Rivojlanishni boshqarish penetrantlik ekspressivlik. Genetik jarayonlarni tizimli nazorati. Mundarija: Kirish


Genetik tadqiqot metodlari, genetika fanini rivojlanish tarixi



Download 82,65 Kb.
bet11/13
Sana12.06.2022
Hajmi82,65 Kb.
#658863
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mundarija (3)

2.2. Genetik tadqiqot metodlari, genetika fanini rivojlanish tarixi.
Hozirgi zamon genetika fani irsiyat va o'zgaruvchanlikni tiriklikning turli tuzilma darajasida, ya'ni molekula, xromosoma, hujayra, organizm va populatsiya holatida tadqiq qiladi. Qayd etilgan vazifalami yechishda genetika fani bir qator metodlardan foydalanadi. Bular qatoriga duragaylash, sitogenetik, molekular genetik, ontogenetik, populatsionstatistik, genetik injeneriya va boshqa metodlar kiradi. 1. Duragaylash orqali genetik tahlil qilish me to dining mohiyati - chatishtirish natijasida olingan duragay avlodlarida ota-ona belgilarining irsiylanishini o'rganish va uning qonuniyatlarini ochishdan iborat. Bu metod genetikaning asosiy eng muhim metodi hisoblanadi. 2. Sitogenetik metod qo'llanilganda ota-ona belgilarining duragaylarda irsiylanishini o'rganish bilan bir vaqtda, ular xromosomalarining holati ham sitologik usulda maxsus mikroskoplar yordamida o'rganiladi. 3. Populatsion-statistik metod yordami bilan murakkab miqdor, jumladan, xo'jalik nuqtai nazaridan ahamiyatli belgilarning irsiylanishi o'rganiladi. Buning uchun ko'p sonti organizmlar populatsiyasi ustida kuzatish olib boriladi. Tajriba natijasida olingan miqdor dali11ar maxsus matematik-statistik metodlar yordamida tahlil qilinadi. Olingan natijalarga asoslanib, belgilarning irsiylanish qonuniyatlari aniqlanadi. 4. Ontogenetik metod yordamida organizmlarning individual rivojlanish jarayonida, genotip va tashqi muhit omillari ta'sirida belgi va xususiyatlarining fenotipda namoyon bo'lish qonuniyatlari o'rganiladi. 8 5. Molekular genetik metodning mohiyati - irsiyatning moddiy asosi bo'lgan nuklein kislotalar (DNK, RNK) ning strukturasi va funksiyasini o'rganishdan iborat. 6. Genetik injeneriya metodi bir organizmning noyob genlari yoki xromosomalarini boshqa organizmga ko'chirib o'tkazishga asoslangan. Irsiyatning moddiy asoslarini tadqiq qilishda sitokimyo, biokimyo, biofizika va fiziologiya metodlaridan tobora kcng foydalanilmoqda. Bu tadqiqotlarga zamonaviy asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari jalb etilmoqda. Genetika fani tarmoqlarining tasnifi Genetika fanining tez sur'atlar bilan rivojlanishi natijasida bu fan doirasida ko'plab genetik fan YO'nalishlari paydo bo'ldi. Ulaming aksariyati mustaqil genetik fanlar darajasiga ko'tarildi. Shuning uchun ham biz bayon etgan genctika fanining umumiy genetika deb qo'llanilishi maqsadga muvofiqdir. Umumiy genetika negizida paydo bo'lgan genetik fanlar ikki tamoyilga ko'ra tasniflanadi: 1. Genetik fanlar o'rganayotgan obyektiga qarab quyidagi xususiy genetik fanlarga ajratiladi: odam gcnetikasi, hayvonlar genetikasi, o'simliklar gcnetikasi, mikroorganizmlar genctikasi, viruslar genetikasi. Yuqorida ke1tirilgan yirik xususiy genetik fanlar o'z navbatida ayrim organizmlar turi, turkum genetikasini o'rganadigan kichik xususiy genetik fanlarga bo'linadi. Masalan, o'simliklar genetikasi doirasida quyidagi xususiy genetik fanlar paydo bo'ldi: bug'doy genetikasi, kartoshka genetikasi, g'o'za genetikasi va boshqalar. 2. Genetik fanlar ilmiy tadqiqotlarda qo'llaniladigan metodlariga qarab quyidagicha tasniflanadi: ontogenetika (fenogenetika) - genlar faoliyati natijasida organizm belgi va xususiyatlarining ontogenez (shaxsiy rivojlanish) jarayonida uning fenotipida rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq qiladi; sitogenetika - duragaylash genetik tahlil metodini sitologik metod bilan kompleks holda qo'llaydigan fan. mutatsion genetika - organizmlar genotipining mutatsion (irsiy) o'zgarish qonuniyatlarini tadqiq etadi; ekologik genetika - organizmlar genotipining fenotip tariqasida rivojlanishiga ekologik omillaming ta'sirini o'rganadi. Ulaming geno9 fondini ekstremal omilning salbiy ta'siridan saqlash muaml110larini yechish usullarini yaratadi; populatsion genetika - populatsiya genofondining sifat va miqdor tarkibi, populatsiyada genlar va genotiplarning tarqalish hamda taqsimlanish qonuniyatlarini o'rganadi; tibbiyot genetikasi - odamlarda irsiy kasalliklarning kelib chiqish sabablarini diagnostika qilish va davolash mctodlarining genetik asoslarini ishlab chiqadi; molekular genetika - irsiyat va o'zgaruvchanlikning moddiy asosi bo'lgan genlarning strukturasi va funksiyasini tadqiq etadi; genetik injeneriya - molekular genetikaning nazariy yutuqlariga asoslangan holda gen va xromosoma injeneriyasi bO'yicha amaliy natija beruvchi tadqiqotlar o'tkazadi. Transgen 'o'simliklar, hayvonlar formalarini yaratish, ayrim xromosomalarni yoki uning foydali gen joylashgan bo'lagini ko'chirib o'tkazish orqali yangi formalar yaratish bilan shug'ullanadi; biotexnologiya - genetik injeneriya metodi bilan olingan yangi genotipga ega bo'lgan organizmlar yordamida fiziologik aktiv moddalar, rekombinant oqsillar, dori sifatida ishlatiladigan moddalar olish metodlari va texnologiyalarni yaratadi hamda amaliyotga tatbiq etadi.

Download 82,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish