O'tgan asrning boshlarida Toshkent Qo'qon xonligi tarafidan bosib olingandan
keyin Toshkentga ko'chib kelgan tatarlarga joy beriladi. Qo'qon xoni Madalixon
yoki Muhammadalixon (1822 — 1842 yy.), g'arbda Jo'yi tarxon (hozirgi Darhon)
arig'idan sharqda to Qorasuvgacha, undan janubda Sovuq-buloqqacha, shimolda
Solor arig'igacha bo'lgan erlarni tatarlarga in'om etib, oliq-soliqlardan ozod qiladi.
Obdon — Toshkent viloyati Pskent xududidagi tog'. Tojikcha — ob va don
so'zlaridan olingan bo'lib, «suvxona», suv ko'p joy ma'nosini bildiradi. Suv
inshooti, sardobaning kichikroq turi ham obdon (ovdan) deyiladi. O'rta Osiyo va
Ozarbayjonda obdon inshootlari ko'p bo'lgan.
Pasra — (fasra). Toshkentning SHayxontahur dahasidagi mahallalardan
birining nomi (shahar tashqarisidagi ekin joyi). Solor arig'ining chap sohilida
CHirchiqqa ketadigan temir yo'l yonida bo'lgan kichik ekin maydoni. Ozroq ekin
ekib olish pasra deyilgan. Ba'zan tomorqani ham pasra deyishadi. Qashqadaryo
viloyati, YAkkabog' rayonida hdm Pasra nomli qishloq bor.
Rudak — Toshkent shahrining oltin kamari, deyarli shaharni oralab o'tuvchi
Solor arig'ining eski nomi. Rud — fors-tojik tilida «katta ariq» degan so'z. Ba'zan
daryo ham rud deyiladi. Bu atama eski asarlarda, jumladan «Boburnoma»da
uchraydi. Rudxona so'zlari ham shu atamadan olingan. Rudxona — daryo o'zani.
YA. G'. G'ulomovning ma'lumotlariga qaraganda, Xorazmda rudxona atamasi
ishlatilgan. SHunday qilib, Rudak nomining birinchi qismi, ya'ni Rud «ariq» suv
degan so'z, «ak» esa toponim yasovchi affiksdir. Buyuk tojik shoiri Rudakiy
tug'ilgan qishloq ham shu nom bilan ataladi.
Sarog'och — (Sariog'och) — Toshkent yaqinidagi qishloq. Qozoqlar
Sarmagash, ya'ni «sariq daraxt» ham deyishadi. Sariog'och toponimi qurib,
sarg'ayib borayotgan daraxt (O' simlik) nomidan kelib chiqqan.
Teyit — YUqori CHirchiq rayonidagi qishloq. Teyit so'zi qirg'iz —
qipchoqlar urug'ining nomi. Andijon viloyati Xo'jaobod rayonidagi Qorateyit,
Teyit, Sariteyit qishloqlarining nomi ham ana shu etnonimlar bilan bog'liqdir.
Turkman — Toshkentdagi sobiq «turkman bozori». O'zbekistonda joy nomi
bilan uchraydigan etnonim. Ba'zi birovlar (V. G. Mogakova) Samarqand va
Buxoro viloyatidagi turkmanlarni turkman millatiga mansub etnik guruh deb
hisoblaydilar. K. SHoniyozov esa bu turkmanlar o'zlaricha mustaqil etnik guruh
bo'lib, o'zbek millati tarkibiga kiradi, deb hisoblaydi.
Xonariq — Toshkent yaqinidagi To'ytepadan boshlanadigan ariq (kanal). Bu
ariq o'tgan asrning 40- yillarida Qo'qon xoni Madalixon (Muhammadalixon)
davrida qazilgan va xon sharafiga shunday nom berilgan.
CHotqol — CHirchiq daryosining bosh irmoqlaridan biri. Talas
Olatovlaridan boshlanadi. CHotqol qadimgi fors-tojik tilida «qayin» demakdir.
CHotqol daryosi bo'yida tojiklar yashaydi, shuning uchun shu nom bilan ataladi.
O'simlik va hayvonlarning eski nomlari hech qanday qo'shimchasiz ham toponim
shaklida uchraydi (So'kso'k, Do'lta, Qo'lon va hokazolar).
Do'stlaringiz bilan baham: