4–LABORATORIYA ISHI
REZERVLASH PROTOKOLLARI - STP, RSTP VA
AGREGATSIYALASH PROTOKOLLARI - LACP, PAGP NI SOZLASH
Ishdan maqsad
Kanal pog’onasi protokollari:
–
STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari;
–
LACP, PAGP аgregatsiyalash protokollarining
sozlash va ishlash
tamoyillari bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish.
Topshiriq:
1. STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari bo`yicha topshiriq:
–
SW1, SW2 va SW3 kommutatorlar interfeyslarining 4.1-rasmda
ko`rsatilgandek sozlang va tekshiring.
–
STP protokoli bo`yicha root switch va root secondary kommutatorlarni
sozlang va tekshiring.
–
Har bir kommutatorni ildiz kommutator (root) qilib, kadrning harakat
yo`nalishlarini o`zgartiring.
–
Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling.
4.1 - rasm. STP protokoli asosida tuzilgan tarmoq topologiyasi
2. LACP, PAGP аgregatsiyalash protokollarining sozlash va ishlash
tamoyillari bo`yicha topshiriq
S1, S2 kommutatorlarning interfeyslarini rasmda ko`rsatilgandek sozlang
va tekshiring
LACP
yoki
PAgP
protokollari
yordamida
kanal
agregatsiya
konfiguratsiyalarini amalga oshiring
Har bir kommutatorda yozilgan buyruqlarning vazifalarini o`rganing.
1 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot
STP protokoli OSI modelining kanal pog`onasi protokoli bo`lib, IEEE
802.1d standartida asosida tavsiflangan. STP protokoli 1985 yilda Radia Perlman
tomonidan ishlab chiqilgan. Protokolning quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud:
PVSP+, RSTP, MSTP, SPM.
STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog`idagi
ixtiyoriy
topologiyada bir-biriga bog`langan bir nechta kommutatorlar o`rtasidagi kanalda
pet (petel) hosil bo`lishini oldini olishga qaratilgan. STP protokoli tarmoqda
kommutatorlar bir-biri bilan bog`lanishlarning mantiqiy
daraxtini yaratishga
asoslangan. Daraxtning yuqori qismida ildiz kommutator (Root switch) va undan
keyingi filial (otvetvleniya), ya’ni ildiz bo`lmagan kommutatorlar joylashadi.
Kommutatorlar bir-biri bilan bog`langan holatda, asosiy magistral kanalni ishlatib,
boshqa kanallarni fizik jihatdan bog`lab, lekin mantiqiy jihatdan avtomatik bloklab
qo`yish imkoniyatini beradi (4.2-rasm). Daraxtni qurish jarayoni quyidagi
bosqichlardan iborat:
Ildiz kommutatorni tanlash (root switch);
Ildiz portlarni tanlash (root port);
Belgilangan portlarni tanlash (designated port).
4.2-rasm. STP
protokolidagi port turlari
Tarmoqda asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni tanlashda kommutatorlarning
eng kichik imtiyoz (prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati asosida tanlanadi. Bu
yerda ID qiymati kommutatorning MAC manzili anglatadi, ya’ni
eng kichik
qiymati tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi. Kommutatorlar har 2 soniyada
bir-biriga Hello BPDU kadrlarni jo`natib qaysi biri ildiz kommutatorligini belgilab
olishadi.
Qo`shnilardan olingan kadrlarning imtiyoz va ID identifikator
qiymatlarini taqqoslanadi va ularning qiymatlari yuqoriroq bo`lsa,
u ildiz
lavozimiga da’vo qilishni to`xtatadi va g`olibga Hello BPDU xabarini tarqatishni
boshlaydi. Shuni bilishimiz kerakki, imtiyozlar taqqoslanganda ular teng qiymat
bo`lib qolsa, u holda ularning ID taqqoslash orqali ildiz kommutator tanlanadi.
Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s
standartida
tavsiflangan va keyinchalik IEEE 802.1Q-2003 bilan qo`shimchalar kiritilgan.
MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini qo`llab-quvvatlash maqsadida
IEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko`rinishi. U tarmoqni tezroq
ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda yuklamani balanslash imkoniyatini
ta’minlaydi. 802.1s MSTP standartiga qo`shimcha 802.1Q standartida qo`shimcha
kiritilgan.