Rivojlanish rsixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish
O‘tgan ajdodlarimiz Yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo‘nalishda, ma’lum konsepsiya asosida o‘rganmagan bo‘lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildirganlar. Bular to‘rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri – xalq ijodiyoti; rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi – maxsus ijodkor kishilira (hatto, xukmdorlar) muayyan shaxsga bag‘ishlab yozgan o‘git-nasihat va hikoyalar, uchinchisi - qomusiy, o‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to‘rtinchisi - turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, ya’ni badiiy asarlardir.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy mushohadalari “Ideal shahar aholisining fikrlari”, “Masalalar mohiyati”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bo‘linishi”, “SHarhlardan”, “Xikmat ma’nolari”, “Aql ma’nolari to‘g‘risida” kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o‘zining “o‘tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarni keltiradi. SHu jumladan,, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarning o’zun-qisqaligi to‘g‘risida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan bog‘laydi. Bu jihatdan uning “Hindiston”, “Mineralogiya” asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega.
Ibn Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yo‘llari, fiziologik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Uning “Odob haqida” risolasi ham inson shaxsini shakllantirish to‘g‘risidagi jiddiy asardir.
YUsuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asaridagi ma’lumotlar ham hozirgacha o‘z qimmatini yo‘qotmagan.
AQSHlik psixolog Dj. Bruner (1915) shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida ikkiyoqlama aloqa mavjudligi aytib, insonning kamolot sari intilishi bilan olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi.
SHu tariqa Yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan o‘tib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga o‘rta Osiyo allomalari, rus va chet el psixologlari munosib hissalarini qo‘shdilar. YUqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy ma’lumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalarning o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Yosh davrlarining tabaqalash nazariyalari.
Psixologiya fanida Yosh davrlarini tabaqalash bo‘yicha qator mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritiladi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixo-analitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin.
Quyidagi mazkur nzariyalar va ularning ayrim namoyandalar ifodalagan Yosh davrlarini tabaqalash prinsiplarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |