Restoranda mijozlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish
REJA:
1. Mijozlarga xizmat ko’rsatish.
2. Tashrif buyurganlar bilan professonal muomala ko’nikmasi
3. Mijozning xohish-talablarini bajo keltirish va xizmat ko’rsatish sifati.
4. Mijozlar bilan paydo bo’ladigan kelishmovchiliklarni bartaraf etish va oldini olish. Ijobiy imij yaratish.
Mijozlarga xizmat ko’rsatish.
Keskin raqobat sharoitida restoranlar tashrif buyuruvchilarga to’g’ri va sifatli xizmat ko’rsatishi, xar bir tashrif buyuruvchini doimiy mijoz darajasiga olib chiqish usutidan g’amxo’rlik qilishi kerak.
Restoranda xizmat ko’rsatishning quyidagi an’anaviy shakllari qo’llaniladi:
1. Kundalik xizmat.
2. Banketlarda xizmat ko’rsatish.
3. Biznes lanch xizmati
4. Koktel va kofe breyk xizmatlari
5. Boshqa turdagi maxsus xizmatlardan iborat
Restoranga mehmonlarning oqimi kelishi uzluksiz davom etganda mijozlarga kundalik xizmat ko’rsatish kuchayadi. Restoran xizmati quyidagi asosiy elementlardan iborat:
xo’randalarni kutib olish va salomlashish -30 sekund
joy-joyiga o’tqazish (chakiladigan yoki chakilmaydigan so’ragan xolda) – 1 daqiqa
taomnoma taqdim etish buyurtmalar qabul qilish -2 daqiqa
buyurtmalarni bajarish – 15-20 daqiqa
xizmat so’ngida xisob-kitob qilish – 3 daqiqa
Restoran zaliga mehmonlar xostet, menejer yoki ofitsiant tomonidan kutib olinadi, stollarga kuzatib qo’yiladi, o’tqaziladi va taomnoma bilan tanishtiriladi. Taom va ichimliklar tanlashda yordam beriladi. Buyurtma qabul qilinadi.
Bosh ofitsiant (supervayzer) mijozlar bilan restoran xizmat qiluvchilarini bir-biriga bog’lovchi bo’g’in.
Mehmonlarga o’tirishga yordam qilib taomnoma tavsiya etaladi. Agar mehmon o’zi joy tanlagan bo’lsa, bosh ofitsiant uning orqasidan boradi, tanlamagan taqdirda ular oldida borib istalgan joyiga o’tqazadi. Keluvchilar katta guruhdan iborat bo’lsa, necha kishiga joy kerakligi aniqlab stollar birlashtiriladi va yangi servirovka tez va tovush chiqarmasdan amalga oshiriladi.
Bosh ofitsiant yoki ofitsiant mijozlardan kimning qaerga o’tirishi lozimligini tavsiya qiladi va uning bilan birga axloq-odob yuzasidan quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
o’tirishga taklif qilingan kishi stolini qulayroq qilib qo’yib berish;
avval ayollarni, so’ngra erkaklarni o’tqazish kerak, ayollar erkaklardan o’ng tomonda, erkaklar stolning o’ng burchagida yoki ayolga qarama-qarshi tomonda o’tirishi lozim;
ayol ofitsiant xizmat qilayotgan bo’lsa, u holda yoshi ulug’largagina o’tirishda yordam qilishi mumkin;
bir joydan ikkinchi joyga o’tqazish mijozlar xohishi bilangina bo’lishi mumkin;
Tashrif buyurganlar bilan professonal muomala ko’nikmasi
Buyurtma qabul qilingandan so’ng ofitsiant uni navbat bilan bajarishga kirishadi, xizmat ko’rsatish jarayonini quyidagi sxema bo’yicha amalga oshirish mumkin. Ofitsiant idish-tovoq turadigan xonaga kirib, kerakli narsalarni olib chiqadi. sovuq taom va gazaklar uchun idishlar oladi, sovuq sexga olib qirib, o’zi qabul qilgan buyurtmani beradi. So’ng issiq sexga kirib, issiq taomlar buyuradi. Kassa mashinasida mahsulotlarni olish uchun chek yozdiradi. CHekni oshpazga bermaguncha ofitsiant taom tarqatadigan joydan ketmasligi kerak.
Ba’zi restoranlarda buyurtmaning ancha murakkab usuli mavjud. Bir necha turli buyurtmalarni bajarishga to’g’ri kelib qolsa, mijozlar guruxda 4—6 kishi bo’lsa, buyurtmalarni bajarish boshqacha bo’ladi
E'tiboringiz uchun raxmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |