Ринолалия нутқ бузилиши ва уни коррекциялаш


Rinolaliya nutq nuqsoniga ega bolgan bolalar haqida



Download 2,42 Mb.
bet9/11
Sana26.05.2022
Hajmi2,42 Mb.
#610270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rinolaliyada operatsiyasigacha o\'tkaziladigan pedagogik ishlarning ahamiyati

Rinolaliya nutq nuqsoniga ega bolgan bolalar haqida
Rinolaliya - tovush tembri va talaffuzining Nutq apparatidagi anatomik-fiziologik nuqsonlar bilan bog’liq holdagi buzilishdir. Ma’nodoshlari: dimog` bilan gapirish (eskirgan), palatolaliya.
Tovush tembrining patologik o`zgarishida namoyon bo`ladi. Bu xolat chiqarilayotgan nafas oqimining barcha nutq so`zlarini talaffuz qilish paytida burun bo`shlig’iga utishi va unda aks-sado berishi oqibatidir. Rinolaliya paytida bundan tashkari barcha nutq tovushlarining (dislaliya xolatidagi kabi alohida tovushlarni emas), buzib talaffuz etilishi kuzatiladi. Bunday nuqsonda prosodik buzilishlar ham tez-tez uchrab turadi, rinolaliya paytidagi nutq kam tushunarsiz (noaniq), bir oxangli bo`ladi.

Rinolaliya - bu artikulyatsion apparat a'zolarida tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlarning bo‘lishi yoki artikulyatsion apparat a'zolarida burun, burun halqum sohasida falajlanishlarning kuzatilishi, burun suyagining qiyshayishi, burun sohasidagi turli xil o‘simtalar, odenoidlar, poliplar bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsonlari hisoblanadi.




2.2. Loy va plastasmassa materiali bilan ishlashda rinolaliya nutq nuqsoniga ega bolgan bolalarda barmoqlar harakatchanligi rivojlanishning ahamiyati


Shu bilan birga bola loy va plastilinning turli xossalarini anglab yetadi, hajmli shakl, predmetning tuzilishi hamda nisbatlari bilan tanishadi, qo‘llari aniq harakatlantirish ko‘zi bilan to‘g’ri mo‘ljal olishni o‘rganadi, unda konstruktiv qobiliyatlar shakllanib boradi. Agar faoliyatning bu turi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa,
loy va plastilindan turli o‘yinchoq1ar yasash bolalarning sevimli mashg’ulotiga aylanib qolishi mumkin. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida tarbiyachilar oldiga: bolalar ijodkorligini rivojlantirish, ularda tasviriy hamda texnik ko‘nikmalar hosil qilish, mazkur faoliyat turiga qiziqish uyg‘otish vazifalari qo‘yiladi. Bolalar bog’chasidagi ta’lim tizimi bolalarni maktabga tayyorlashmaqsadini ko‘zlagan holda tashkil e
t iladi.


Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash ham rasm chizish kabi estetik tarbiya tizimida muayyan o‘rin tutadi hamda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Tasviriy faoliyatning har bir turi bolalarda aqliy faollikni, ijodkorlikni, badiiy didni va boshqa fazilatlarni tarbiyalash imkonini beradi. Bunday fazilatlarsiz ijtimoiy faol shaxsning dastlabki asoslarini shakllantirib bo‘lmaydi.
Loydan va plastilindan o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida mazkur fazilatlarning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Chunonchi har qanday predmetning hajmi bor va bola uni har tomondan ko‘rib idrok etadi. Predmetni idrok etish asosida bog’cha bolasining ongida obraz shakllanadi. U o‘yinchoqlar yasashda o‘zining real voqelikdan olgan bilimlariga suyanadi, bola rasm chizishdagi yoki applikatsiyalar yasashdagi kabi predmetning bir tomonini emas, balki barcha tomonini aks ettiradi. Chunki unga endi tasviriy faoliyatning boshqa turlarida zarur bo‘ladigan shartli ifodalash usulidan foydalanishga to‘g‘rikelmaydi. Bundan tashqari, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash rasm chizish, applikatsiya ishlashga qaraganda ikki qo‘l bilan siypalab tabiiy sezishni ko‘proq rivojlantiradi va takomillashtiradi. Qo‘llarning faol harakati esa shaklni aniqroq chiqarishga olib keladi. Shu tufayli bolalar tasvirlash usullarini tezroqo‘zlashtirib oladilar va kattalar ko‘rsatmasisiz mustaqil ishlay boshlaydilar, bu esa o‘z navbatida bolalar ijodkorligining tez rivojlanishiga olib keladi. Tasvirlash usullarini bolalar tez o‘zlashtirishi ularga applikatsiya yoki rasm chizishga qaraganda ertaroq ikki-uch figuradan iborat syujetli o‘yinchoqlaryasash imkonini yaratadi. Chunonchi, rasmga yirik rejadagi predmet varaqning pastki qismida hamda kattaroq qilib tasvirlanadi. Loy yoki plastilindan yasalgan figuralar esa real mavjud fazoda taxtacha yoki loy supacha ustiga joylashtiriladi. Faoliyatning barcha turlari bolani tasviriy ifodaning yangi usullariniizlashga mustaqil yondashishni shakllantiradi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida bolalarga kerakli narsalarni o‘rgatishda yangilikni izlash qobiliyati yaxshiroq rivojlanadi. Chunki bunda shakllarni bevosita barmoqlar, yog‘och qalam bilan to‘g‘rilash, botiq joylariga loy yopishtirish yohud shaklgahalal berayotgan ortiqcha loylarni sidirib tashlash bilan xatolarni tuzatib boorish imkoni bo‘ladi. Bunda bola shaklni bir necha marta qayta yasab ko‘rishi mumkin. Rasm yoki applikatsiyada bunday qilib bo‘lmaydi.


Tasviriy faoliyatning har xil turlari bolaning badiiy didini shakllantiradi.Agar rasm va applikatsiya chiziqlarning aniqligi hamda ranglarning yorqinligi orqali bolalarni estetik tarbiyalashga ta’sir ko‘rsatsa, o’yinchoqlar yasashda predmetning hajmli shakli, yumshoqligi va ritmi birinchi o‘ringa chiqadi. Mana shu uchta komponentning barchasi real fazoda mavjud bo‘lib, bolada predmetlar plastik shaklining go‘zalligini, qismlarining nisbatlarini tez idrok etish va bilib olish ko‘nikmasini shakllantiradi, ularda tevarak-atrofdagi voqelikka diqqate’tibor va qiziqishni rivojlantiradi.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash faoliyatning bir turi sifatida rasm chizish yoki applikatsiya tuzishga qaraganda bolalarni fazoda mo‘ljal olishga, qator matematik tushunchalarni o‘zlashtirishga tezroq o‘rgatadi. Chunonchi, kichik guruhda bolalar to‘siq uchun ustunchalar yasashadi, bola ularni bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yadi, qator qilib teradi, ulardan uycha atrofiga devor yasaydi, nechta ustuncha yasaganini sanab chiqadi va hokazo. Katta yoshli bog‘cha bolalari odam figurasini yasashda uning a’zolarini qayerga
biriktirish to‘g‘risida o‘ylaydilar. Bunda ular figura qismlarini bir-biri bilan va butun figura bilan bevosita solishtirib, taqqoslab ko‘radilar, ularning kattakichikligini, o‘lchamlarini (uzunligini, qalinligini) aniqlaydilar. Xolbuki, rasm chizilgan vaqtda bu ishlarni faqat ko‘z bilan chamalab amalga oshirish mumkin.Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning yana bir xususiyati uning turli o‘yinlar bilan uzviy bog‘liqligidir. Bajarilgan figuraning hajmliligi bolalarni shu o‘yinchoq yordamida turli o‘yin harakatlariga rag‘batlantiradi.
Kichkintoylar o‘zlari yasagan buyumlarni mashgulot jarayonidayoq darhol is ga solib turli o‘yinlarni boshlab yuboradilar. Bolalar yoshiga xos bu xususiyat anchagina mavzularni o‘yin bilan bog‘lab o‘tkazish imkonini beradi. Masalan, bolalar loy va plastilindan idish-tovoqlar va o‘z qo‘g‘irchoqlari uchun nozu
ne’matlar, kosmodrom, hayvoyat bog‘i, xokkey va boshqa o‘yinlar uchun kichkina figuralar yasashlari mumkin. Mashg‘ulotlarni o‘yin shaklida tashkil etish bolalarning loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashga qiziqishini oshiradi, kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotga kirishish imkoniyatini kengaytiradi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatini mashg‘ulotda foydalaniladigan materiallar belgilaydi. Guash bilan bo‘yalgan (suyultirilgan) loy mufel pechida pishirishga moslashtirilgan bo‘ladi. Bolalar yasagan o‘yinchoqlarni shu pechda pishirib olinsa, u xuddi humdonda pishgandek haqiqiy sopol o‘yinchoqqa aylanadi. Buning natijasida bolalar idish va boshqa sopol buyumlar yasash usullarini bilib oladilar, bu esa ularning tevarak-atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida bolalarda mehnat malakalari va yeng shimarib ishlash, ish o‘rnini ozoda va tartibli saqlash, aylanadigan doirali dastgohdan foydalanish odatlari hamda predmetni hamma tomoniga ishlov berish zarurligi haqidagi tushuncha hosil bo‘ladi. Loy va plastilindan syujetli o‘yinchoqlar yasash, bog‘chaning faqat katta va tayyorlov guruhlarida amalga oshiriladi.
Chunki bola predmetlar to‘g’risida ko‘p narsalarni bilishi hamda tasvirlashning turli usullaridan foydalana olishi kerak.
Oldingi guruhlarda bolalar faqat syujetli o‘yinchoqlar yasashga tayyorlanadilar hamda kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallab boradilar.
Dekorativ o‘yinchoqlar yasash. Bolalarga estetik tarbiya berish vositalaridan biri bolalarni xalq amaliy san’ati, uning har xil turlari, shu jumladan, xalq ustalarining mayda dekorativ plastikasi bilan tanishtirishdir.
Qo‘g‘irchoq, hayvon, qushlarni ifodalaydigan chiroyli umumlashgan shakllar bolalarni quvontiradi va ularning badiiy didi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, tasavvur va fantaziyasini kengaytiradi. Turli xalqlarning kulollari yaratgan chiroyli idishlar bolalarga juda yoqadi. Bolalar oddiy, ba’zan g‘alati
shakldagi krujkalarni, tuzdonlarni, gultuvak vazalarini maroq bilan tomosha qiladilar.Katta guruhdagi bolalar xalq ustalarining mayda dekorativ plastikalarini ko‘rib o‘yinlar, xonani bezatish va sovg’a uchun qiziqarli buyumlar yasashlari mumkin.


Ular qo‘g‘irchoqlar uchun munchoq va taqinchoqlarni juda yaxshilab va maroq bilan yasaydilar, dekorativ idishlar: tuzdonlar, tuxumlar uchun tagliklar va bahorgi gullar uchun kichkina vazalar, stakanlar va qalamlar uchun patnislar yasashni bajaradilar. Bu buyumlar barg, gul, hayvonlar shaklida bo‘lishi va ularni guash yoki guash bilan bezash mumkin. Qanotlari va dumi
chiroyli bezalgan dekorativ qushlarni ham o’yinchoq yasashning mana shu turiga kiritish kerak.Dekorativ o‘yinchoq yasash bolalarga avval mavzuni o‘ylashni, eskizlarni rasm holida tayyorlab olishni, predmetning shakli va bezaklarini shartli hal qilishni o‘rgatish imkonini beradi. Masalan, tuzdon gul shaklida, qush yoki qo‘ng’iz qanotlari turli dekorativ elementlarni: geometrik shakllar (doira, kvadrat, romb, uchburchak va hokazolar)ni, o‘simlik shakllari (ho‘l meva, barg, o‘t, gul va boshqalar)ni o‘z ichiga olgan ornament qilib bezatilishi mumkin.
Bolalarga dekorativ plastinka va boshqa devor bezaklarini ornament bilan chiroyli qilishni tavsiya etish foydalidir.
Dekorativ plastinkani ishlash orqali bolalar asboblardan foydalanishni, o‘yinchoq yasashning har xil usullarini, eng muhimi bo‘shliqni chiroyli dekoratsiyalar bilan to‘ldirishni o‘rganadilar. Ba’zi elementlarni naycha, kvadrat, uchburchak va boshqa shakldagi maxsus qalam bilan bajarish mumkin.
Mixlar va turli shakldagi qalpoqchali vintlardan shunday asbob sifatida foydalansa bo‘ladi. Loydan yasalgan plastinkaga uchli yog‘och qalamlar bilan naqsh chiziladi. Keyin uni guash bilan bo‘yaladi yoki dekorativ o‘yinchoq yasashning eng murakkab turi — relyef tushiriladi. Bunda plastinkaga rasm chiziladi, keyin rasm bo‘ylab ornamentlar o‘yiladi. Ular plastinkaning umumiy sirtidan biroz bo‘rtib turadi. Bu ish qo‘l barmoqlaridagi mayda muskullarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bolani barmoqlar; uchi bilan ishlashga o‘rgatadi, qo‘l barmoqlarining bukiluvchan va shakllarni yaxshiroq sezadigan qiladi.
Odatda bolalar bog‘chasida o‘yinchoqlar uchun loy va plastilindan foydalaniladi.Bolaga o‘yinchoqlar yasashni o‘rgatishda loy asosiy material bo‘lishi kerak. Chunki u plastik, bir tusli, chiroyli material sifatida bolaga predmetlar shaklining yaxlitligini tushunish imkonini beradi. Bola loyning bitta zuvalasidan juda ko‘p o‘yinchoqlar va bir necha o‘yinchoqlardan iborat kompozitsiyalar tayyorlashi mumkinki, bu ishni plastilin bilan bajarib bo‘lmaydi. Loy plastilinga qaraganda yana bir afzallikka ega; loydan yasalgan buyumlarga keyin mufel pechida yana ishlov berish yoki yaxshi quritilgandan so‘ng guashga tuxum sarig‘ini qo‘shib bo‘yash mumkin.
O‘yinchoqlar yasashda plastilindan foydalanish odatda kichik shakllarni rangli qismlar bilan ifodalashga olib keladi. Bu doimo maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi, u shaklni yaxlit idrok etishga xalal beradi. Chunki, tarbiyachi bolaga qiziqarli o‘yinchoqlar turkumini yasash uchun yetarli bir rangli kata plastilinni berish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bundan tashqari, u rangli material, rang esa qo‘shimcha tasviriy vosita sifatida ko‘pincha bolani asosiy narsa - shaklni tasvirlashdan chalg‘itadi. Bularning hammasi maktabgacha ta’im
muassasasi dasturining muhim vazifasini bajarishni - bolalarga predmetlarning asosiy shaklini ko‘rish va yaratishni o‘rgatish ishini qiyinlashtiradi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, 2-4 yoshli bolalar uchun mashg‘ulot oldidan bu material biroz isitilsa-da, ishlov berish qiyinlik qiladi.
Plastilindan 5-7 yoshli bolalar bilan ishlashda foydalanish yaxshi natija beradi, chunki ularning qo‘llaridagi mayda muskullar yetarli darajada rivojlangan, ularda predmetning kichik detallarini ifodalash: figuralarning kiyimlarini, syujetli o‘yinchoqlardagi o‘simliklar shaklini bezash istagi bo‘ladi. Biroq katta guruhda ham plastilindanayrim mashg‘ulotlardagina foydalanish lozim. Shunday qilib, loy - bolalar bilan olib borilaigan ishlarda asosiy materialdir. Xo‘sh, o‘yinchoqlar yasash mashg’ulotlari uchun loyni qayerdan olish kerak?Loyni bevosita yerning o‘zidan olish mumkin. Soz tuproqli, balchiq loy, daryo va ariqqa yaqin joylarda tayyor holda uchraydi. Shuning uchun loyni yozda bolalar bog‘chasi bog‘ hovliga ko‘chib borgan paytda qidirish kerak. Ko‘p tarbiyachilar loy topolmay qiynaladilar. Loyni tayyorlashdan cho‘chiydilar. Aslida bu unchalik qiyin ish emas. Bir marta yaxshi loy qorib qo‘yilsa, u butun yil davomida ishlatishga yarayveradi.Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash o‘z xarakteriga ko‘ra bir tomondan, rivojlangan sezgi va idrokni talab qilsa, ikkinchi tomondan uning o‘zisezgi va idrokni rivojlantiradi. Real olamdagi predmetlarni bilishda ko‘rish yetakchi hisoblanadi. Lekin bolalarda obrazlar shakllanishining dastlabki bosqichlarida sezish ko‘rish uchun tayanch bo‘ladi. I.M.Sechenov ta’kidlaganidek, qo‘llar predmetning shaklini ko‘zga nisbatan boshqacharoq vato‘liqroq aniqlaydi, chunki biz qo‘llarimiz kaftini predmetning doimo ko‘zdan ozroq yoki ko‘proq yashirin yon sirtlariga va mutlaqo ko‘z ilg‘amas orqa tomoni sirtiga qo‘yishimiz mumkin. Loy yoki plastilin o‘yinchoq yasayotgan bola jismlarning moddiy xossalarini — ularning shakli, qattiqligi kabilarini ifodalashi kerak. Lekin u bu ishni o‘z tajribasida sezish alomatlari bo‘lsagina bajara oladi. Chunki predmetning ana shu sifatlarini ko‘rib aks ettirish sezib aks ettirishdan farqli ravishda bilvosita amalga oshadi. Kishida buyumlarning mexanik sifatlari haqidagi mufassal ko‘ruv tasavvuri predmetni ko‘rish va qo‘l bilan paypaslash ko‘p marta takrorlanishi natijasida vujudga keladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar predmetni tasavvur qilishlari uchun uning ayrim umumiy belgilari kifoyadir.


Predmet bilan uni ushlab tanishishda ko‘pincha
predmetning bola ushlab yoki uning qo‘li tegib turgan qismlari bilan cheklaniladi. Bunday passiv sezish bolaga predmetning ba’zi xossalari haqidagina ma’lumotlar beradi va ular yaxlit obrazga birikmaydi. Lekin bu predmetni tasvirlash uchun kamlik qiladi: bola predmetni uning xossalari va sifatlari bilan birgalikda tasavvur etishi kerak. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayoni predmetning hajmi xossalarini nozik analiz va sintez qilishni taqozo etadi. Bola buni mustaqil ravishda egallay olmaydi. Bu ishda kattalar unga yordam berishlari kerak. Ular bolaga predmetni faol ko‘zdan kechirishning umumlashtirilgan tizimini o‘rgatadilar. Loy yoki plastilindan o‘yinchoq yasashga kirishishdan oldin predmetni faol ko‘zdan kechirish — bolalarning hissiy tajribasini tashkil etishning pedagogic usulidir. Bu tizimni shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin.Nutq insonning tug'ma qobiliyati emas, bolaning rivojlanishi bilan birga asta-sekin shakllanadi.Bolaning nutqini normal shakllantirish uchun miya yarim korteksining ma'lum bir etuklikka erishishi va hislar – eshitish, ko'rish, hidlash, teginish etarli darajada rivojlangan bo'lishi kerak. Nutqni shakllantirish uchun recheluchovogo va nutq analizatorlarining rivojlanishi ayniqsa muhimdir. Nutqni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan bolaning psixofizik salomatligi-uning yuqori asabiy faoliyati, yuqori aqliy jarayonlari ( diqqat, xotira, tasavvur, fikrlash) va uning jismoniy (somatik) holati.Nutq hududlarida korteksning qatlamlarga bo'linishi va asab hujayralarining pishishi asosan bolaning ikki yillik yoshiga to'g'ri keladi, ammo korteksning nozik tuzilishi ko'p yillar davomida yaxshilanadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida insonning barcha faoliyati yuqori asabiy faoliyatga bog'liq bo'lib, Markaziy asab substratlarining anatomik pishib yetishi, ularning miyelinatsiyasi va muvofiqlashtirilgan darajalarni ishlab chiqish va tashkil etish sifatida tavsiflanadi.Markaziy asab substratlarining anatomik pishishi (eng yangi vosita organlari – piramidal vosita tizimi va uning ustida joylashgan yarim sharning old tizimlari) 2-2,5 yil bilan tugaydi.Shunday qilib, ontogenezdagi vosita ko'nikmalarini rivojlantirishning mohiyati biologik jihatdan shartli morfologik substratlarning pishib etishiga emas, balki bu substratlarga asoslangan va ularning shaxsiy tajribasi yordamida to'planishdir.
Hayot davomida shaxs ushbu psixomotor tajribani to'ldirish, yangi ko'nikmalar, ko'nikmalar va muvofiqlashtirilgan kombinatsiyalarga ega bo'lishni davom ettirmoqda.

Hayotning birinchi yarmiga qadar bola avtomatik va himoya tabiatning ommaviy ajratilmagan harakatlariga ega. 5-6 oylik davrda chaqaloqning harakatlanish qobiliyatida burilish nuqtasi paydo bo'ladi: sinkineziyadan sinergiyaga o'tish (sinkineziya – semantik aloqadan mahrum bo'lgan bir vaqtning o'zida harakatlar, kattalarda har doim patologik; sinergiya – harakatning Hamdo'stligi yoki ularning tarkibiy qismlari muayyan vosita vazifasini birgalikda hal etishga qaratilgan). Etti oyga kelib, bola bir pozitsiya oladi.Yilning ikkinchi yarmi yurish va chopishga tayyorgarlik davri. Dinamik to'lqinlarning to'liq to'plami faqat besh yil bilan to'ldiriladi. Ikki yoshli bolalar ko'proq taassurot qoldiradilar va uch yildan etti yoshgacha bo'lgan bolalar o'zlarining harakatchanligi, inoyati va motor boyligi bilan ajralib turadilar, bu esa o'z navbatida mazmunli, tasviriy va kundalik vosita ko'nikmalarida namoyon bo'ladi. Kortikal mexanizmlarning kam rivojlanganligi sababli, bu yoshdagi bolalar aniq harakatlarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelishadi.Etti va to'qqiz yillar oralig'ida, vosita mexanizmlarining yakuniy anatomik rivojlanishi tufayli bolalarda harakatlarni muvofiqlashtirish yaxshilanadi va harakatlarning dinamik stereotiplari tezroq ishlab chiqariladi va mustahkamlanadi. O'n bir yoshga kelib, harakatlarning boyligi biroz kamayadi, ammo kichik, nozik harakatlar yaxshilanadi.Dvigatel dinamik stereotipning dizayni faqat balog'atga yetganidan keyin tugaydi, ya'ni.Markaziy asab tizimining anatomik shakllanishidan ancha keyin.


Hayot davomida shaxs ushbu psixomotor tajribani to'ldirish, yangi ko'nikmalar, ko'nikmalar va muvofiqlashtirilgan kombinatsiyalarga ega bo'lishni davom ettirmoqda.Nutqning rivojlanishi bolada uch oydan boshlab, yurish davridan boshlanadi. Ovoz apparatlarini tovushlarni talaffuz qilish uchun faol tayyorgarlikning bu bosqichi. Shu bilan birga, nutqni tushunish jarayoni amalga oshiriladi, ya'ni.ta'sirchan nutq shakllanadi. Avvalo, chaqaloq intonatsiyani, so'ngra ob'ektlar va harakatlarni ko'rsatadigan so'zlarni ajrata boshlaydi. To'qqiz oydan o'n oygacha u bir xil juft hecadan (ona, dad) iborat alohida so'zlarni aytadi. Yil davomida lug'at odatda 10-12-ga, ba'zan esa ko'proq so'zlarga (Baba, kisa, mu, be va boshqalar) etib boradi. Bolaning hayotining ikkinchi yilida so'zlar va ovoz kombinatsiyasi nutq aloqasi vositasi bo'lib qoladi, ya'ni. ifodali nutq shakllanadi.Uch yoshida ko'pincha tovushlarning noto'g'ri talaffuzi mavjud. Odatda, bu tovushning vaqtinchalik (fiziologik) buzilishi deb ataladi, buning sababi odatda etarli darajada shakllanmagan, artikulyar vosita mahoratining harakatchanligi. Shu bilan birga, bolalar artikulatsiya apparati organlari tomonidan, ayniqsa, tilda harakat qila olmaydi, natijada ovoz buziladi, noto'g'ri talaffuz qilinadi. Bolalarda nutqning talaffuzining odatda yosh kamchiliklari:
Ovozsiz tovushlar yumshoq tarzda aytiladi (paypoq)
Yumshoq fonlarni qattiq almashtirish (xola-Toth)
Sibilant fonemlarni talaffuz qilmang
"P" ovozini talaffuz qilmang yoki "l", "b", "D" (eshik - dvey, dvel) bilan almashtiring)
Ovozni yumshatish " L "va" D " bilan almashtirish( stul, stul)
Tovushlar "g", "k", "x" yoki yo'q, yoki "t", "D" bilan almashtiriladi»
So'zlarni so'zsiz so'zlar bilan talaffuz qilish qiyin.
Heceler, tovushlarni qayta joylashtirish
Heceler tushishi.
Bolaning nutqi taqlid orqali rivojlanadi, shuning uchun kattalarning aniq, asta-sekin, grammatik va fonetik jihatdan to'g'ri nutqi uning shakllanishida katta rol o'ynaydi. So'zlarni buzmaslik, bolalar nutqini taqlid qilish kerak emas. Bu davrda passiv lug'atni ishlab chiqish kerak ( bolaning hali aytmagan so'zlari, lekin ob'ektlar bilan bog'liq). Asta-sekin chaqaloq faol lug'atni rivojlantiradi (uning nutqida ishlatadigan so'zlar)
Ikki yoshga kelib, bolalardagi faol lug'at 250-300 so'zdan iborat. Shu bilan birga, phrasal nutqni shakllantirish jarayoni boshlanadi. Birinchidan, ular ikki yoki uch so'zdan iborat oddiy iboralar bo'lib, asta-sekin uch yilga murakkablashadi. Faol lug'at 800-1000 so'zga etadi. Nutq bolaga to'liq muloqot vositasi bo'ladi. Besh yoshga kelib, bolalardagi faol lug'at 2500-3000 so'zlarga oshadi. Bu ibora uzayadi va murakkablashadi, talaffuz yaxshilanadi. Nutqning normal rivojlanishi bilan to'rt yildan besh yilgacha bolada tovushning fiziologik buzilishi o'z-o'zidan tuzatiladi. Olti yoshga kelib, bola ona tilining barcha tovushlarini to'g'ri talaffuz qiladi, etarli darajada faol lug'atga ega va deyarli nutqning grammatik tizimini egallaydi.

Taniqli o'qituvchi L. V. Fomin barmoqlarning nozik harakatlarini o'rgatish bolaning faol nutqining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatayotganini o'rganib chiqdi. Barmoq harakatlarining rivojlanishi yoshga (me'yorga) mos keladigan bo'lsa, unda nutqning rivojlanishi ham normal chegaralar ichida, agar barmoqlarning rivojlanishi orqada qolsa, umumiy vosita qobiliyatlari normal va hatto undan yuqori bo'lishi mumkin bo'lsa – da, nutqning rivojlanishi orqada qoladi.


Endi hayotning birinchi yillaridagi bolalar bilan nutqni rivojlantirish darajasini aniqlash uchun bunday tajriba o'tkaziladi: bolani bir barmoq, ikki yoki uch ("buni bajaring" -va buni qanday qilish kerakligini ko'rsating). Barmoqlarning izolyatsiya qilingan harakatlariga ega bo'lgan bolalar yaxshi gapirishadi; agar barmoqlar zich bo'lsa, faqat bir-biriga egilib, aksincha, sekin ("paxta") va izolyatsiya qilingan harakatlar qilmasa, bu bolalar gapirmaydi. Shunday qilib, boladan bitta so'zni eshitmasdan, uning nutqi qanday rivojlanganligini aniqlash mumkin. Barmoqlarning harakati erkin bo'lgunga qadar, nutqning rivojlanishiga erishish mumkin emas.



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish