8.2. Qurilish ekologiyasining asosiy yo’nalishlari
Ekologiya yaqin vaqtgacha tirik organizmlarning va organizmlarning atrof-muhit o’rtasidagi o’zaro bog’liqligini va ularning yashashi kabilarni o’rgatuvchi biologiya fanining asosiy qismi sifatida ko’rib chiqilayotgan edi. Hozirgi vaqtda ekologiya tabiiy atrof-muhitni va inson faoliyati bilan uning o’zaro bog’liqligini o’rgatuvchi bo’lgan ilmiy fanlar kompleksini aniqlashtiradi.
Hozirgi zamonaviy davrda tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojlanishi barcha fanlarning ekologikligi bilan tavsiflanadi. ekologik bilimlar alohida ahamiyatli bo’lgan biologik fanga to’xtalib qolmasligi bilan ilm-fanda insonning tabiiy atrof-muhit ta’siriga hamda ushbu antropogen jarayonni yumshatish usullariga o’zgartiradi. Geologiya, kimyo, tibbiyot, fizika, qurilish fanlari va b.q. bilan ekologiyaning to’qnashuvida yangi turdagi bilimlarni, ya’ni geoekologiya, urboekologiya, muhandislik ekologiyasi, qishloq xo’jaligi ekologiyasi va sh.k. yaratadi.
Shuning uchun amaliy ekologiyaning tutgan o’rnida muhandislik ekologiyasi, geoekologiya, shaharsozlik ekologiyasi va b.q. fanlar mavjudligiga haqlidir.
Hozirgi vaqtda ekologiyaning qurilish bilimlari bilan to’qnashuvida yana bir yangi ilmiy yo’nalish – qurilish ekologiyasi paydo bo’lishiga asos bo’ldi.
Qurilish ekologiyasining asosiy yo’nalishlariga qurilish ob’ektining hayotiy davri, biosferaga qurilishning salbiy ta’siri, salbiy ta’sirlardan muhandislik ekologik himoya, turar joy va jamoat binolarining ekologik xavfsizligi, qurilishda energiya va resurs tejamkorlik, poydevor qurilishi va ekologiya, ekologik monitoring va b.q. kiradi (8.1-rasm).
|
Qurilish ob’ektining hayotiy davri
|
|
|
|
|
Qurilish texnogenezi
|
|
|
|
Biosferaga qurilishning salbiy ta’siri
|
|
|
Qurilish ekologiyasi
|
|
|
Salbiy ta’sirlardan muhandislik ekologik himoya
|
|
|
|
Shahar qurilishi ekologiyasi asoslari
|
|
|
|
Shahar qurilishi maqsadi uchun muhandislik ekologik izlanishlar
|
|
|
|
Turar joy va jamoat binolarining ekologik xavfsizligi
|
|
|
|
|
Qurilish materiallari va buyumlarining ekologik xavfsizligi
|
|
|
|
Qurilishda energiya va resurs tejamkorlik
|
|
|
|
Poydevor qurilishi va ekologiya
|
|
|
|
Qurilishda ekologik xuquq
|
|
|
|
|
Qurilish sohasida iqtisodiyot ekologiyasi
|
|
|
|
Qurilishda ekologik monitoring
|
|
|
|
Ekologik xavfsiz qurilish – barqaror rivojlanish omilidir
|
| 8.1-rasm. Qurilish ekologiyasining asosiy yo’nalishlari
Quruvchilar uchun ekologik ta’limning ahamiyati
Bugungi kunda XXI asrning strategik rivojlanishida hamma e’tirof qilgan ekologik fikrlashning paydo bo’lishini, kasbiy faoliyat jarayonida ekologik oqlangan munosabat hamda qobiliyat va bilimlar tizimini qamrab olgan ekologik madaniyatning shakllanishi zarur ekanligini belgilaydi.
Qurilish sanoati iqtisodiyotning barcha poydevori hisoblanishi sababli, bizning barcha jamiyatimizning barqaror rivojlanish yo’li bo’yicha ko’pchilik hollarda samarali harakatlanishi tabiiy atrof-muhit bilan birga yashashiga bog’liqdir, bu asosan qurilish mutaxassislari uchun dolzarbdir.
Qurilish sohasidagi har bir mutaxassis quyidagilarni bilishi zarur:
Asosiy ekologik tushunchalar va tasavvurga ega bo’lishni;
Qurilish texnogenezining mohiyatini;
Biosferaga va tabiiy ekotizimlarga qurilish faoliyatining salbiy ta’sirlarining ekologik oqibatlarini;
Qurilish ekologiyasining arxitektura va shahar qurilishi jihatlarini;
Turar joylarning ekologik xavfsizligini ta’minlash usullarini;
Qurilish materiallari va buyumlariga ekologik talablarni;
Qurilish chiqinlarini qayta ishlash va foydalanishga tiklash usullarini;
Qurilishda tabiiy atrof-muhitni boshqarish tizimlari asoslarini (me’yoriy texnik hujjatlar, ekologik ekspertiza o’tkazishning asosiy qonun va qoidalari, ekologik menedjment, ekologik monitoring va boshqa ekologik xuquqiy jihatlar);
Qurilishda ekologik qonun va qoidalar buzilishi xususiyatini hamda unga yuridik javobgarlikning turlarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |