1-mavzu. Nogironlar bilan itimoiy ish olib borish texnologiyasining umumiy masalalari. Reja



Download 140,5 Kb.
bet1/10
Sana13.01.2022
Hajmi140,5 Kb.
#357125
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu. Nogironlar bilan itimoiy ish olib borish texnologiyasin


1-mavzu. Nogironlar bilan itimoiy ish olib borish texnologiyasining umumiy masalalari.

Reja:

1. Nogironlar bilan ijtimoiy ish va uning xususiyatlari.

2. Nogironlar bilan ijtimoiy ishga tarixiy yondashuv.

3. Nogironlar bilan ijtimoiy ishga huquqiy yondashuv.

4. Nogironlar bilan ijtimoiy ishga ijtimoiy ta’minot tomonidan yondashuv
Nogironlar bilan ijtimoiy ish va uning xususiyatlari

Nogironlik, invalidlik — kasallik, shikastlanish, mayib-majruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki maʼlum muddat mehnat qobiliyatini yoʻqotish. Jismoniy yoki akliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi. Oʻzbekistonda Nogironlik Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan belgilanadi. Nogironlik mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasiga qarab 3 guruhga boʻlinib, vaqtincha (6—12 oy) yoki muddatsiz qilib tayinlanadi. 1-guruh Nogironligiga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan va boshqaning doimiy parvarishi, yordami, nazoratiga muhtoj boʻlgan shaxslar; 2-guruh Nogironiga mehnat qobiliyatini butunlay yoʻqotgan, lekin boshqalarning doimiy parvarishiga muhtoj boʻlmagan, shuningdek, mehnat turidan qatʼi nazar, unda uzoq muddat ishlay olmaydigan shaxslar; 3-guruh Nogironligiga mehnat qobiliyati sezilarli darajada pasaygan shaxslar kiradi. Nogironlar davlat nafaqasi bilan taʼminlanadi, zarur boʻlganda davolanadi, ularga protezlar beriladi, ishga, maxsus maktablarga joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. Nogironlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish orqali faol hayotga, mehnatga jalb qilish dolzarb masala hisoblanadi.

“Nogiron” atamasi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs”dan foydalanish taklif qilinmoqda. BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasini ratifikatsiya qilishning zarurligi qayd etilmoqda.

O‘zbekistonda Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish maqsad qilingan.

Bundan tashqari, taxminan kelgusi yilda qo‘shimcha ravishda quyidagi chora-tadbirlar qabul qilish ko‘zda tutilgan:


  • nogironlikni tayinlash masalasi bo‘yicha hamkorlikning elektron tartibi joriy etiladi (2018-yil 1-yanvardan). Natijada, YIDXP orqali elektron shaklda murojaat qilish va hujjatlarni taqdim etish mumkin bo‘ladi;

  • nogironligi bo‘lgan shaxslarning yagona elektron reyestri joriy etiladi, u o‘z ichiga ushbu shaxslar, tayinlangan pul to‘lovlari miqdori va turlari, berilgan reabilitatsiyaning texnik vositalari va protez-ortopedik buyumlar, dori-darmonlar, taqdim etilgan ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar to‘g‘risida kompleks axborotni oladi (2018-yol 1-martdan). Bu mazkur sohada ishlarning holati to‘g‘risida tezkor axborot olish, davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashishni amalga oshirish, budjet mablag‘larini maqsadga nomuvofiq sarflash va suiiste’molchilik faktlarini oldini olish imkonini beradi;

  • nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagan yo‘lovchi transportini xarid qilish taqiqlanadi (2018-yil 1-yanvardan). Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan, shu jumladan qayta jihozlash imkoniyati bilan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish boshlanadi;

  • nogironlik berish va nogironlik bo‘yicha pensiya to‘lash tartibi mezonlari qayta ko‘rib chiqiladi (2018-yil 1-fevralgacha). Bu yo‘nalishda xalqaro standartlarga o‘tish amalga oshirilishi kerak;

  • oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar imtiyozli shartlarda o‘qishga kirishi uchun kvotalar joriy qilinadi (2018-yil 1-martgacha).

Loyiha Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini o‘z ichiga oladi. U 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 66 ta chora-tadbirni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:

I – nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va darajasini oshirish;

II – nogironlikni profilaktika qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam va ijtimoiy reabilitatsiyaning samaradorligini oshirish;

III - nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, ularni talab bo‘lgan kasblarga o‘qitish tartibini takomillashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni maxsus kasbiy tayyorlash va yangi kasblarga qayta tayyorlash, shuningdek ularni ishga joylashtirishga yordam berish;

IV – tibbiy-ijtimoiy muassasalarni moddiy-texnik jihozlashni yaxshilash, nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi imkoniyati bo‘lgan va qulay muhitni ta’minlash.

Loyiha o‘zgartirlishi, qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

OʻzR qonunchiligida N.ning quyidagi sabablari nazarda tutiladi: umumiy kasalliklar (ish bilan bogʻliq boʻlmagan) oqibatidagi Nogironlik; turmushdagi baxtsiz hodisalar natijasida shikastlanish oqibatida yuz bergan Nogironlik; ishlab chiqarishdagi jarohatlar va kasb kasalligiga duchor boʻlish natijasidagi Nogironlik; kasb kasalligiga chalinish tufayli yuz bergan Nogironlik; Oʻzbekistonni himoya qilish yoki boshqacha tarzda harbiy burchni bajarish paytida roʻy bergan Nogironlik; harbiy burchni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan harbiy xizmatni oʻtash davridagi Nogironlik. Bu boradagi tartib-qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 noyabrdagi 317-son qarori bilan tasdiqlangan "Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari toʻgʻrisida nizom"da koʻrsatib oʻtilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995 yil 11 noyabrda "OʻzRning nogironlarni reabilitatsiya qilish borasidagi chora-tadbirlari Davlat dasturi toʻgʻrisida" qaror qabul qildi. Mazkur qarorning ijrosi nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlari sistemasi (Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish milliy markazi, Tayanch-harakat sistemasi kasalliklarida nogironlar reabilitatsiya markazi va 10 ta umumiy tipdagi hududiy reabilitatsiya markazlari) tashkil etildi. Bular joylardagi TMEKlar bilan hamkorlikda nogironlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.1


Download 140,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish