Rivojlangan mamlakatlar ta`lim tizimida nazorat qilish va baholashning zamonaviy ko`rinishlari



Download 18,9 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi18,9 Kb.
#679134
Bog'liq
ped mi


Rivojlangan mamlakatlar ta`lim tizimida nazorat qilish va baholashning zamonaviy ko`rinishlari
Rivojlangan mamlakatlar ta`lim tizimida nazorat qilish va baholashning zamonaviy ko’rinishlari
Reja:

  • Dunyoning turli mamlakatlarida ta`lim tizimi

  • Fransiya mamlakatida ta`lim

Mamlakatlarda ta`lim tizimi

  • Har bir mamlakat o‘z mezonlari asosida ta'lim tizimini belgilaydi. Shuning uchun turli davlatlarda ta'lim olish imkoniyatlari turlicha bo‘ladi. Tizimga asos solinayotganda mamlakatning tarixiy an'analari, bugungi kun talablari inobatga olinadi. Bugungi maqolamizda ba'zi mamlakatlarning maktabdagi ta’lim tizimi haqida so’z boradi.

Frantsiya: to’rt kunlik o’quv haftasi

  • O’quv yilining davomiyligi:

  • 11 oy/ haftasiga 4 kun Ta’lim davomiyligi:

  • 11 yil Ta’lim olish yoshi: 3 (6) – 15 (17) yosh

  • Uy vazifalar: yozma ishlar ta’qiqlangan

  • Maktab formasi: yo’q

  • Baholash tizimi: 20 balllik

  • Bilimni sinash: nazorat ishi, imtihonlar.

Ta’tilga galma-galdan chiqadilar
O’quv yili sentyabrdan boshlanib, iyul oyigacha davom etadi. Ta’til vaqtida yo’llarda tirbandliklar sodir bo’lishining oldini olish maqsadida Frantsiya uchta hududga bo’lingan bo’lib, ular galma-galdan yozgi ta’tilga chiqadilar. O’quv haftasining davomiyligi oxirgi o’n yil ichida ikki marta o’zgartirildi. 2008 yilda sobiq prezident Nikolya Sarkozining farmoniga muvofiq o’quvchilar haftasiga to’rt kun – dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari kuniga olti soatdan o’qishar edi. Qolgan kunlari esa dam olish kuni hisoblanardi. Hukumat tepasiga Fransua Olland kelgandan keyin esa reforma natijasida o’quvchilar maktabda chorshanba kuni uch yarim soatdan, boshqa kunlari esa bech yarim soatdan o’qiy boshladilar. Dam olish kunlari shanba va yakshanba kunlari bo’ldi. Yaqin kunlarda Frantsiyada yana bir reforma bo’lishi kutilmoqda. 2018 gacha kommunalar chorshanba dam olish kuni yoki yarim o’qish kuni bo’lishiga oydinlik kiritadilar. Eng asosiysi, ta’lim olish vaqti haftada 24 soatdan oshmasligi kerak. Maktablarda oddiy tanaffuslardan tashqari 1,5-2 soatlik tanaffuslar ham bor.
Maktabga birinchi qadam uch yoshdan boshlanadi

  • Frantsiyada boshlang’ich maktab olti yoshdan boshlanadi, biroq undan oldin uch yil bolalar bog’chasini eslatuvchi “ekol maternel” maktabiga boradilar. O’rta maktabni bitirayotgan o’quvchilar davlat imtihonini topshiradilar. O’n ball to’plagan o’quvchi oily ta’lim muassasasiga qabul qilinadi. Boshlang’ich maktabdan boshlab nazorat ishi bajariladi.

Sinfdan sinfga sakrash
Boshqa mamlakatlar qatori Frantsiya ta’lim tizimida ham sinfda qolish yoki sinfdan sinfga sakrash hollari uchrab turadi. Ba’zi ota-onalarga sinfdan sinfga sakrash holati yoqmaydi. Bu narsa ularning fikricha maktab dasturining mukammal emasligidan dalolat beradi. Ular shuningdek, o’quvchining sinfda qolishi ham uning ruhiyatiga ta’sir qiladi, deb hisoblaydilar. Frantsiya maktablarida reformalar sodir bo’layotganligi ham ko’pchilikni qoniqtirmaydi. Noroziliklarda o’qituvchi, professorlar bilan birga o’quvchilar ham ishtirok etadilar.
Yaponiya: ta’lim olish = mehnat qilish

  • O’quv yilining davomiyligi:

  • 11 oy/ haftasiga olti kun

  • Ta’lim olish davomiyligi: 10 (12) yil

  • Ta’lim olish yoshi: 6-15 (17)

  • Uy vazifasi: bor

  • Maktab formasi: bor

  • Baholash tizimi: 100 ballik

  • Bilimni sinash: yiliga bir necha martalik imtihon

Yurtimizda va boshqa ko’pgina mamlakatlarda o’quv yili sentaybrda, daraxt barglari sarg’ayganda boshlansa, Yaponiyada bahor faslida, sakura gullaganda boshlanadi. Birinchi qo’ng’iroq aprelning boshlarida jaringlasa, oxirgi qo’ng’iroq martning oxirida chalinadi. O’quv yilining boshlanish va yakunlanishining aniq muddatini har bir maktab alohida o’zi belgilasa-da, ta’til bor yo’g’i bir hafta davom etadi. Ana shu davrda dam olish hamda carchoqni chiqarib yuborishga ulgurish lozim.

  • Yurtimizda va boshqa ko’pgina mamlakatlarda o’quv yili sentaybrda, daraxt barglari sarg’ayganda boshlansa, Yaponiyada bahor faslida, sakura gullaganda boshlanadi. Birinchi qo’ng’iroq aprelning boshlarida jaringlasa, oxirgi qo’ng’iroq martning oxirida chalinadi. O’quv yilining boshlanish va yakunlanishining aniq muddatini har bir maktab alohida o’zi belgilasa-da, ta’til bor yo’g’i bir hafta davom etadi. Ana shu davrda dam olish hamda carchoqni chiqarib yuborishga ulgurish lozim.

Qirolicha Viktoriya nomidagi forma

  • Yaponiyada o’quvchilarning kiyinishi boshlang’ich maktablarda oddiy, forma ham shart emas. O’rta maktabda o’quvchilarning yo’nalishlar bo’yicha kurslarni tanlash huquqlari bor. Undan tashqari ularni katta hajmgagi uy vazifalari, imtihonlar va uniforma kutib turadi. Forma nafaqat shahar va perfekturalar bo’yicha, balki maktablar bo’yicha ham farq qilib turadi. Biroq ularning hammasida dengiz mavzusi asos qilib olingan. Ayniqsa Britaniya qirollik flotining formasiga taqlid qilingan. Qirolicha Vikroriya o’g’ilchasini dengizchilar kiyimini kiydirganida, shu uslub bolalar modasida keng tarqaldi hamda 19asrning oxiri va 20 asrning boshlarida urfga kirdi. Bu kiyim uslubi Yaponiyaga ham yetib bordi va u yerda milliy mutaassiblik sifatida qolib ketdi.

Birinchi qo’ng’iroq – bahorda
O’qish, o’qish va yana o’qish

  • Yaponlar – mehnatsevar xalqdir. Maktablarda darslar soat 8:30 da boshlanadi va kechgacha davom etadi. Ko’pchilik bolalar dzyuku – qo’shimcha ta’lim muassasalariga ham boradilar va u yerda turli xil fanlardan bilimlarini oshiradilar. Haftada olti kun o’qilsa-da yakshanba kunlari ham qo’shimcha bilim olish normal holat hisoblanadi. Bolalarning bilim olish darajasi 100 ballni tashkil etishi shart. Ota-onalarning ham, jamiyatning fikricha, yaxshi bilim olish va shunga yarasha yaxshi balllarni to’plash juda muhimdir. Yaxshi ball bo’lsa universitetga kirish uchun kerak, u yerda olingan bilim esa munosib ish topishga sabab bo’ladi. Yaponiyada maktabga borish va uy vazifasini bajarish imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tishni kafolatlamaydi. Imtihonlar o’rta maktabdan boshlanadi va har bir trimestrda bo’lib o’tadi. Demak, o’quvchining kuni shunday o’tadi: avval maktabga boradi, u yerdan qaysidir to’garakka o’tadi, so’ngra esa – dzyuku. Maktab bolasi uyiga kechki payt qaytadi va uyqu oldidan uy vazifasini qilishgagina ulguradi.

Avstraliya: ikkita majburiy fan
O’quv yili davomiyligi: 11 oy/haftasiga 5 kundan Ta’lim oilish davomiyligi: 12 yil
Ta’lim olish yoshi: 5-11 yil
Uy vazifasi: yo’q
Maktab formasi: ha
Baho tizimi: 100 ballik
Bilimni sinash: testlar, insholar va dokladlar;
baholar yiliga ikki marta pochta orqali yuboriladi; uchinchi sinfdan boshlab har ikki yilda imtihon topshiriladi O’qish mavsumi
Yangi o’quv yili yangi yil bayramidan biroz keyin boshlanadi, ya’ni yanvarning oxiri va fevralning boshida boshlanib, dekabrning boshlarida tugaydi.
Ta’tillar har chorak orasida o’n kundan iborat bo’ladi. Darslar 08:30 da boshlanadi, katta tanaffuslar bilan soat 15:00 gacha davom etadi. Maktab formasi
13 yoshgacha o’g’il bolalar shortiklarda yuradilar, keyin esa shimga o’tadilar. Tepa qismiga pidjak yoki jemfer bo’lishi mumkin, biroq barcha maktablarda o’quvchilar shlyapa kiyishlari shart. Qizlarning maktab kiyimida getralar ajralib turadi. Yuqori sunf o’quvchilarining formalari hamma maktablarda har xil, ularga boshlang’ich sinf o’quvchilarining hududiga kirishi ta’qiqlanadi.
Ikkita majburiy fan
Yettinchi sinfgacha o’quvchilarni barcha fanlardan bir yoki ikkita muallim ta’lim beradi. Ta’lim olish formal emas, o’quvchilar sinfda o’zlarini erkin tutadilar. Ular sinfda yuradilar, bemalol gaplashib ham o’tiradilar, hatto polda ham o’tirishlari ham mumkin. 8chi sinfdan 10 chi sinfgacha o’qituvchilarning soni oshadi. Bolalar matematika va ingliz tilini majbnuriy o’rganadilar, qolgan fanlarni o’zlari tanlaydilar. Yuqori, ya’ni 11-12 sinflarda ta’lim olishning murakkabligiga qarab ham bo’linadilar. Avstraliya maktablarida bahoning aniq bir tizimi mavjud emas. Boshlang’ich sinflarda baholar umuman qo’yilmaydi. 3-6 chi sinflarda o’quvchlilar haftalik test sinovlarini, nazorat ishlarini va diktantlarni topshiradilar. Biroq baholar bir yilda ikki marta qo’yiladi va ota-onalarga pochta orqali yuboriladi. Tayvan
O’quv yilining davomiyligi: 10 oy/5 kun
Ta’lim olish davomiyligi: 9 (12) yil
Ta’lim olish yoshi: 6-15 (18) yil
Uy vazifasi: bor
Maktab formasi: bor
Baholash tizimi: 100 balllik
Bilimni sinash: testlar, imtihonlar
Tozalik uchun zachyot
Tayvanlik o’quvchining har tongi 07:30 da ertalabki badantarbiya va maktabni tozalash bilan boshlanadi. Maktabda tozalik qattiq nazorat qilinadi. Oliy ta’lim muassasalarida ham talabalar yil davomida universitet hududini tozalaydilar va buning uchun ularga zachyot ham qo’yiladi. Agarda ular ko’ngildagidek tozalamasalar, majburiyat cho’zdiriladi. Darslar 08:30 da boshlanadi va 10 daqiqalik tanaffus bilan 16:30 gacga davom etadi. Faqat lanch uchun yarim soatlik tanaffus belgilangan. Hozirgi kunga kelib esa mamlakatning ba’zi maktablarida o’quv kunini bir soat keyinga surish masalasi ko’rib chiqilmoqda.
Ta’lim reformasi
2018 yilda yuqori sinflarda ta’lim reformasini yakunlash rejalashtirilmoqda. Unga muvofiq bolalar fanlarning asosiy qismini o’zlari tanlaydilar hamda iqdidorlariga qarab ularni o’rganadilar, ya’ni har bir o’quvchining o’zining shaxsiy dars jadvali bo’ladi. Oxirgi reformaga muvofiq o’qituvchilar ta’tilga uy vazifasini bermaydilar. Hukumat bolalar ko’proq dam olishlari kerak, degan qarorga keldi. Maktabdagi intizomga esa qattiq qaraladi. Har bir o’quv maskanining o’z shaxsiy formasi bor. Bu formani kiyishni xohlamaganlar uchun esa jazo qo’llaniladi, masalan qaysidir xonani qo’shimcha tozalash. PISA reytingi bo’yicha, Taybey viloyatining maktablari eng yaxshi ta’lim muassasalarining o’ntaligidan bir necha marta joy olgan.
Finlayandiya ta’lim muassasalari
O’quv yilining davomoyligi: 10 oy/haftasiga 5 kundan Ta’lim olish davomiyligi: 9 yil
Ta’lim olish yoshi: 7-16 yosh
Uy vazifasi: deyarli yo’q
Maktab formasi: yo’q
Baholash tizimi: 10 ballik
Bilimni sinash: imtihonlar bekor qilingan, bilim bahosi 4 chi sinfdan boshlab qo’yiladi
Imtihonlar yo’q
Finlyandiyaning o’quv yili biznikiga o’xshaydi. Avgust oyida boshlanib, may oyida tugaydi. Kuzgi mavsumda 3-4 kunlik ta’til bo’ladi va yangi yil arafasida boshlanadigan ikki haftalik ta’til ham bor. Undan tashqari bahorda ham o’quvchilar dam olishga chiqadilar. Darslar haftaning begim kunlari ertalabki soat 8 yoki 9 da boshlanadi va tushlikkacha davom etadi. Darslar 45 daqiqa davom etadi va ularning orasida 15 daqaiqalik tanaffus bo’ladi. Farqli tomonlari ham bor. Imtihonlarning o’rniga bu yerda fanlar bo’yicha o’rta baho tizimi mavjud bo’lib, ularning asosida kolledj va litseylarga qabul amalga oshiriladi ( bu ta’limning ikkinchi pog’onasi bo’lib, undan keyin ishlash yoki Oliy ta’lim muassasasiga kirish mumkin).
Reforma
2020 yilga kelib, darslar boshqacha ko’rinishga ega bo’ladi. Finlyandiyada maktab reformasi bo’ladi, unga asosan o’quvchilar har xil alohida fanlarni o’zlashtirmasdan, bir mavzuga oid bo’lgan qator fanlarni o’rganadilar. Masalan, iqlim o’zgarishi haqidagi soha tanlansa, unda ekologiya, tabiatshunoslik, iqtisodiyot va siyosat o’rganiladi. Bunday mashg’ulotlar uch soatga yaqin bo’ladi. Fin maktablari ham bir necha marotaba eng yaxshi ta’lim muassasasi reytingidan joy olgan.
Download 18,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish