Iqtisodiyotning bosh muammosi Iqtisodiy subektlardagi mavjud ne’matlar zahirasining shu ne’matlarga ehtiyoj sezgan xaridorlarning talablarini yetarli darajada qondira olmasligi
Insonning, korxonaning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan barcha narsalarga bo’lgan zaruriyati.
Sotuvchi va xaridorlar o’rtasida mahsulot sotish va sotib olish bo’yicha munosabatlar majmui.
Iqtisodiy subektlarning ma’lum bir faoliyat jariyoniga qiyosiy ustunlik tamoyili asosida moslashishi
Ehtiyojni qondirish vositasi
Insonlarni faoliyat yo’nalishini tanlashga va ular harakatini boshqarishga ta’sir qiluvchi barcha omillar.
Tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyat
Iqtisodiy nazariyaning ayrim bir xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarni, uy xoʻjaligi va korxonalar, ularning faoliyatining milliy iqtisodiyotga taʼsirini oʻrganadigan boʻlimi.
Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi
Bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi.
Masalalar.
1. Oziq-ovqat do’koni doimiy mijozlariga 200 so’mga har bir qilingan xarid uchun 5% chegirmani beradigan kartasini sotib olishni taklif qiladi. Karta yordamida har bir xarid xaridorga 5% arzonga tushadi. Karta bir oy davomida amal qiladi.
Do’konning doimiy mijozi do’konga bir oyda 6 marta tashrif buyuradigan bo’lsa va har safar 500 so’mlik xarid qiladigan bo’lsa, bunday chegirma kartasini sotib oladimi?
Agar do’konga har tashrif buyurganingizda sotib olish qiymati doimiy bo’lsa va 500 so’mni tashkil etsa, tashriflar soni qanday bo’lganda chegirmani sotib olish foydali bo’ladi?
Agar xaridor do’konga oyiga 5 marta tashrif buyuradigan bo’lsa, xaridlar narxining minimal qiymati qancha bo’lganda taklif qilingan diskont kartasini sotib olishdan bosh tortmaydi?
2. Gulnora opa supermarketda oyiga 3 marta xaridlarni amalga oshiradi. U har safar supermarketga kirganida 200 so’mlik xaridni amalga oshiradi. Supermarket doimiy mijozlariga x so’m evaziga 5% chegirma kartasini sotib olishni taklif qiladi (agar sizda karta bo’lsa, har bir xarid o’rtacha 5% arzonroq bo’ladi). Kartaning amal qilish muddati - 1 yil. Gulnora opa narxlari darajasi va o’rtacha sotib olish narxlari o’zgarishsiz sharoitda, karta narxi qanday bo’lganda u kartani sotib olishdan bosh tortmaydi?
3. Nozim aka 2 kg konfet sotib olmoqchi. U xaridni amalga oshirishi mumkin bo’lgan ikkita do’kon bor. Birinchi do’konda shirinliklar kilogrammi 260 so’m turadi va ularni navbatsiz sotib olish mumkin, boshqasida 200 so’m, ammo navbatda taxminan 75 soat turish kerak. Nozim aka o’zlashtirishi past talabalar bilan mashg’ulotlar orqali qo’shimcha daromad olish imkoniyatiga ega. Qimmat narxdagi do’konni tanlash uchun u soatiga qancha pul ishlab topishi kerak?
4. Samandar aka pishloq sotib olmoqchi edi. Uning ishiga eng yaqin do’konda 1 kg pishloq 200 so’mni tashkil qiladi. Dehqon bozorrida shu pishloq narxi 150 so’mni tashkil qiladi. Eng yaqin do’konga borib kelish 20 minutni tashkil etadi. Dehqon bozoriga borib kelish esa 40 minutni tashkil qiladi. Samandar akaning 1 soatlik ish haqi 420 so’mni tashkil etadi. U nechi kg pishloq sotib olsa dehqon bozoriga borishi foydali bo’ladi?
5. Toshkentdan Londonga sayohat qiladigan xodim agar samolyotda sayohat qilsa sayohat uchun 1 kun sarflaydi. Poyezda sayohat esa 4 kunni tashkil etadi. Aviachiptaning narxi 1000 so’m, poezd chiptasi esa 580 so’mni tashkil qiladi.
a) Agar xodim ish kunida samolyotda ketsa yoki poyezdda borish 4 ish kunini qamrab olsa xodim bir ish kuni uchun qancha maosh olsa xodim uchun samolyotga yoki poyezdda borish xarajatlari bir xil bo’ladi?
b) Agar xodimning poyezdda boradigan kunlaridan biri yakshanbaga to’g’ri keladigan bo’lsa, bir kunlik ish haqi qanday bo’lganda ikkala transport uchun ham xarajatlar bir xil bo’ladi?
6. Nargiza opa shahardan uzoqda yashashiga qaramasdan u oziq ovqat mahsulotini sotib olish uchun shaharga keladi. Nargiza opa shahardan mahsulotlarni 20% arzonroq oladi. Uning iqtisodiyot fakultetida o’qiydigan o’g’li oyisiga bunday og’ir sumkalarni ko’tarib yurish oqibatida orttirgan kasalligini davolash xarajatlari qilgan foydasidanda qimmatga tushushini aytdi. Bu haqda o’ylab, dori-darmonlarga qo’shimcha xarajatlarning taxminiy miqdorini hisoblab chiqib 4000 so’mga teng ekanligini aniqladi. Nargiza opa barcha kerakli tovarlarni uyiga yaqin do’kondan sotib olishi uchun ular qancha turishi kerak?
7. Xayriddin aka oshxonasiga oshxona mebeli o’rnatmoqchi bo’ldi. U oshxona mebelini 20 000 so’mga sotib olishi yoki ushbu mebelni o’zi yasashi mumkin. Agar oshxona mebelini o’zi yasaydigan bo’lsa Xayriddin akaga 5 soat vaqt ketadi. Xayriddin aka soatiga 1000 so’m topadigan bo’lsa, mebel uchun kerakli uskunalar qancha bo’lganda Xayriddin aka mebelni o’zi yasagani maqul bo’ladi?
8. Bir soatlik ishi uchun 20$ daromad topadigan malakali buxgalter kvartirasini o’zi ta’mirlashga qaror qildi. U kvartirani ta’mirlash bo’yicha malakaga ega va bu ishni u 60 soatda qila oladi. Agar kvartirani ta’mirlashga yollanma ishchi chaqirganida u ishchi 80 soatda ishni tugatadi. Yollanma ishchining ish haqi qancha bo’lganda buxgalter uning xizmatidan foydalanishi mumkin?
9. Sizning do’stingizning sizdan 2000 $ qarzi bor. U sizdan qarzni bir yilga kechiktirishni iltimos qilyapdi. Agar siz ushbu pulizni bankga omonatga qo’yganingizda 16% daromad olar edingiz. Agar do’stingiz sizga ushbu pulni kamida qancha qilib qaytarishga va’da bersa siz bunga rozi bo’lardingiz?
10. Agar A shaxs ma’lum miqdordagi pulni bankka 20 % foiz stavkasi bilan qo‘yib, bir yildan so‘ng 20 000 so‘m qo‘shimcha daromadga ega bo‘lgan bo‘lsa, uning dastlabki qo‘yilmasi qancha bo‘lgan?
11. Ahmad har kuni dadasidan yo‘l kira va ovqatlanish uchun 1500 so‘m pul oladi. Maktab Ahmadning uyidan avtobusda 2 bekat masofada joylashgan. Har kuni Ahmad dadasi bergan 1500 so‘m pulning 800 so‘mini yo‘l kiraga va 700 so‘mini ovqatlanishga sarf qiladi. Ahmad o‘zining cho‘ntak pullari bo‘lishini orzu qiladi. U bu orzuni amalga oshirish uchun qanday yo‘l tutgani ma’qul?
12. Mansur yozgi ta’til davrida pul ishlab, yangi velosiped sotib olishni maqsad qilib qo‘ydi. Buning uchun u dadasidan 150 000 so‘m pul qarz olib, har biri 5 000 so‘mdan bo‘lgan 20 ta jo‘jani 100 000 so‘mga sotib oldi. Qolgan 50 000 so‘mni jo‘jalarni boqish va parvarish qilish sarf qildi. Natijada ularni xatosiz katta qilishga erishdi. So‘ngra jo‘jalarning har birini 15 000 so‘mdan sotdi. Agar Mansur jo‘jalarni sotish uchun 10 000 so‘m xarajat qilgan bo‘lsa, uning daromadi va foydasini aniqlang.
13.Tasavvur qiling, amerikaliklar o‘z daromadlarining ko‘proq qismini
jamg‘aradigan bo‘lishdi. Agar bank bu qo‘shimcha jamg‘armalarni yangi fabrikalar quradigan tadbirkorlarga kreditga bersa, bu mahsuldorlikni
tezroq o‘sishiga qanday qilib sabab bo‘lishi mumkin? Kim mahsuldorlikdan foyda ko‘radi deb taxmin qilasiz?
Bo’sh kataklarni kerakli jumlalar bilan to’ldiring.