оsib
qo‘yilgаn bo‘lishi kеrаk.
Gаzdа ishlаydigаn issiqlik аppаrаtlаrining bехаtаr ishlаshi
uchun gоrеlqаlаrdаn gаz chiqqаndа uning оldini оlish uchun mахsus
аvtоmаtiq аsbоblаrdаn fоydаlаnilаdi. Buni хаvfsizlik avtomatikasi
dеyilаdi. Bundаn tаsh-qаri tехnоlоgii; jаrаyonlаrni vа issiqlik
bеruvchi аppаrаtlаrning mе’yoridа ishlаshini tаrtibgа sоluvchi
аvtоmаt аsbоblаr urnаtilаdi. Rоstlоvchi avtomatika tеgishli bоsimni
yoki хаrоrаtni bir mе’yordа sаqlаshni tа’minlаydi.
Bug bоsimi bilаn ishlаydigаn аppаrаtlаrdа mаnоmеtrgа
bеrilаdigаn bоsimni nаzоrаt qilib turish kеrаk. Bоsimni tеgishli
mе’yordа ushlаb turish uchun аppаrаtlаr оddigа rеduqsiоn klаpаn
urnаtilаdi. Bu kеrаkli bоsimni аvtоmаtiq tаrzdа sаqdаb turаdi. Uning
yonigа klаpаn nоsоzligi tufаyli yuz bеrishi mumkin bo‘lgаn
аvаriyaning оldini оlish uchun sаqdаgich klаpаn vа mаnоmеtr
qo‘yilаdi.
Elеktr qоzоnlаrdа nаzоrаt-sаqlаgich аrmаturаsidаn tаshqаri
bugni аvtоmаtiq tаrtibgа sоlаdigаn elеktrоn-tаkt mаnоmеtri
o‘rnаtilаdi. Оdаtdаgi mаnоmеtrdаn elеktr-kоntаkt mаnоmеtrining
fаrqi Shundаki, u ikkitа milgа egа.
Mehnat muhofazasining tekshiruv ishlarini davlat va jamoat
tashkilotlari amalga oshiradi. Mehnat Kodeksining 9-moddasiga
binoan O‘zbekiston Respublikasi xududida mehnat to‘g‘risidagi
qonunlarning aniq va bir xil ijro etilishi ustidan nazorat olib borish
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi
prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Davlatning bir qancha
mutasaddi organlari ham nazorat ishlarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh sanitariya-
epidemiologiya nazorati amalga oshiradigan ishlar bu sohada eng
muhim hisoblanadi.
Texnika inspeksiyasi ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini,
og‘ir ishlarning mexanizatsiya darajasini, jihozlarni ishlatishda
xavfsizlikka rioya qilish qoidalarini tekshiradi. Soha yo‘riqchilari
mehnat haqidagi qonunchilikni, xavfsizlik texnikasi yo‘riqnoma va
qoidalari, ishlab chiqarish sanitariyasi, tasodifiy holatlar yuz berishi,
kasb kasalligining oldini olishni nazorat qiladi. Ular zalning
shamollatish tizimlari ishini, yoritish texnikasi holatini, jihozlar,
inventar, asbob-uskunalar to‘g‘ri ishlashining texnik holati, tozaligi,
ish joylarining tartibi, xodimlarning kasb kiyimlari (uni forma) bilan
o‘z vaqtida ta’minlanishini tekshiradi. Hamma mehnat muhofazasi
va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha zaruriy tadbirlar jamoa
shartnomasiga kiritiladi.
Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalarini
saqlash hamma ko‘rinishdagi anjomlardan foydalanishda muhim
ahamiyatga ega. Bu jihozlarga qaraydigan xodimlar ularni ishlatish
bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan ta’minlanadi, xavfsizlik texnikasi va
jihozlarni ularni me’yorda ishlatish ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Har bir mashinani ishga tushirishdan oldin uning sozligiga
ishonch hosil qilish kerak, nazorat-o‘lchov asboblarini va saqlagich
qurilmalar tekshirib ko‘riladi. Mashina va apparatlar ishlab turgan
vaqtda ularni tozalash, moylash, sozlash va ta’mirlash ta’qiqlanadi.
Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga
muvofiq nosoz apparatlar bo‘lsa (manometr, saqlagich va havo
klapani), issiqlik beruvchi jihozlar-dan foydalanish mumkin emas.
Manometr siferblatida apparatning me’yoriy ishchi bosimini
ko‘rsatadigan qizil chiziq bo‘lishi kerak. Manometrlar har 6 oyda bir
marta tekshiruvdan o‘tkazib turiladi, saqlagich klapan va produvka
kranlari har kuni tekshiriladi. Har bir apparat yonida xavfsizlik
texnikasi haqida yo‘riqnoma osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Gazda ishlaydigan issiqlik apparatlarining xavfsiz ishlashi uchun
gorelkalardan gaz chiqqanda uning oldini olish uchun maxsus
avtomatik asboblardan foydalaniladi. Buni xavfsizlik avtomatikasi
deyiladi. Bundan tashqari texnologik jarayonlarni va issiqlik
beruvchi apparatlarning me’yorida ishlashini tartibga soluvchi
avtomat asboblar o‘rnatiladi. Rostlovchi avtomatika tegishli bosimni
yoki haroratni bir me’yorda saqlashni ta’minlaydi.
Bug‘ bosimi bilan ishlaydigan apparatlarda manometrga
beriladigan bosimni nazorat qilib turish kerak. Bosimni tegishli
me’yorda ushlab turish uchun apparatlar oldiga reduksion klapan
o‘rnatiladi. Bu kerakli bosimni avtomatik tarzda saqlab turadi. Uning
yoniga klapan nosozligi tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan
avariyaning oldini olish uchun saqlagich klapan va manometr
qo‘yiladi.
Elektr qozonlarda nazorat-saqlagich armaturasidan tashqari
bug‘ni avtomatik tartibga soladigan elektrkontakt manometri
o‘rnatiladi. Odatdagi manometrdan elektrkontakt manometrining
farqi shundaki, u ikkita milga ega.
Umumiy ovqatlantirish korxonalarida yong‘in chiqishining
ko‘pdan-ko‘p sabablari bor. Ko‘p hollarda bu olov bilan ehtiyotsizlik
qilish, ruxsat etilmagan joylarda chekish, elektr simlaridan uchqun
chiqishi, isitish qurilmalari noto‘g‘riligi yoki buzukligi, elektr
jihozlar va yoritgichlardan to‘g‘ri foydalanmaslik natijasida kelib
chiqadi. Shuningdek, yong‘inning sababi portlash, momaqaldiroq,
chaqmoq yonish ham bo‘lishi mumkin. Yong‘in chiqqanda harorat
800-1000° S gacha yetadi va atrofdagi narsalarni ham kuydiradi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida xizmatchi xodimlar ham,
mijozlar ham binoning ichida va tashqarisida yong‘in xavfsizligi
talablariga rioya qilishlari kerak.
Umumiy ovqatlantirish korxonalari omborlarda yong‘inga qarshi
tadbir o‘tkazish - u korxonaning qayerida joylashgani, kiradigan
yo‘llar, yong‘inga qarshi jihozlarning sozligi, omborlarda olov xavfi
bo‘lgan mahsulotlarning ko‘pligi va boshqa sabablarga bog‘liq.
Yong‘in uchun xavfli joylar: yonilg‘i, yog‘och-taxta, yengil
alangalanadigan materiallar saqlanadigan omborlardir. Bu omborlar
olov o‘tmaydigan materiallar bilan jihozlanadi. Olov xavfi har xil
bo‘lgan omborlar materiallarni saqlashda bir-birlaridan olov
o‘tmaydigan devorlar va to‘siqlar bilan ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |