Mavzu: Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar
Reja:
Kirish______________________________________________________4
Asosiy qism_________________________________________________7
1. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqish, qabul qilish va foydalanish imkoniyatlari____________________________7
2. “Rezervlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar”ning mazmuni va ishlatilishi______________________________________________12
3. O’zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga o’tish bo’yicha qilinayotgan chora tadbirlar___________________________29
Xulosa____________________________________________________32
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati_____________________________34
Foydalanilgan internet saytlari ro’yhati_________________________34
Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan, 2015-2018 yillarda barcha aktsiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va Xalqaro audit standartlari hamda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tashqi auditni o’tkazishi va aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi 2015 yilning 1iyuliga qadar aktsiyadorlik jamiyatlarining yillik moliyaviy hisobotini xalqaro standartlarga muvofiq nashr etish jadvalini tasdiqlanishi lozimligi belgilandi
Prezidentimizning PQ-4611-sonli 24.02.2020-yilda qabul qilingan qarori ham Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha bir turtki bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Unda quyidagi bandlar keltirib o’tilgan;
Belgilansinki, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:
2021-yil 1-yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi, qonun hujjatlarida MHXSga o‘tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno;
2021-yil yakuniga qadar buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan (keyingi o‘rinlarda — xalqaro buxgalter sertifikati) biriga ega kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020-yildan boshlab, ushbu bandda ko‘rsatilmagan davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o‘tish jadvali har yili tasdiqlanishi va 1-iyunga qadar rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlasin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlik subyektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilansin va unga quyidagi funksiyalar yuklansin.
Quyidagilar ustuvor vazifalar etib belgilab olindi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda MHXSning joriy etilishini, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlar MHXS asosida o‘z vaqtida e’lon qilinishini monitoring qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)[OKOZ:1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha jahonning muvaffaqiyatli tajribalarini ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarini (keyingi o‘rinlarda — akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari) hamda sohaga oid oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar (Sertifikatlangan diplomli buxgaltyerlar xalqaro assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants — ASSA) va boshqalar) bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish;
rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasi asosida o‘quv jarayonining sifatini, imtihonlarni o‘tkazish va natijalarini baholashning shaffofligini ta’minlovchi MHXS bo‘yicha sertifikatlashning samarali tizimini joriy etish, shuningdek, MHXS sohasida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida o‘qitish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashish;
buxgalteriya hisobining milliy standartlarini MHXSga muvofiq uyg‘unlashtirish.