Banklar va ularning iqtisodda tutgan o‘rni
Banklar kreditdagi vositachi hisoblanadi. Shuning uchun bank tizimi kredit tizimining bir qismi hisoblanadi. Kredit tizimi bank va bank boMmagan kredit muassasalaridan tashkil topadi. Bank boMmagan kredit muassasalariga: fondlar (investision, pension va boshqalar); kompaniyalar (sug‘urta, investision); moliyaviy kompani- yalar (ssuda-omonat assosiasialar, kredit birlashmalar); lombardlar, ya’ni kreditda vositachi funksiyasini bajaruvchi barcha tashkilotlar.
Ammo asosiy moliyaviy vositachilar - bu tijorat banklaridir.
Zamonaviy bank tizimi ikki pog‘onali:
Markaziy bank
Tijorat bank tizimi
Markaziy bank - bu mamlakatning eng asosiy banki. U quyidagi funksiyalami bajaradi:
111
mamlakatning emission markazi (banknotalar chiqarishda monopol huquqga ega). Markaziy bank pullari naqd (banknota va tangalar) pullardan va naqd boMmagan (Markaziy bankdagi tijorat banklarining hisoblari) pullardan tashkil topadi.
hukumatning bankiri hisoblanadi (hukumatning moliyaviy op- erasiyalari xizmatini bajaradi, g‘azna toMovlarida va davlatning kreditlarida vositachi boMib xizmat qiladi. G‘aznaning barcha bo‘sh mablagMari Markaziy bankda depozit shaklida saqlanadi, o‘z o‘mida Markaziy bank g‘aznaga o‘zining belgilangan me’yoridan ortiq foy- dasini o‘tkazadi;
banklaming banki hisoblanadi, tijorat banklari Markaziy bank mijozlari hisoblanadi, Markaziy bank ularning majburiy rezerv za- hiralarini saqlaydi, bu esa ularning ichki va tashqi faoliyatlarini na- zorat qilish va yo‘na!tirish imkonini beradi, tijorat banklari uchun eng oxirgi instansiya kreditori hisoblanadi (bunda Markaziy bank tijorat banklariga pul emissiyasi yoki qimmatli qog‘ozlar sotish yoMi bilan kredit beradi);
banklararo hisob markazi;
mamlakatning oltin-valyuta zahiralarini saqlaydi (mamlakat ning xalqaro moliyaviy operasiyalarini o‘tkazadi va toMov balansi holatini nazorat qiladi, xalqaro valyuta bozorlarida sotuvchi va xarid qiluvchi boMib maydonga chiqadi);
Markaziy bank pul-kredit (monetar) siyosatni olib boradi.
Bank tizimining ikkinchi pog‘onasi boMgan tijorat banklari quyi- digilarga boMinadi:
Universal tijorat banklari.
Ixtisoslashgan tijorat banklari. Banklar ixtisoslashadi:
maqsadiga ko‘ra:
investision (investision loyihalami kreditlaydi);
innovasion (ilmiy-texnik rivojlanishga beriladigan kreditlar); ipotekaviy (ko‘chmas mulk garovi hisobiga kreditni amalga oshiruvchi).
tarmoqlar bo‘yicha: qurilish;
qishloq xo‘jaligi; tashqi iqtisodiy.
v) mijozlar bo‘yicha:
112
faqat firmalarga xizmat qiluvchi; aholiga xizmat qiluvchi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |