1.2–rasm.Hududda dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqish, qayta ishlash va sotishga ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari kooperatsiyasiga asoslangan uyushma boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi4
Ushbu tashkiliy tuzilma uning tarkibiga kirgan barcha boshqaruv bo’g’inlarining tashkiliy-iqtisodiy va texnologik jihatdan o’zaro aloqadorligini ta’minlaydi, bo’linmalar vazifalari soni va chegarasini aniqlaydi, chiziqli va funktsional boshqaruv o’rtasidagi mutanosiblikni saqlaydi,alohida olingan bo’linmalar huquqi, majburiyati, vazifalarini aniq belgilaydi va uyushm afaoliyatini muvofiqlashtiradi hamda yagona maqsadga yo’naltiradi.Qishloq aholisini ish bilan bandligini, iste’mol bozorini xilma-xil chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etishni jadallashtirish dolzarb muammo bo’lib qolmoqda.
Prezidentimiz I.Karimov o’zining jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga bag’ishlangan asarida go’sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va kichik korxonalarni qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor berishni alohida ta’kidlab o’tganlar. Shuni hisobga olib, dissertatsiyada sut mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha fermer xo’jaliklari uyushmasining hududiy tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqilgan. Ushbu ilmiy ishlanma mamlakatimiz mintaqalarida hududiy uyushmalarni tashkil etishda amaliy-uslubiy qo’llanma vazifasini bajarishi mumkin.
Shuningdek qishloq xo’jaligi texnikasini oldi-sotdisi, qayta tiklash va sotishdan keyin undan foydalanishga ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari uyush-masi boshqaruvining tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqilgan.
Ushbu tashkiliy tuzilma fermer xo’jaliklarini (ayniqsa past rentabelli va o’z faoliyatini endi boshlayotgan) texnik ta’minotini oshirishning muhim omili va zarur sharti hisoblanadi. Bunday tuzilmaning hududlarda tashkil etilishi fermer xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilarining texnikani sotib olish uchun qilinadigan xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, xorijiy mamlakatlarda qishloq joylarida yuqorida tavsiya etilgan kooperatsiya tamoyillariga asoslangan fermer xo’jaliklari hududiy uyushmalarini tashkil etish va uni rivojlantirish qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda yangi imkoniyatlarni ochib beradi va uning iqtisodiy o’sishini ta’minlashga zamin yaratadi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning tayanch tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Fermer xo’jaliklari esa ushbu tarmoqning asosiy shaklidir. Shu boisdan qishloq xo’jaligini, ayniqsa fermer xo’jaligini zamonga mos ravishda rivojlantirish uning axamiyatidan kelib chiqqan xolda,dunyo bo’yicha dolzarb masaladir.