Rivojlanishi tarixidan



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/96
Sana09.08.2021
Hajmi1,33 Mb.
#143581
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96
Bog'liq
urbanizatsiya majmua

Dabboki  —  Buxoro  viloyati  Qorako'l  rayonidagi  qishloq  nomi.  Tojikcha 
dabbog — teri ishlovchi, charmgar, dabbogi — terini oshlovchi kosib. 
Etimak — Buxoro viloyati SHofirkon rayonidagi qishloq. Etimak (YAtimak) 
—  «etimcha»,  «etim  bola»;  «Etimak»  (yatimak)  degan  og'irlik  o'lchovi  bo'lgan; 
etim (yatim) so'zining «qashshoq», «batrak» ma'nosi ham bor. 
YObi  ariq  —  Buxoro  viloyati  Konimex  rayonidagi  qishloq.  YObi  (yobu) 
o'zbek  xalqi  tarkibiga  kirgan  qadimiy  elat,  qabila.  YObilarning  ko'pchiligi  asosan 
Zarafshon  vodiysida  istiqomat  qilgan.  YObi  qabilasi  tomonidan  qazilgan  ariq 
YObi arig'i bo'lgan, so'ng qishloqqa ham «YObi ariq» nomi berilgan. Hozirda shu 
nom bilan ataladi. 
Obduzd  —  Buxoro  viloyatidagi  ariq.  Obduzd  —  «suv  o'g'risi»  yoki 
«O'g'irlangan  suv»  demakdir.  Navbatini  kutmasdan  o'g'rincha  suv  oladigan  kishi 
obduzd  deyilgan.  Ba'zan  biron  yoriqqa  yoki  o'pqonga  kirib  ketib,  yana  er  yuziga 
chiqadigan jilg'a suvi ham obduzd deb atalgan. 
Oxshix  —  Buxoro  viloyatidagi  qishloq  nomi.  To'g'risi,  Oqshix  bo'lsa  kerak. 
Turkman  urug'laridan  biri  shix  (shiyx)  deb  atalgan.  Bir  qancha  urug'lar  qora,  oq, 
ba'zan  ko'k,  sariq  kabi  turlarga  bo'linadi.  Buxoro  viloyatida  turkmanlar  ko'p.  Bu 
urug'  ba'zan  o'zbeklar  orasida  ham  uchraydi.  Oqshix  so'zi  buzilib,  Oxshix  bo'lib 
qolgan. 


Oqtaqir  —  Buxoro  viloyati  Tomdi  rayonidagi  ovul.  Taqir  cho'lda  qish-
bahorda  suv  to'lib,  yozda  qaqrab  yotadigan,  yorilib-yorilib  yotadigan  yaydoq 
maydonga aytiladi. 
Peshku  —  Buxoro  viloyati  Romiton  rayonidagi  qishloq  nomi.  Pesh  «old», 
«old  tomon»,  kuy  —  «ko'cha»,  «guzar»,  ya'ni  ko'cha  tomon  degan  ma'noni 
anglatadi. Hozir shu nomli rayon markazi. 
Pozagari  —  Buxoro  viloyati  G'ijduvon  rayonidagi  qishloq.  Poza  tojikcha 
omochning  uchiga  kiydiriladigan  cho'yan  tish,  pozagar  (pozarez)  omoch  tishi 
quyuvchi usta degan ma'noni bildiradi. 
Pattachi  —  ma'nosi  ma'lum  emas,  lekin  patta  degan  o'simlik  (buta)  bor. 
Termiz  shahri  yaqinida  (Amudaryo  bo'yida)  Pattakesar  qishlog'i  ham  bor.  Bu 
qishloq  ham  ana  shu  o'simlik  nomi  bilan  atalgan.  Sepatta  —  «uch  patta»,  ayrim 
mutaxassislarning  izohiga  ko'ra,  «Patta»  so'zi  ayrim  kishilarga  beriladigan 
hujjatlarni  ham  bildiradi.  SHuning  uchun  bozorda  va  guzarlarda  boj  oluvchi 
odamni «pattachi» deyishgan. 
Tallicha  —  Buxoro  viloyati  Buxoro  rayonidagi  qishloq  nomi.  Tall  arabcha 
so'z  bo'lib,  «tepalik»  degan  ma'noni  bildiradi.  Buxoro  viloyatining  ko'p  joylarida 
tepalikni tall deyishadi. Tallicha «kichkina tepalik» degan ma'noni bildiradi. 
Tarob  —  Buxoro  viloyati  hududida  joylashgan.  Tarixiy  manbalarda  Torob 
qishlog'i  Buxorodan  ham  oldin  paydo  bo'lgan  deyiladi.  Bu  qishloq  dastlab 
Narshaxiyning  «Buxoro  tarixi»da  tilgan  olingan.  Bu  qishloq  ahli  1238  yilda 
Mo'g'ullarga,  keyinroq  esa  mahalliy  boylarga,  ruhoniylarga  qarshi  ko'targan 
qo'zg'olonlari  bilan  mashhurdir.  Torob  so'zining  etimologiyasi  ma'lum  emas.  , 
Maxmud Torobiy ham shu qishloqdan chiqqan. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish