Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi
Bu – bizga ma’lum bo‘lgan ilk yoshdagi rivojlanishning davomidir. Maktabgacha yoshdagi normal bolalarning psixik rivojlanishida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Ularda idrok, tafakkur rivojlanib boradi. Aqli zaif bolalarda esa bu psixik jarayonlarning hammasi kechikib rivojlanadi. Ayrim aqli zaif bolalarda bu psixik jarayonlarning rivojlanishi juda sekin sur’atda o‘tadi.
Normal bolalar tevarak-atrofdagi kishilarning ish-harakatlarini o‘yinlarda mustaqil suratda aks ettira boshlaydilar. Ular birgalikda o‘ynaydilar. Normal bolalarni faoliyatning yangi
turlariga o‘rgatish mumkin bo‘lib qoladi. Aqli zaif bolalarda bu jarayonlarni sekinlik bilan rivojlanganligining guvohi bo‘lish mumkin.
Aqli zaif bolalarda o‘yin faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Aqli zaif bolalarda o‘yin faoliyatining rivojlanmaganligigining sababi – intellektning buzilganligidir. 4-5 yoshli normal bolalar tevarak-atrofdagi voqelikka nisbatan faol harakatda bo‘ladilar. Syujetli, rolli o‘yinlarning mazmuni murakkablashib boradi. Bu yoshdagi aqli zaif bolalar esa endigina o‘yinchoqlar bilan munosabatda bo‘la boshlaydilar. Aqli zaif bolalarning nutqi ham o‘zining normal tengdoshlarinikidan farq qiladi. Ularning birinchi so‘zlari 3 yoshda, jumlalar esa maktabgacha yoshning oxirlariga borib shakllanadi. Ular nutqiga fonetik va grammatik tomondan ko‘p kamchiliklar kuzatiladi. Lug‘at boyligi kambag‘al, passiv nutqi faol nutqiga nisbatan ustun bo‘ladi. Xotira turg‘un buzilgan bo‘ladi. Aqli zaif bolalarning diqqati tarqoq bo‘lib, bir maqsadga qaratilmaydi. Psixik jihatdan kamol topib borish bir qator yosh davrlarni o‘z ichiga oladi, bu davrlarning har birining o‘z xususiyati bor. Kamol topib borishdagi yosh davrlarining xususiyatlarini bilish nihoyatda muhimdir. Chunki shaxsning psixik xususiyatlarining tarkib topishini o‘z ichiga oladigan bir butun jarayonda har bir yosh bosqichi undan ilgarigi bosqichga chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Kamol topib borishning bundan avvalgi har bir bosqichi bamisoli navbatdagi bosqich uchun baza yaratadi. Bolaning kamol topib borishining butun jarayonidagi xalqalardan biri bo‘ladi. Biror yosh davrda kamol topib borishning buzilishi navbatdagi davrga muqarrar sur’atda salbiy ta’sir ko‘rsatadi
A qli zaif bolalarda tovush talaffuz buzilishini to'g'rilash, normal rivojlangan bolalarga nisbatan ancha uzoq davom etadigan jarayondir. Ular bilan olib boriladigan ish shartli refleks aloqalari hosil bo'lishining qiyinligi tufayli, yangi tovush shakllanishining sekinlashishi va uzoq davom etishini keltirib chiqaradi. Asab (nerv) jarayonining inertligi, sekinlashish va asabiy kuchayishning o'ta buzilishi, eski-oddiy aloqalardan yangilariga o'tishdagi bir xillikni ko'rsatishda namoyon bo'ladi. Buning natijasida u yoki bu tovushni noto'g'ri talaffuz qilish uzoq vaqt saqlanib qoladi. Yangi tovushni nutqqa kiritish, ya'ni avtomatizatsiya bosqichi uzoq vaqtni talab qiladi. Ba'zida bir tovushni me'yoriga yetkazish uchun 3-5 mashg'ulotning o'zi kifoya qiladi, lekin uni avtomatizatsiyalash 1-1,5 yilda nihoyasiga yetadi. Buning asosiy sababi, aqli zaif bolalardagi oliy nerv faolyatining o'ziga xos tomonlari, o'z nutqi va to'g'ri talaffuz qilish ustidan nazorat yo'qligi hisoblanadi. Bu ko'rsatkichni G.A. Kashening tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Ko'pchilik bolalarda tovushni to'g'ri talaffuz qila boshlash bosqichi bir o'quv yili davomida amalga oshirilar ekan. 96 tovushdan 72 tasi o'quv yili oxiriga borib to'g'rilangan, lekin mana shu 72 tovushdan faqat 22 tasi nutqda to'g'ri talaffuz qilingan, 50 tasi esa nutqda mustahkamlanmagan va bolalar ulardan foydalanmaganlar. Tovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni to'g'rilashni aqli zaif bolalarning idrok qilish faoliyatining rivojlanishi bilan bog'lash, qiyoslash, analiz va sintezning harakatlari bilan bog'lash lozim. To'g'ri talaffuzdagi buzilishlarni to'g'rilashdagi logopedik ishlarda qiyoslash usulini keng qo'llaniladi. Masalan, tovushni to'g'rilash bosqichida to'g'ri va noto'g'ri talaffuz qiyoslanadi. Avtomatizatsiya bosqichida shu tovushning o'zi fonetik jihatdan bir-biridan uzoq bo'lgan tovushlar bilan 37 qiyoslanadi.
Korreksiya (to'g'rilash) jarayonida tovush miqdoriga nisbatan turli so'zlaming tovush tuzilishi qiyoslanadi. Asosiy diqqat-e'tibor umumiy va nutqiy materialning rivojlantirilishiga, eshitish qobiliyatining, xotiraning shakllantirilishiga, ya'ni aqli zaif bo'lgan bolalardagi talaffuz qilish buzilishlarining barcha sabablarini normallashtirishga qaratiladi. Talaffuzdagi buzilishlarning korreksiyasida diqqat-e'tibor so'zning tovush tarkibi haqidagi aniq tasavvurga ega bo'lishga, so'zdagi tovushni ajrata bilishga, nutq tovushlarning ma'no bildiruvchi vazifalarini aniqlashga qaratiladi. Yordamchi maktabda logopedik ish bilan savodga o'rgatish o'rtasida o'zaro uzviy aloqa amalga oshiriladi. Tovushni to'g'ri talaffuz qilish ustidagi ish bolani shu tovush ifodalagan harfni o'zlashtirishga tayyorlaydi. Boshqa tomondan harfni o'rganish esa tovushni nutqqa mustahkamlash uchun grafik tayanch bo'lib xizmat qiladi. Bola harfni o'rganishdan avval, tovushni to'g'ri talaffuz qila bilishi, uni nutqda ajrata olishi kerak. Aqli zaif o'quvchilarda talaffuz buzilishlarini to'g'rilash davrida ulardagi psixik jarayon kechishining o'ziga xos tomonlarini hisobga olish zarur (tempning sekinlashishi, diqqat-e'tiborni bir joyga yig'a olmaslik va boshqalar). Yordamchi maktablarda talaffuzdagi nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan olib boriladigan logopedik ishlarning o'ziga xos tomonlaridan yana bin ishni yakka tartiblashtirish hisoblanadi. O'ziga xoslik rejalashtirishda ham o'z aksini topadi. Normal bola uchun qiyinchilik tug'dirmaydigan harqanday masala, yordamchi maktablarda iloji boricha oddiylashtirilishi lozim. Logoped bu o'ziga xoslikni talaffuzdagi kamchiliklarni to'g'rilashdagi ishning har bir bosqichida hisobga olishi darkor. Yordamchi maktablarda talaffuz buzilishlarini bartaraf etishning dastlabki bosqichi uzoq davom etadi va sifat jihatdan boshqa mazmun kasb etishi bilan xarakterlanadi. Umumiy nutqiy motorikani rivojlantirish, eshitish va xotirani mustahkamlash ustida ishlar olib boriladi.
Nutqiy nafas olish, uzoq nafas chiqarib turishni shakllantirish zarur. Bular o'yin ko'rinishidagi mashqlarda o'tkaziladi. Uzoq vaqt nafas chiqarishga ovoz tembri, balandligi, kuchini rivojlantirish maqsadida, ovoz mashqlarini kiritish lozim. Keyinchalik oddiy artikulator mashqlar kiritiladi. Aqli zaif bolalarda artikulator motorikani rivojlantirish ikki yo'nalishda olib boriladi: harakatning knetik asosini rivojlantirish va artikulator harakatning kinestetik asoslarini rivojlantirish. Kinestetik holatni rivojlantirishda ish ko'zgusiz olib boriladi, o'quvchilar lablar holatini takrorlaydi, logopedning nutqiy yo'riqnomasi asosida til holatini passiv o'zgartirishini qaytaradi
Bolalarni eshitib nutqiy birliklarni ajratishga o'rgatiladi. ("qani kirn qichqirayapti?", "top-chi ovoz qayerdan kelayapti?" kabi o'yinlar). Shuningdek, o'quvchilarni so'zlar tartibini eslab qolishni, bo'g'inlarni avval rasmlar asosida keyin ularsiz qaytarishga o'rgatiladi. Dastlabki, bosqichda tovush analizi va sintezining elementar shakllarini rivojlantirish amalga oshiriladi. Bolalar undosh va unli tovushlarni ajratib ko'rsatishni o'rganadilar. Aqli zaif bolalarda tovushni yo'lga qo'yish aralash usullarda amalga oshiriladi. Yordamchi maktablarda nutq tovushlarini avtomatizatsiyalashtirish uzoq davom etadigan bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda so'zdagi tovushni ajratib ko'rsatish, boshqa tovushlarga nisbatan uning o'rnini belgilash, tovush analizi va sintezining murakkab shakllari ustida ish olib boriladi. Aqli zaif bolalar so'zdagi tovush o'rnini yaxshi belgilay olmaydilar, shuning uchun o'z vaqtida artikulator a'zolarini tovushni talaffuz qilishga tayyorlay olmaydilar. Ayniqsa, bu hol tovush so'z o'rtasida yoki oxirida kelganda yaqqol seziladi. Tovushlarni avtomatizatsiyalashtirish jarayonida nutqning ohangini rivojlantirish ustida ishlash tavsiya etiladi. Bo'g'indagi urg'u, so'z urg'usi ustida bog'lanishli nutqda intonatsiya ustida ishlash lozim bo'ladi. Bu bosqichning o'ziga xos tomoni darslarni rejalash, mavzularni taqsimlash hisoblanadi. Mashg'ulotlar aniq rejalashtiriladi, bu rejada nutqiy material topshiriqlarini asta-sekin murakkablashtirish maqsad qilib qo'yiladi.
Masalan, 39 bo'g'inlardagi S tovushni avtomatizatsiyalashtirishda mashg'ulotlarning mavzusi quyidagicha (1 sinf): ochiq bo'g'inlarda (tovush so'z boshida); teskari bo'g'inlarda as, os, us, is; yopiq bo'g'inlarda (tovush bo'g'in boshda) sol, sot, sak; yopiq bo'g'inda (tovush bo'g'in oxirida): los, kos, kas; undoshlar yonma-yon kelganda: ska, ost, osk. Tovushlar differensiatsiyasi logopedik ishlarning zaruriy bosqichi hisoblanadi. O'rta maktablarda bu ishlar faqat og'zaki nutqda tovushlar o'rni almashgandagina olib boriladi. Yordamchi maktablarda esa bu qadar og'zaki nutqda tovush buzib talaffuz etilganda ham olib borilishi zarur. Bu yozma nutqda ko'plab harflar o'rnini almashtirishga olib keluvchi nutq tovushlarini nutqiyeshitish differensiatsiyasining rivojlanmay qolishidan kelib chiqadi. Tovushlarni chegaralash (belgilash) ishlari 2 yo'nalishda olib boriladi:
1) tovushlarni talaffuz qilish differensiatsiyasini aniqlash;
2) nutq tovushlarini eshitish differensiatsiyasini rivojlantirish, ayniqsa, fonetik jihatdan yaqin bo'lgan tovushlar ustida ishlash.
Aqli zaif bolalar mustaqil nutqining shakllanishi va leksikgrammatik qurilishning buzilishlarini to'g'rilash bo'yicha logopedik ishlarning o'ziga xosligi Aqli zaif o'quvchilarda nutqning grammatik qurilishini rivojlantirish jarayonida nutqiy nuqson strukturasini, semantik jihatdan yaqin bo'lgan shakllar differensiatsiyasining qiyinchiliklarini e'tiborga olish zarur. Yordamchi maktablarda nutqning grammatik shakllanishi bo'yicha ontogenetik tamoyillardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Normal bolalar maktabgacha bo'lgan davrda o'rganadigan ko'pgina grammatik shakllarni, aqli zaif bolalar quyi sinflarda ham o'zlashtirmay qoladilar. Grammatik shakllar ustidagi ishlar konkretlilikdan obstraktlilikka (mavhumlilikka), semantik jihatdan sodda bo'lgan so'zlardan murakkab so'zlarga o'tish sifatidan amalga oshiriladi. Kelishiklar ustida olib boriladigan logopedik ishlar: birlikdagi va ko'plikdagi bosh kelishikni, tushum qaratqich, jo'nalish, o'rin payt va chiqish 40 kelishigining ko'plik shakli konstruksiyalarini differensiatsiyalash tavsiya etiladi. Fe'lga oid so'zlarning o'zgarishi funksiyasining rivojlanishi, dastlab hozirgi zamonda keyinroq o'tgan zamonda (son, shaxs, o'zgarishlar) va nihoyat, zamon shakli jihatdan murakkabroq bo'lgan kelasi zamonda o'tkaziladi. So'z yasalishini shakllantirish bo'yicha olib boriladigan ishlar, aqli zaif o'quvchilarda uzoq davom etadigan, qiyin kcchadigan jarayon hisoblanadi. Uni ot so'z turkumiga oid so'zlarning kichraytirish, erkalash shakllarini va boshqa ot yasovchi usullarni o'rganishdan boshlash lozim. Keyinchalik otlardan sifat yasalishi va qarindosh bo'lgan so'zlarni o'rganish bo'yicha ishlar olib boriladi. Gap qurilishini shakllantirishda asosiy e'tibor nutqiy bayon qilishni o'z ichiga olgan semantik munosabatlarni o'rganishga qaratiladi. Dastlab gap oddiy munosabatlar hisobiga kengayadi (qiz gul uzyapti), keyin lokativ (bolalar maktabga ketyapti), keyinchalik esa - atributiv (bu onamning sumkasi, onam qizil sumka olib yuradi). Gap bo'yicha olib boriladigan quyidagi ishlar tartibi tavsiya etiladi: avvalo sodda yig'iq, sodda yoyiq va nihoyat qo'shma gaplar. Mustaqil nutq ustida olib boriladigan ishlar, dastlab dialogik material, situativ nutq, keyinroq esa - monologik nutq ustida olib boriladi. Mustaqil nutqni rivojlantirish jarayonida asosiy e'tibor bog'lanishni bayon qilishni rejalashtirishga qaratiladi. Mustaqil nutqni grammatik jihozlash ustida ham ish olib borish zarur. Mustaqil matn ustida ish olib boriladigan ishlarga quyidagi tavsiyalar beriladi: qisqa illustratsiyali matnni qayta so'zlash, ko'rgazmalikka tayangan holda uzun matnni qayta so'zlab berish, sujetli rasmlarturkumi asosida qisqa himoyalash va berilgan mavzu asosida mustaqil so'zlash. Aqli zaif bolalarda bog'lanishli nutqni rivojlantirish analiz, sintez, qiyoslash, umumlashtirish va ayniqsa, ichki rejalashtirishni qayta ishlash bilan uzviy bog'langan bo'lishi kerak.
Mustaqil bayon qilishning har bir harakat (operatsiyasi) dastlab mustaqil oddiy topshiriqlar asosida shakllanadi va asta-sekin bog'lanishli matn bunyod bo'lishida bir butun jarayonga aylanadi. Yozma nutq buzilishlarining o'ziga xosligi va aqli zaif o'quvchilarda ularni me'yorga keltirish Aqli zaif bolalarda o'qish jarayonini egallash sekinlik bilan boradi va ma'lum o'ziga xos qiyinchiliklar bilan xarakterlanadi (M.F. Gnezdilov, V.G. Petrova). Normadagi singari o'qishni egallash jarayonida aqli zaif bolalar o'sha bosqichlardan o'tadilar. Lekin G.Ya.Troshinning ma'lumotlariga ko'ra bu bolalar o'qish pog'onalarini normal o'quvchilarga qaraganda 3 marta uzoqroq vaqt ichida egallaydilar. Aqli zaif bolalarda o'qish jarayonining har bir bosqichi ma'lum bir qiyinchiliklari bilan xarakterlanadi. Xususan, o'rganilgan harf aqli zaif 1-sinf o'quvchisi uchun baribir qiyinchiliklar tug'diraveradi. Bu uning fonematik idrokining rivojlanmaganligi, ko'rish analizi va sintezining shakllanmaganligi bilan bog'liq. Aqli zaif bolalar uchun tovushlarni bo'g'in holiga keltirish juda murakkab masala bo'lib hisoblanadi. Fonematik analiz vazifasi aqli zaif o'quvchilar ongida katta qiyinchiliklar bilan shakllanadi, ular uchun bo'g'in haqidagi umumiylashgan tasavvur ham murakkab hisoblanadi
Eshitishda kamchiligi bo'lgan bolalardagi nutq nuqsonlari tavsifi Logopedik ta'sir eshitishi qisman pasaygan zaif eshituvchi bolalar bilan olib boriladigan ishda samarali qo'llanishi mumkin. F.F. Rau, L.V. Neyman va V.I. Beltyukovlarning ta'riflashicha, "zaif eshitish deb eshitishning shunday pasayishiga aytiladiki, bunda nutqni idrok qilishda qiyinchiliklar tug'iladi, biroq maxsus yaratilgan shart sharoitlarda (ovozni kuchaytirish, gapiruvchining bevosita quloqqa yaqin kelishi, tovush kuchaytiruvchi asboblarni qo'llash va hokazo) eshitishi yordamida nutqiy muloqotga kirishish mumkin bo'ladi." 3 Zaif eshituvchi bolalarni karlardan farqli ravishda zaif eshituvchilar deb nomlash qabul qilingan (karlar uchun tovush kuchaytirgich asboblar qo'llanilsa ham nutqni idrok qilish imkoniyati bo'lmaydi). Eshitishning yaqqol va turg'un pasayishi nafaqat nutqni idrok qilish, balki ekspressiv nutqning buzilishiga (yoki rivojlanmasligiga) ham olib keladi. Bu holda, har bir aniq holatda ekspressiv nutqning buzilishi (rivojlanmaganligi) darajasi eshitishning pasayishi darajasiga (daraja qanchalik og'ir bo'lsa shunchalik yomonlashadi), zaif eshitishning boshlanish vaqtiga, bola rivojlanishining shart-sharoitiga (nutqning rivojlanishi va saqlanishi bo'yicha maxsus choralarni qo'llash uning birmuncha yaxshi holatini ta'minlaydi) bog'liq bo'ladi. Eshituvi pasaygan bolalar uchun bevosita eshitish kamchiligi bilan bog'liq nutq komponentlarining (tarkibiy qismlar) shakllanmaganligi xosdir. U nutqning barcha tomonlarini qamrab oladi. Biroq, zaif eshituvchilarda eshituv funksiyasi holati bilan bog'liq bo'lmagan nutqiy kamchiliklarning shakli ham kuzatiladi. Bular duduqlanish; nutq tempining buzilishi, rinolaliya, optik disgrafiya va disleksiya, dizartriya, mexanik dislaliya, ovoz buzilishi, alaliya, erta bolalar afaziyas"i. Fonctiko-fonematik buzilishlar. Fonematik tizimning normal faoliyat ko'rsatishi barcha nutq tovushlarining bexato eshituv differensiatsiyasi imkoniyatini (akustik jihatdan yaqin tovushlarni qo'shganda ham) va»ularning to'g'ri talaffuzini ko'zda tutadi. Fonetik tizim holatini xarakterlovchi bu ikki tomon, erta paydo bo'lgan zaif eshitishda normal shakllana olmaydi. Zaif eshituvchilarda nutq tovushlarini eshitish differensiatsiyasi, eng avvalo, ular tomonidan idrok qilinuvchi tovushlar chastotasi diapazonining chegaralanganligidan aziyat chekadi. Bundan tashqari, bolalarda nutqeshituv analizatorining markaziy bo'limida analitik-sintetik faoliyatning ikkilamchi rivojlanmasligi kuzatiladi. Bu eshituv ta'sirlovchilarining periferiyasidan kelib tushuvchi "sifatsizlik"dan kelib chiqadi (tovushlarni eshitib idrok qilishning butunlay yo'qligi yoki ularning barcha formantlarini ham idrok qilmaslik). Birinchi darajadagi zaif eshituvchi bolalar quloq suprasi yaqinida, odatdagi suhbat balandligidagi ovozda talaffuz qilingan 75%dan ko'p bo'lmagan undoshlarni farqlaydilar. Bunda quloqdan 0,5 m masofadagi uzoqlikda undoshlarni farqlash 60% gacha pasayadi, 2 m masofada esa hatto 40% gacha farqlash imkoniyati pasayadi, bunday sharoitda bog'langan nutqni idrok qilish imkoniyati faqat nutqni to'liq egallagan bolaning o'zida mavjud bo'lgan so'z va iboralarning yaxlit obraziga tayanganligi sababligina sodir bo'ladi. Bunda bola so'z va iboradagi yetishmaydigan qismini anglaydi (ko'pincha xato anglaydi). Agarda bola mukammal nutqqa ega bo'lmasa, bunday anglash imkoniyati bo'lmaydi. Shu sababli bir xil darajadagi (biroq 23 nutqiy rivojlanishi turli darajada bo'lgan) zaif eshituvchi bolalar niftq tovushlarini turlicha payqaydilar. Aynan xuddi shu sabab tufayli bir xil darajadagi zaif eshitish holatida tovushlarni eshitish differensiatsiyasi holati birinchi bo'lim o'quvchilariga qaraganda II bo'lim o'quvchilarida nisbatan yomonroqdir. Biroq L.G. Paramonova tadqiqotlariga muvofiq hatto zaif eshituvchilar maktabining birinchi bo'limida ham 78% dan ko'proq yuqori sinf o'quvchilari 4 dan 45 juftgacha undosh tovushlarni eshitib farqlamaydilar. Ayniqsa, sirg'aluvchi s va z tovushlarini farqlash qiyin kechadi. Boshqa fonetik guruhga kiruvchi undosh tovushlarni eshitib farqlash birinchi bo'lim o'quvchilari uchun unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. II bo'lim zaif eshituvchi o'quvchilari uchun aynan sirg'aluvchi va shovqinli tovushlarni idrok qilish birmuncha qiyinchilik tug'diradi. Bundan tashqari, toza akustik xususiyatlar, bu tovushlar talaffuzida nisbatan kech farqlana boshlanishidan dalolat beradi. Bu yerda nutq harakat analizatorining nutq eshituv analizatoriga tormozlovchi ta'siri kuzatiladi. Demak, nutq tovushlarini eshitish differensiatsiyasining holati zaif eshituvchilarda, birinchi bo'lim singari II bo'lim xususiyatiga ko'ra shunday — u, bolalarning tovush talaffuzini mukammal o'zlashtirishini (keyinchalik yozuvni ham) ta'minlay olmaydi. Zaif eshituvchilarda tovush talaffuzining shakllanishi nutq eshituv analizatorining mukammal emasligi tufayli normaga qaraganda ma'lum miqdordagi kamchiliklar bilan kechadi1. Nutq apparati sensor bo'limining yetishmovchiligida, ya'ni eshituv analizatorining to'liqsiz faoliyatida bir nutq tovushini boshqasi bilan almashtirish xarakterli, ("gilos" o'rniga "giloz", "soat" o'miga "shoat"). Tovushlarni almashtirishga qaraganda ularni buzib talaffuz qilish birmuncha kam kuzatiladi. Bu ularni boshqa tovushlardan aniq eshitib farqlash imkoniyatining yo'qligi yoki mos keluvchi tovush chastotalarining parsial tushishi tufayli, ularni eshitib idrok qilish imkoniyatining butunlay yo'qligi bilan bog'liq. Tovush talaffuzi buzilishining sensor shaklida, nutq apparati motor bo'limining tuzilishi yoki ishlashida normadan chetga chiqish odatda kuzatilmaydi. Bolaning og'zaki nutqida masjid tovush almashtirishlar, odatda yozuvda ham mos keluvchi harflarni almashtirish ko'rinishida aks etude. Zaif eshituvchilar maktabining quyi sinflarida tovush talaffuzi buzilishining bunday shakllari odatda birinchi o'rinda turadi.
2. Nutq apparat motor bo'limining yetishmovchiligi oqibatida, ya'ni artikulatsiya organlar tuzilishi yoki ishlashidagi kamchiliklar. Buzilish odatda tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilish bilan ifodalanadi (tisharo "s" va boshqalar).
3. Bir vaqtning o'zida ham sensor, ham motor yetishmovchilikka asoslangan tovush talaffuzi buzilishining aralash shakli. Bunday hollarda, bir bolaning o'zida ayrim tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar o'xshash fonemalarni (s-z) eshitib farqlash imkoniyatining yo'qligi bilan bog'liq bo'lsa, boshqa tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar artikulatsion apparat tuzilishi yoki ishlashidagi kamchiliklarga bog'liq bo'ladi (masalan, "r" tovushini buzilib talaffuz etish til yuganchasining kaltaligi sababli yoki tisharo "s" til uchi mushaklarining falaji sababli). Gohida bir bolaning o'zida aynan bir tovushlarni buzib talaffuz etish, bir vaqtning o'zida ham motor, ham sensor kechadi. Bunda ma'lum tovushni talaffuz qilish uchun muhim bo'lgan artikulatsion harakatlarni bajarish imkoniyatining yo'qligi, uni akustik jihatdan yaqin tovushlardan eshitib farqlash imkoniyatining yo'qligi bilan qo'shilib keladi. Zaif eshituvchi bolalarda tovush talaffuzi buzilishining aralash shakli ko'p uchraydi. Demak, zaif eshituvchilarda fonetik-fonematik buzilishlar, ko'pgina nutq tovushlarini eshitib farqlashdagi yaqqol ifodalangan qiyinchiliklar va ko'p hollarda murakkab sensomotor buzilishiga asoslangan tovush talaffuzining polimorf buzilishlarida namoyon bo'ladi.
1.Eshitishda kamchiligi bo'lgan bolalar nutqining lug'at va grammatik tizimini buzilishi. Eshitishning erta pasayishi va kuchli ifodalanishida, bolalarda lug'at rivojlanishi normadan shu darajada orqada qoladiki, ularning ko'pchiligi maktabga faqat bir nechtagina chuqurlovchi so'z bilan keladilar. Biroq, eshitishning yengil pasayishida ham zaif eshituvchilarda nutqning lug'at tomoni odatda buzilgan bo'ladi. Lug'at boyligining rivojlanmaganligi asosida 26 jaranglashi bo'yicha yaqin so'zlarni eshitib-farqlab idrok qilish imkoniyatining yo'qligi va so'zning urg'usiz kismlarini noaniq idrok qilish yotadi. Buning natijasida zaif eshituvchi bola ko'pincha so'zning urg'uli qisminigina ozmi-ko'pmi aniq eshitib idrok qilish qobiliyatiga ega. Bu nutqning lug'at tomonini shakllanishi uchun to'laqonli asos bo'lib xizmat qila oladigan, eshituv obrazlarining "kesikligiga", noaniqligiga va yetarli turg'un emasligiga olib keladi. R.M. Boskis, A.G. Zikeyeva, K.G. Korovina va boshqalar tadqiqotiga muvofiq, zaif eshituvchilar uchun lug'at boyligining nihoyatda chegaralanganligi xarakterlidir. R.M. Boskis bo'yicha, kundalik predmet va harakatlarni nomlashda 27,7 % zaif eshituvchi o'quvchilargina 80% to'g'ri javobni beradilar. Zaif eshituvchilar predmet belgilari nomini ham qiyinchilik bilan o'zlashtiradilar. Chalg'ituvchi ahamiyatga ega va kasbiy so'zlarni o'zlashtirish zaif eshituvchi bolalar uchun alohida qiyinchilik tug'diradi. Ko'pincha bu so'zlar bir undosh tovushdan tuziladi, shu sababli bolalar tomonidan tushirib qoldiriladi. Zaif eshituvchida, mavjud lug'at boyligining chegaralanganliti so'zlarni noaniq qo'llashga, olib keladi. Xususan, zaif eshituvchi bola nutqidagi stol so'zi uning lug'atida yagona "stol" so'zi bo'lsa ham, ham stul, ham kursi, ham o'rindik, ham o'tirishni belgilashi mumkin. Ko'rsatib o'tilgan so'zlarni noaniq qo'llash ko'pincha bir so'zni boshqalari bilan almashtirishda ifodalanadi. Xususan, R.M. Boskis quyida, zaif eshituvchilar uchun birmuncha xarakterli bo'lgan so'zlarni ma'no jihatdan almashtirish guruhlarini ko'rsatib o'tadi:\
1.Butun predmet o'miga xarakterli belgini qo'llash. ("buva" o'rniga "soqol").
2.Ma'lum predmet bilan vaziyatli bog'lanuvchi boshqa predmetni nomlash ("mo'yqalam" o'rniga "bo'yoq"). 3.Predmet o'rniga umumiy vaziyatni nomlash ("termometr" o'rniga "og'riyapti", "dorixona", "kasalman").
4.Vazifasi bo'yicha o'xshash predmetni nomlash ("ilgak" o'rniga "qulf" yoki "kalit").
5.Ma'lum predmetga tashqi ko'rinishi bo'yicha o'xshash predmetni nomlash ("qo'lbola supurgi" o'rniga "mo'yqalam")
6.Ma'lum predmet bilan bog'liq harakatni nomlash ("stul" o'rniga "o'tirish").
7.Predmetni belgilash uchun iboralarni qo'llash ("ilgak" o'rniga "eshik yopildi"). Keltirilgan barcha holatlar uchun so'zning semantik birligiga asoslangan, so'zning lug'aviy ahamiyatini butunlay almashtirish xarakterlidir. Shu bilan bir qatorda K.G. Korovin, bunday bolalarda so'zning o'zak qismi saqlangani holda affikslarni aralashtirishni kuzatadi. Bu nafaqat semantik, balki so'zlarning fonetik o'xshashligi bilan tushuntiriladi.
Masalan:
1. Old qo'shimchalarni almashtirish (Nodir yer topdi (chopdi).
2. Tushirib qoldirilgan old ko'makchilar (Muzeyda baho (bebaho) asarni ko'rdik).
3. Ortiqcha ko'makchilar. Shubhasiz, bir so'zni boshqasi bilan majburiy almashtirishning bunday turlari, eng avvalo, zaif eshituvchi bolada u yoki bu vaziyatda unga kerakli bo'lgan birmuncha to'g'ri so'zning yo'qligi bilan tushuntiriladi, ya'ni lug'atning kambag'alligi, shuningdek, so'zning grammatik ahamiyatini yetarli tushunmaslikdandir.Ко'rib chiqilgan disgrafiyalardan tashqari, fonematik analiz va sintez buzilishida ham disgrafiya kuzatiladi. Bunday disgrafiya uchun so'zlarda harflarni tashlab ketish va o'rnini almashtirish, ortiqcha harf qo'shish va boshqalar hisobiga so'zning tovush-bo'g'in tuzilishining buzish xarakterlidir. Zaif eshituvchilar uchun bir nechta disgrafiya ko'rinishlarining uyg'unlashuvi xosdir. Zaif eshituvchilarda disleksiya muammosi hozirgi vaqtga qadar o'rganilmay kelinmokda. Ular orasida fonetik-fonematik rivojlanmaganlikka asoslangan fonematik disleksiya birmuncha keng tarqalgan. Zaif eshituvchi bolalarni logopedik tekshirish nutq buzilishining alomatlari va kechishini har tomonlama va to'liq aniqlashga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Bu, korreksion ta'sirning differensiatsiyalashgan va etiopatogenetik asoslangan usullarini qo'llash imkonini beruvchi differensiyalashgan diagnoz qo'yishni maqsad qilib qo'yadi. Zaif eshituvchi bolalarni tekshirish jarayonida ko'pincha sensor alaliyani zaif eshitishdan farqlab olish ehtiyoji tug'iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |