Mebellarni joylashtirish. Banket o`tkazishda mebellar qo`yidagicha o`rnatiladi. Stollar, stullar, kreslo, yarimkreslolar, ofitsiant uchun yordamchi stollar qo`yiladi. Agar buyurtma berilishida aytilgan bo`lsa, kofe uchun alohida zal tayyorlanadi va shunga moslangan stol, stul, kreslo, yarimkreslo, divan qo`yiladi. Restoranda hamma vaqt ham tegishli banket stollari bo`lavermaydi. Bular odatdagi kvadrat stollar bilan almashtirilishi mumkin, chunki bunday stollarda hohlagan banket stollarini yasash imkoni bor.
Agarda banket qatnashchilari uncha ko`p bo`lmasa, dumaloq stol atrofiga o`tqazish lozim, bunday o`rin ancha qulay, hamma qatnashchilar bir – birini ko`rib turadilar va bunday stollarga 8 – dan 25 – kishigacha joylashtirish mumkin. Banket stollarini joylashtirishda zalning maydoni hisobiga olinadi, uning sig`imi, banket ishtirokchilarining miqdori, oyna – eshiklar joylashuvi, ustunlar mavjudligi nazarda tutiladi. Stollarni bir qator, ya‘ni bir – biriga parallel qilib qo`yish mumkin. Bunda hurmatli mehmonlar uchun alohida joy ajratiladi. Eng muhimi shundaki, zaldagilarning birontasi hurmatli mehmonlarga orqa tomoni bilan o`tirmasligi zarur. Ayniqsa, xorijiy mehmonlar, turistlar ziyofatida o`sha mamlakatlarga xos udumlar qo`llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Hurmatli mehmonlar o`tiradigan stollarga ehtiyoj bo`lishi kerak. Mehmon stoli bilan ko`ndalang qo`yilgan asosiy stollar orasida 1 – 2 metrli yo`lak bo`lishi zarour. Hurmatli mehmonlar uchun stol faqat bir tomondan yasatiladi, uning eni ensizroq bo`ladi, 70 sm dan kam bo`lmasligi kerak.
Banket zalidagi stollar joylashtirilgandan so`ng, ofitsiantlar stollar atrofiga stullarni qo`yib chiqadi. Stullar mijozlarning stol tomon o`tishida halaqit bermasligi kerak. So`ngra ofitsiantlar stol – stullarni to`g`rilaydi va dasturxon yozadi. Stollarga dasturxon yozilishi, avvalo stollar ustiga qalinroq yumshoq mato solinadi, so`ngra dasturxon yoziladi. Ustiga idishlar qo`yilganda taqir – tuqur ovoz chiqmaydi, chinni, shisha va boshqa xil idishlar sinmaydi, idish tubi stolda tekis turadi, to`kilgan suyo`qlik namni o`ziga toradi.
Restorandagi banket stollari ustiga yoziladigan dasturxonlar ularga mos kelishi zarur. Bir dasturxonni bitta stolga solish mumkin, uning chetlari stol chetidan 20 – 30 sm osilib turishi kerak. Agar bundan uzun bo`lsa, osilib qoladi yoki kalta bo`lsa, xunuk ko`rinadi. SHuning uchun ham stollarga dasturxon yozilganda e‘tibor berish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |