- Yaponiyada o’quvchilarning kiyinishi boshlang’ich maktablarda oddiy, forma ham shart emas. O’rta maktabda o’quvchilarning yo’nalishlar bo’yicha kurslarni tanlash huquqlari bor. Undan tashqari ularni katta hajmgagi uy vazifalari, imtihonlar va uniforma kutib turadi. Forma nafaqat shahar va perfekturalar bo’yicha, balki maktablar bo’yicha ham farq qilib turadi. Biroq ularning hammasida dengiz mavzusi asos qilib olingan. Ayniqsa Britaniya qirollik flotining formasiga taqlid qilingan. Qirolicha Vikroriya o’g’ilchasini dengizchilar kiyimini kiydirganida, shu uslub bolalar modasida keng tarqaldi hamda 19-asrning oxiri va 20 asrning boshlarida urfga kirdi. Bu kiyim uslubi Yaponiyaga ham yetib bordi va u yerda milliy mutaassiblik sifatida qolib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |