12. 1- rasm. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan yog‘och materiallarning turlari:
1 - xoda; 2 - plastina; 3 - choraktalik; 4 - o‘tmas qirrali brus; 5 - o‘tkir qirrali brus; 6 - bruschalar; 7 - chetlari qirqilgan qalin taxla; 8 - chetlari qirqilgan yupqa taxta; 9 - chetlari qirqilmagan yupqa taxta; 10- pushtaxta.
Uzunligi bo‘yicha eng kichik ko‘ndalang kesimining diametri 150 mm dan kam bo‘lmagan yog‘och xoda deb yuritiladi. Xodani bo‘ylama o‘qi bo‘ylab arralaganda plastinalar, choraktaliklar hosil bo‘ladi.
Yog‘och materiallari ko‘ndalang kesimi o‘lchamlariga qarab bruslarga (eni va qalinligi 100 mm dan oshadi), bruschalarga (eni qalinligidan ikki barobardan ortiq emas) va taxtalarga (eni qalin- ligidan ikki barobardan ortiq) bo‘linadi. Reyka va plankalar kichik o‘lchamli taxtalaming bir turi hisoblanadi. Qanday ishlov berilga- niga ko‘ra yog‘och materiallar to‘rt tomoni arralangan va qirralari arralanmagan yoki qisman arralangan xillarga bo‘linadi.
Yog‘och buyumlar yoki yog‘och buyumli mashinalar ochiq havoda saqlanganida, ularning namligi ortib, tob tashlashi va chi- rishi mumkin. Chirigan yog‘ochdan foydalanishga ruxsat etilmay- di. Hasharotlar shikastlagan yog‘ochdan ham foydalanish mumkin emas, chunki ularning mustahkamligi keskin pasaygan bo‘ladi. Yog‘ochning chirishi va hasharotlar shikastlashining oldini olish uchun ko‘pincha yog‘och detallar lok-bo‘yoq bilan qoplanadi. Ko‘pincha yog‘och buyumlarga chirishning oldini oluvchi maxsus tarkiblar -antiseptiklar (rux xlorid, ftorli natriy aralashmasi) shim- diriladi.
Yog‘ochning o‘tga chidamliligini oshirish uchun unga maxsus tarkiblar shimdiriladi yoki o‘tdan himoya qiluvchi bo'yoqlar bilan bo'yaladi. Bu moddalar qiziganida yog'och sirtida havo kirishi- ga to'sqinlik qiluvchi parda hosil qiladi. Bunday ishlov berilgan yog'ochlar olov ta’sirida faqat tutaydi, olov manbayi uzoqlashtiri- lishi bilan, tezda o'chib qoladi. Bu qoplamalaryog'ochga uzil-kesil ishlov berilganidan so‘ng surtiladi.
Qayin, olxa, eman, qoraqayin va ba’zi boshqa yog'ochlardan shpon - qalinligi 0,5-1,5 mm li keng silliq payraha tayyorlanadi; shpon aylanayotgan yog'och boMagidan qirqib olinadi. Shpondan faner, yog'och qatlamli plastiklar, yelimlab yopishtirilgan egik detallar tayyorlanadi; eman, qoraqayin, yong'oq daraxtlaridan tayyor- langan shponlar qimmatbaho daraxt ko‘rinishida qoplama hosil qilish uchun ishlatiladi; olxa va kedrdan olingan shpondan avtomobillar akkumulatorlari batareyasining separatori tayyorlanadi.
Yog‘och tolalarini o‘zaro perpendikular joylashtirgan holda uch va undan ortiq shpon qatlamlarini yelimlab yopishtirish yo‘li bilan fanerlar olinadi; ular 1,5-15 mm qalinlikda, 725-1525 mm keng- likda va 1220-2440 mm uzunlikda ishlab chiqariladi. Fanerlarning turli markalari bir-biridan ularda ishlatilgan yelim xili bilan farq qiladi: ФСФ - suvga chidamliligi yuqori bo‘lgan, fenolformaldegid yelim vositasida tayyorlangan; ФК - suvga chidamliligi o‘r- tacha bo‘lgan karbamid yelimi bilan tayyorlangan. Oqsil (kazein) yelim bilan tayyorlangan ФБА fanerining suvga chidamliligi past bo‘ladi.
Qayindan tayyorlangan shponlami fenol smolalar yoki krezol- formaldegid smolalar yordamida yelimlab yopishtirish yo‘li bilan bakelitlangan ФБС faneri olinadi. Uning suvga chidamliligi yuqori. Undan mexanik usulda biriktiriladigan, shuningdek, sovuqlayin yelimlab yopishtiriladigan konstruksiyalarda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |