Risklar paydo bo‘lish sabablariga ko‘ra tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat risklariga bo‘linadi. Zilzila, suv toshqini, bo‘ron, chaqmoq urishi, yong‘in va har xil yuqumli kasalliklar tabiiy risklar hisoblanadi. Atrof-muhitni ifloslanishi bilan bog‘liq risklar ekologiya risklari hisoblanadi. Siyosiy risklar bevosita hukumat tomonidan urush holatlarini e’lon qilinishi, harbiy harakatlar, fuqarolar g‘alayonlari, ish tashlashlar, davlat tuzumining o‘zgarishi, qonunchilik hujjatlarining o‘zgarishi ehtimollarini o‘z ichiga oladi. Tijorat risklari xo‘jalik yurituvchi sub’etlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi bilan faraqlanadi. Investitsion loyihalarni amalga oshirishda kredit riski, operatsiya riski, huquqiy risk, mamlakat riski, transfert riski, bozor riski, foiz riski, likvidlilik riski, reputatsiya riski, siyosiy risklar, tadbirkorlik risklari yuzaga keladi. - Risklar paydo bo‘lish sabablariga ko‘ra tabiiy, ekologik, siyosiy, transport va tijorat risklariga bo‘linadi. Zilzila, suv toshqini, bo‘ron, chaqmoq urishi, yong‘in va har xil yuqumli kasalliklar tabiiy risklar hisoblanadi. Atrof-muhitni ifloslanishi bilan bog‘liq risklar ekologiya risklari hisoblanadi. Siyosiy risklar bevosita hukumat tomonidan urush holatlarini e’lon qilinishi, harbiy harakatlar, fuqarolar g‘alayonlari, ish tashlashlar, davlat tuzumining o‘zgarishi, qonunchilik hujjatlarining o‘zgarishi ehtimollarini o‘z ichiga oladi. Tijorat risklari xo‘jalik yurituvchi sub’etlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi bilan faraqlanadi. Investitsion loyihalarni amalga oshirishda kredit riski, operatsiya riski, huquqiy risk, mamlakat riski, transfert riski, bozor riski, foiz riski, likvidlilik riski, reputatsiya riski, siyosiy risklar, tadbirkorlik risklari yuzaga keladi.
Moliyaviy risklarni uch toifaga bo‘lishimiz mumkin: - yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan risklar. Bunday risklar olinuvchi foydaning to‘liq yoki qisman yo‘qotilishiga xavf solishi mumkin;
- kritik risklar. Bunday risklar u yoki bu moliyaviy loyihani oshirish bilan bog‘liq ishlab chiqarish xarajatlari meyorida zarar yuz berishiga olib kelishi mumkin;
- katostrofik risklar. Katostrofik risklar tadbirkorlik faoliyatiga taaluqli bo‘lgan barcha yoki qisman mulkni yo‘qotilishiga xavf solishi mumkin. Katostrofik risklarning ro‘y berishi u yoki bu korxonani bankrot holatiga olib kelishi mumkin. Risklarning ro‘y berishi natijasida korxona nafaqat qo‘yilgan moliyaviy resurslarni yo‘qotishi balkim korxonaga tegishli mulk ham yo‘qotilishi mumkin.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |