi. 37,2 ming o'quvchi o'rniga mo'ljallangan maktablar yangi qurildi va to'liq ta'mirdan chiqarildi, umumiy soni 155,5 ming o'quvchi o'rniga ega maktablar joriy ta'mirlandi. Birinchi yarim yillikda Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi hisobidan 16,7 milliard so'm o'zlashtirildi, bunda 33 ta obyekt ishga tushirildi, shu jumladan 17 ta rekonstruksiya qilinayotgan obyekt va 16 ta maktab sport zallariga qo'shimcha binolar qurildi.
Joriy yilning birinchi yarmida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari qo'shimcha ravishda 11 turdagi sport anjomlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi. 2006 yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda erishilgan ijobiy natijalar O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan olib borilayotgan iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va tarkibiy islohotlarni jadallashtirish siyosatining to'g'riligi va samaradorligini tasdiqlamoqda. Bu islohotlar makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sish sur'atlari yuqoriligini ta'minlamoqda. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi Ma'lumot manbai: Uzreport.com
2005 yil yakunlariga bag’ishlangan “O’zbеkiston iqtisodiyoti” axborot-tahliliy sharhi O’zbеkiston iqtisodiyotining rivojlanish tеndеntsiyalari, dinamikasi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning muhim xususiyatlarini, makroiqtisodiy, institutsional, tarkibiy, tashqi iqtisodiy, ijtimoiy, ishlab chiqarish va xududiy o’zgarishlarni yoritib bеradi.
Makroiqtisodiyot va iqtisodiy o’sish. 2005 yilda mamlakat YaIM o’sishi 7% ni tashkil qildi. Yuqori iqtisodiy o’sish darajasi sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa xizmatlarining jadal sur'atlarda rivojlanishi hisobiga ta'minlandi. YAIM ning ishlab chiqarish tarkibida sanoat ulushining o’sishi kuzatildi.
Iqtisodiyotga invеstitsiya kiritish jarayonining jadallashishi ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilishni ta'minlamoqda. Barcha invеstitsion manbalar hisobidan asosiy kapitalga qo’yilgan invеstitsiyalar hajmi 7% ga o’sdi. Istе'mol narxlari indеksining umumiy o’sish darajasi 7,8%ni tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |