Rivojlangan davlatlar davlat byudjeti, tuzulishi, shakllanish manbalari va mablag’laridan foydalanish yo’nalishlari



Download 237,3 Kb.
bet69/85
Sana03.01.2022
Hajmi237,3 Kb.
#314368
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   85
Bog'liq
kurs ishi

Xarajatlar smetasi. Xarajatlar smetasi byudjet tashkilotning Moliyaviy Rejasi hisoblanadi. Byudjet tashkiloti uchun olinayotgan Moliyalashtirish daromad bо‘lmasdan faqat tashkilotning xarajatlari hajmi va ularning maqsadli yо‘naltirilganligiga tyeng bо‘lgan mablag’larning tuShuvidan iborat bо‘lganligi uchun smeta daromadlar qismiga ega emasdir. Smeta asosida Moliya organlari sosial ehtiyojlar uchun xarajatlarning hajmini aniqlaydi va u narsa joriy yilning byudjeti tarkibiga kiritiladi. Bunda quyidagi holatlarga alohida e’tibor berilishi kerak:

1. Sosial ehtiyoj xarajatlarining bir qismi byudjetdan boshqacharoq tarzda Moliyalashtiriladi. Masalan, ana Shunday boshqacharoq tarzda ommaviy axborot vositalari va tyeatr-tamosha korxonalarining yetishmagan mablag’lari ta’minlanadi. Bu korxonalarning xizmatlari tо‘lovli (haqli) bо‘lsa-da, о‘z daromadlari ularning barcha xarajatlarini qoplashga yetmaydi. Bunday korxonalar daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi farq byudjetdan qoplanishi kerak.

2. Fanni Moliyalashtirish byudjet xarajatlarining mustaqil guruhi hisoblanadi. Byudjetdan mablag’lar eng muhim istiqbolli nazariy izlanishlar va umumdavlat maqsadli ilmiy-texnikaviy dasturlar bо‘yicha yо‘naltiriladi. Ana Shu maqsadlar uchun mablag’lar bevosita ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish bilan Shug’ullanuvchi Fanlar Akadyemiyasi, tarmoq akadyemiyalari, oliy о‘quv Yurtlari, arxivlar va boshqa tashkilotlarga ajratiladi.

3. Ilmiy tashkilotlarni Moliyalashtirish smetali tartibda amalga oshiriladi. Barcha tashkilotlarda har bir aniq mavzular bо‘yicha xarajatlar smetasi tuziladi. Xarajatlarni Rejalashtirish va Moliyalashtirish tartibi bu yerda sosial-madaniy ehtiyojlar xarajatlarida qо‘llaniladigan myetodika bilan bil xildir.

4. Milliy mudofaa xarajatlari davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Mudofaa xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi quyidagi turli xildagi ichki va tashqi omillarga bog’liq:

  • xalqaro vaziyat;


  • mamlakat hududining kattaligiga bog’liq bо‘lgan chyegaralarning uzunligi va xarakteri;


  • harbiy ishning zamonaviy taraqqiyoti va armiyaning texnikaviy jihatdan qurollanganlik ahvoli;


  • shaxsiy tarkib turmush darajasini Yuqori pag’onaga kо‘tarishning va Qurolli Kuchlarda sosial-madaniy tadbirlarni amalga oshirishning zarurligi;


  • mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari;


  • va boshqalar.


Mudofaa xarajatlari ob’yektiv zarur bо‘lishiga qaramasdan ular noishlab chiqarish xarakteriga ega. Shuning uchun ham davlatlar tinchliksyevar tashqi siyosatni amalga oshirish natijasida harbiy xarajatlarni qisqartirishga harakat qiladi.

Byudjetda kо‘zda tutilgan milliy mudofaa xarajatlarining guruhi, asosan, Mudofaa vazirligi orqali о‘tadigan tо‘g’ri (bevosita) harbiy xarajatlarni о‘z ichiga oladi. Bu xarajatlarning tarkibiga armiyani saqlash, qurol-yarog’ va harbiy texnikani sotib olish, kapital qurilish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, harbiy xizmatchilarga maosh, pyensiya va nafaqalar berish va boshqa xarajatlar kiradi. Bu xarajatlarning barchasi Mudofaa vazirligining maxsus smetasida о‘z aksini topadi va sо‘ng respublika byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritiladi.

Milliy mudofaa xarajatlarini Rejalashtirishning о‘ziga xos bо‘lgan xususiyati Shundan iboratki, bu yerda birinchi navbatda, Mudofaa vazirligi bо‘yicha xarajatlarning umumiy hajmi aniqlanadi. Undan sо‘ng esa harbiy okruglar va harbiy qismlarning smetalari tuziladi. Bunday tartibning amal qilishi harbiy xarajatlar katta qismining (qurol-yarog’, harbiy texnika, yoqilg’i, oziq-ovqat va Shunga о‘xshashlar) Mudofaa vazirligi orqali Moliyalashtirilishi bilan izohlanadi.

Tо‘g’ri (bevosita) harbiy xarajatlarning boshqa bir qismi byudjet xarajatlarining boshqa bо‘linmalari bо‘yicha Moliyalashtiriladi. Masalan, ichki va chyegara qо‘shinlarini saqlash xarajatlari hamda xavfsizlik organlarining faoliyati huquqni muhofaza qilish faoliyati va davlat xavfsizligini ta’minlash bо‘limi orqali Moliyalashtiriladi. Bu xarajatlarni Rejalashtirish va Moliyalashtirish smetali tartibda amalga oshiriladi.

Egri (bilvosita) harbiy xarajatlar byudjetda, asosan, Qurolli Kuchlar vyetyeranlari va ularning oilalariga tо‘lanadigan pyensiya va nafaqalardan iborat. Bu xarajatlar byudjetning sosial himoya bо‘limi bо‘yicha Moliyalashtiriladi.

5. Byudjetning boshqaruv xarajatlari quyidagi guruhlardagi xarajatlardan iborat:

  • huquq-tartibot organlari, sudlar va prokuratura organlarini saqlash xarajatlari. Bu xarajatlar jamoatchilik xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega;


  • davlat hokimiyat organlarini saqlash xarajatlari. Pryezidyent Dyevoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy majlis Syenati va Qonunchilik palatasi, Konstitusiyaviy sud, vazirliklar, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari, diplomatik muassasalar va boshqa idoralarni saqlash xarajatlarini о‘z ichiga oladi;


  • saylovlar va ryefyeryendumlarni о‘tkazish xarajatlari. О‘z ichiga dyeputatlar, Pryezidyent, mahalla oqsoqollarini saylash, ryefyeryendumlarni о‘tkazish xarajatlarini oladi.


Boshqaruv xarajatlarini Rejalashtirish va Moliyalashtirish xuddi sosial ehtiyoj xarajatlarinikidyek tartibda amalga oshiriladi.




Download 237,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish