INVR.SPACYe GMBH
VRdagi Vakken og’ir rok festivali, shouyulduz Fridrix Lixtenshteyn ishtirokidagi virtual installyasiya, Berlindagi Siyosiy Go’zallik Markazining „Qochoqlarni yeyish“ nomli 360-darajali san’at loyihasi – bu kabi interfaol videolar, har xil turdagi VR hamda 360-darajadagi tasvirlar Berlinda joylashgan INVR.SPACYe firmasi tomonidan ishlab chiqariladi. Yulia Lib kabi virtual reallik jurnalistlari, shuningdek, nashriyot va film studiyalari INVR.SPACYe yordamida o’z loyihalarini amalga oshiradilar. Yangicha, qamrab oluvchi kamera technologiyalari va dronlar vositasida amalga oshirilgan loyihalari uchun ushbu firma 2018 yilda Germaniya Dizayn mukofoti bilan taqdirlandi.
FRANK S’HTAYNIKKE
2014 yilda 24 soat davomida butunlay virtual olamga sho’ng’igan Frank Shtaynikke jahon rekordi o’rnatishga urinib ko’rdi. Ushbu tajribadan so’ng u ko’ngil aynishidan aziyat chekdi. Shu qadar qattiq toliqqanidan, baayni samolyotda olis safar qilgandek bo’ldi, xabar beradi Hamburg Universiteti Odam va Kompyuter muloqoti yo’nalishi professori „Süddeusche Zeitung“ gazetasiga bergan intervyusida. Frank Shtaynikke Germaniyada VRni, kompyuterlar orqali yaratilgan realliklarda insonlarning sezish qobiliyatini tadqiq qilish bo’yicha yetakchi olimlardan biri. Yaqin vaqt ichida jismoniy va virtual dunyolar orasidagi chegara barham topishiga Shtaynikkening ishonchi komil.
YeGBERT VAN WYNGAARDEN
O’z mazmun-mohiyatiga yega bo’lmagan texnologiya bir tiyinga qimmat. Myunxendagi Makromediya Oliy Maktabi senariy va ijodiy yozish yo’nalishi professori va sohalararo tizim hisoblanmish „Transmedia Bayern“ning asoschisi Yegbert van Wyngaarden ayni shu yo’nalishda ijod qiladi. Van Wyngaarden qamrab oluvchi hikoyanavislik va VR imkoniyatlarini o’rganadi. Masalan, o’yin va filmlarning o’zaro birlashib ketishi mumkinligi ustidan tadqiqot olib boradi.
FRAUNHOFER VIRTUAL REALITY SOLUTION CYeNTER
Gap sun’iy yaratilgan olam haqida ketganda, maxsus uskunalar va qurilish texnologiyalarini yaratuvchi Frauyenhofer Instituti qoshidagi VR Yechimlar Markazini( Virtual Reality Solution Cyenter des Fraunhofer-Institus) tilga olish shart: markaz sanoat ishlab chiqarish jarayonlari, aytaylik, avtomobil sanoati uchun 3D uskunalaridan tashqari, vizualizasiya usullari va tezkor prototiplash usullarini yaratadi. Ular dastgohlarning dizaynini to’laligicha virtual reallikda yaratib, keyin ishlab chiqaradigan yechimlar ustida ish olib boradi.
Xulosa
hozirgi kunda virtual reallik ommalashib taraqqiy yetayotgani hamda SonyPlaystation VR, HTC Vive va Valve gadjetlari hozirda Oculus Rift garniturasining kompyuter o’yinlari sohasidagi yeng asosiy raqiblari hisoblanadi.Ularning orasida HTC Vive boshqa garnituralarga qaraganda ancha qimmatroq narxda sotiladi. Mazkur sohada virtual reallik imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkin. Ayni paytda ushbu segmentni ommalashtirish maqsadida HTC Xitoyda o’nlab VR kafelarni ishga tushirmoqda. Shuningdek, virtual reallik innovasiyalaridan tibbiyot va ta’lim yo’nalishlarida ham samarali foydalansa bo’ladi. Prognozlarga qaraganda, virtual reallikka mo’ljallangan tibbiyot uskunalari bozorining hajmi 2025 yilga borib 5,1 mlrd dollarga teng bo’larkan. Bunday qurilmalar bemorni masofadan turib davolash, tekshirish, tashxis qo’yishga yordam beradi. Shu bilan birga o’ta murakkab jarrohlik amaliyotlari o’tkazishga zamin yaratadi. Ta’limda ushbu innovasiyalardan aniq va tabiiy fanlar yo’nalishlarida foydalanish mumkin. Kompyuterlarni qo’llashdagi yangidan-yangi imkoniyatlarni aniqlash va ularni izchillik bilan amaliyotga tatbiq yetib borish — ta’lim jarayonlarini taraqqiy yettirishning zamonaviy bosqichidagi muhim omillaridan biri hisob-lanadi. O’z navbatida, kompyuter texnologiyalarining jadal taraqqiy yetib borishi — ularni ta’lim jarayonlarida keng qo’llanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda. Inson faoliyatining barcha jabhalari, jumladan, ta’lim tizimida internetni jamiyatni taraqqiy yettirishning yetakchi omillaridan biri sifatida joriy yetish, bilim oluvchilarning borliqni virtual vositalar asosida idrok yeta olish ko’nikmalarini shakllantirish bilan bog’liq masalalarning izchil hal yetilishi dolzarb muammolardan bo’lib hisoblanadi. Ayniqsa, bu borada virtual reallikka asosgan ta’limiy resurslarni yaratish muammosi tadqiqotchilarda alohida qiziqish uyg’otmoqda.
Kompyuter va informasion texnologiyalardagi Virtual reallik — bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti bo’lib, u atrof-muhitning odatiy usuldagi tasavvurini — turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish — boshqa texnik vositalar yordamida erishib bo’lmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |