Yuqoridagilarga asoslanib, yig`ilish qaror qiladi:
Ma`ruza yuzasidan eshitilgan axborot ma`lumot uchun qabul qilinsin.
O`quv yili I chorak yakuni bo`yicha o`quvchilarning o`zlashtirishi 100%ni, sifat ko`rsatkichi 76%ni, davomati esa 97,3%ni tashkillanganligi ko`rsatilib o`tilsin.
3.Barcha sinflarda uslubbirlashmaning tuzilgan rejalari asosida ochiq darslar tashkil etilsin va o`z vaqtida o`tilishiga erishilsin.
Eshitildi:
2-masala yuzasidan maktab direktori-V.Muxtarova quyidagilarni so`zladi:
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “ O`zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta`lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-6108-sonli farmonini bilan O`zbekistonning yangi taraqiyot davrida ta`lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari belgilandi.
Farmondan ko`zlangan asosiy maqsad mamlakatimiz ta`lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o`qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo`lgan hurmat e`tiborni yanada oshirish, o`qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta`lim tizimida xususiy sector ishtirokini kengaytirishdan iborat.
Farmonga asosan umumta`lim muassasalarida sinf rahbarligi yuklatilgan pedagog xodimlarni moddiy qo`llab-quvvatlash maqsadida umumiy o`rta, o`rta maxsus ta`lim muassasalari va kasb-hunar maktablari pedagoglariga 2020 yil 1 noyabrdan boshlab sinf rahbarligi uchun qo`shimcha to`lovlar 1,5 baravarga oshirilmoqda. Ushbu masalaga mas`ul bo`lgan Xalq ta`limi vazirligi hamda Moliya vazirligi mazkur farmon ijrosini tezkorlik bilan joylarda sifatli bajarilishini ta`minlash maqsadida tegishli ko`rsatmani yubordi.
Bulardan tashqari iqtidorli o`quvchilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularga kerakli shart-sharoitlarni yaratish, o`quvchilar seleksiyasini tashkil etish va ularga ta`lim-tarbiya berayotgan o`qituvchilarni har tomonlama rag`batlantirish, masalalari ko`rsatilgan.
Endilikda xalqaro fan olimpiadalarda g`oliblikni qo`lga kiritgan o`quvchilarni tayyorlagan o`qituvchilariga bosh o`qituvchi malaka toifasi berilishi,ixtisoslashtirilgan maktablar istiqbolini belgilash bo`limlari tashkil etilishi,ilg`or xorijiy tajribalarni o`rgangan holda milliy va xalqaro olimpiadalarga o`quvchilarni tayyorlash tizimi tubdan qayta ko`rib chiqilishi, Iqtidorli yoshlar markazi tashkil etilishi, maslahat kengashlarini tashkil etish, bitiruvchilarning 6 yillik baholari o`rtacha ko`rsatkchi oily ta`lim muassasiga kirish imtihonlarida inobatga olinishi, 2022-2023 o`quv yiliga qadar o`quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffofligini ta`minlash maqsadida barcha umumta`lim muassasalarida “Elektron kundalik” dasturi joriy qilinishi, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda Milliy o`quv dasturi ishlab chiqish, koeffitsenti past maktablar tajriba-sinov tariqasida xususiy sector vakillariga ishonchli boshqaruvga berilishi, xalq ta`limi xodimlarining malaka oshirish jarayoniga uzluksiz malaka oshirishni nazarda tutuvchi “hayot davomida o`qish” tamoyili joriy qilinishi kabilar yo`lga qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |