Sug`d. Ilk sug`d tangalarining o`ngida silliq sochli ma`budaning tasviri
bo`lsa-da, VII asrning yarmidan Sug`d hokimlari – ixshidlar hamda ularga
tobe amlokdorlar to`rt burchak teshikli, hech bir tasvirsizsiyqa tangalar zarb
qila boshlashadi. Tanganing o`ngida kursiv bilan berilgan sug`d yozuvi
hukmdorning ismi va unvonini (masalan, ”Shoh Shipshir”) bildiradi. Tanganing
tersida tersida esa har bir hukmdorning o`z sulolasiga xos belgi berilgan.
Olimlarning aniqlashicha bu tipdagi tangalar Poykant va Chochda zarb
etilgan. Keyinchalik sug`d yozuvi bilan birgalikda arab yozuvi ham paydo
bo`la boshlagan.. Sharqiy sug`d numizmatika materiallarini katta qismini
Ixshitlar sulolasi (bu nom shartli ravshda qo`llanib sug`dning oliy
hokimiyatni boshidagi podsholar unvoni ma'nosini bildiradi) tangalar tashkil
qiladi. Ixshit so`zi Sug`d podsholariga nisbatan ishlatilgan haqida ilmiy bahs
yuritilgan adabiyotlar anchagina katta bibliografiyani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |