Loyiha
UMUMTAʼLIM MAKTABLARI 9- SINF OʻQUVCHILARINING ONA TILI FANIDAN
REYTING TOPSHIRIQLARI SPETSIFIKATSIYASI
Mazkur reyting topshiriqlari spetsifikatsiyasining maqsadi 9 - sinf
oʻquvchilarining ona tili fanidan bilim darajasini aniqlash uchun qoʻllaniladigan
topshiriqlar strukturasi va unga qoʻyiladigan talablarni belgilashdan iborat.
Mazkur hujjatga aprobatsiyalar natijasida
qoʻshimchalar, oʻzgartirishlar va
tuzatishlar
kiritilishi mumkin.
I.
9- sinf oʻquvchilarining ona tili fanidan bilimlarini baholash
tartibi
Ona tili fanidan 9-sinf oʻquvchilariga moʻljallangan topshiriqlar
oʻquvchilarning imloviy savodxonligi hamda kreativ fikrlash darajasini aniqlash,
olgan bilimlarini tahlil qilish, ular egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va
kompetensiyalarni baholashga qaratilgan.