Bo’sh joylarni berilgan kerakli so’zlar bilan to’ldiring.
Inson Psixologiyasi va Iqtisodiyot (Veblen, Snoba va Bandvagon samaralari)
Iqtisodiyotda iste’molchining xohishi va avfzal ko’rishi bilan bog’liq bo’lgan qiziqarli samara turlari ajratib ko’rsatiladi. Bular Veblen, Snoba va Bendvagon samaralaridir.
Veblen samarasi tovarning narxi ….ligi tufayli iste’molchi talabining oshishi bilan bog’liq samarani aks ettiradi. Veblen obro’-e’tibor ketidan quvib unutilmas taassurot qoldirish maqsadini ko’zlovchi
namoyishkorona …..ni nazarda tutadi. Ushbu samaraning mohiyatiga ko’ra odamlar jamiyatda qanchalik qimmatbaho narsani sotib olsa, bu ularga shunchalik shuhrat olib keladi. Masalan, qimmatbaho olmos yuqori ….ga baholansa, zadogonlar ushbu olmosni narxi oshib borgani tufayli o’zlarining jamiyatida obro’yini yanada oshirish maqsadida sotib olishadi. Aksincha ushbu tovarning narxi tushub ketadigan bo’lsa, bundan buyog’iga unga …. bildirishmaydi.
Snoba samarasi bu mikroiqtisodiyotda …. darajasi yuqori bo’lgan shaxslar tomonidan ma’lum tovarga bo’lgan talabning daromad darajasi past bo’lganlar bilan teskari bog’liq bo’lgan holat sifatida tavsiflangan hodisa. Bu holat insonlarning g’ayrioddiy, qimmat yoki noyob tovarlarga egalik qilish istagi mavjudligidan kelib chiqadi. Ushbu tovarlarning iqtisodiy …. yuqori bo’lishi mumkin, lekin aslida ularning real hayotdagi qiymati past bo’lishi mumkin. Kambag’al, daromadi darajasi past bo’lgan inson birinchi navbatda …. ini to’laroq qondirishni xohlaydi, shu sababli bunday tovarlarga talab kam bo’ladi. Yuqori iqtisodiy qiymatga ega bo’lgan bunday narsalarga noyob san’at asarlari, dizaynerlik kiyimlari va sport avtomobillari misol bo’la oladi.
Bandvagon samarasi bu odamlar odatdagidek boshqalarning xatti-harakatlarini, uslublarini yoki qarashlarini qabul qilish tendensiyasini tavsiflash uchun ishlatiladigan atama. Ushbu samara ko’pchilikga qo’shilish samarasi deb ham atalib tovarlarni boshqalar sotib olayotganligi uchun ham sotib olishni ifodalaydi. Bandvagon samarasi tengdoshlariga “mos kelish” istagidan kelib chiqadi. Ushbu samara boshqa odamlar singari shu kabi …. larni amalga oshirib, ma’lum bir ijtimoiy guruhga kirishning bir usuli sifatida qaraladi. Bandvagon samarasiga misol tariqasida ma’lum bir kiyim yoki uslubning tobora ommalashib borayotgani, ko’proq odamlarning hech qanday ustun jihati bo’lmasdan ham ushbu tovarni moda bo’lganligidan sotib olayotganini ko’rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |