6-rasm. Iqtisodiy o4siahning grafik tasvirlari
6 (a) -rasmdagi trend (egri) chizigM real YalMni uzoq muddatda o‘sib borish tendensiyasini ko‘rsatadi.
6 (b) -rasmda iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigM orqali tasvirlab berilgan. Iqtisodiyotda ishlab chiqariladigan tovarlaming asosiy turi bu investision tovarlar (ishlab chiqarish uchun moMjallangan) va iste’mol tovarlaridir. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigi iqtisodiyotda resurslaming ma’lum bir vaqtda cheklanganligini ko‘rsatadi. Egri chiziqdagi har bir nuqta mavjud iqtisodiy resurslar yordamida ishlab chiqarilishi mumkin boMgan iste’mol va investision tovarlaming ma’lum bir miqdordagi kombinatsiyasini ko‘rsatadi. Masalan, ishlab chiqarish egri chizigM- dagi A nuqtaga to‘g‘ri keluvchi resurslar miqdorida iste’mol tovar- larini Si va investision tovarlarini Itmiqdorda ishlab chiqarish mum kin. Agar xuddi shu ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigMda iste’mol tovarlarini S2 miqdorga oshirishni maqsad qilib qo‘yilsa (A nuqtadan V nuqtaga o‘tish), u holda bu muammoni hal etish faqat- gina investision tovarlami I2 gacha kamaytirish, ya’ni altemativ hara jatlar hisobiga amalga oshirish mumkin. Agar iqtisod yangi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigMga, ya’ni A nuqtadan D nuqtaga o‘tsa, u holda ham iste’mol (S3) ham investision tovarlar (b)ni ishlab chiqarish altemativ (muqobil) harajatlarsiz ortadi. Bu esa iqtisodiy o‘sish boMib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini yangi darajaga ko‘tarilishi, resurslar cheklanganligi va altemativ harajatlar muammosining hal etilishidir. Shunday qilib, iqtisodiy o‘sish ishlab
37
chiqarish imkoniyatlari egri chizigMda o‘ngga siljigan (parallel sil- jishi shart emas) holatda tasvirlanishi mumkin.
6 (v) -rasmda iqtisodiy o‘sish AD-AS modeli yordamida tas- virlangan. Iqtisodiy o‘sish potensial YalM, ya’ni real YalMni uzoq muddatda o‘sishini bildirar ekan, uni grafikda uzoq muddatdagi yalpi taklifni (LRAS) siljishi va ishlab chiqarish hajmini Y*i dan Y*2 gacha ortishi ko‘rinishida tasawur etish mumkin.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasini, uning iqtisodiy potensialini baholashda real YalM kaitaligi ko‘rsatkichidan keng foydalanilsada, bu absolyut ko'rsatkich turmush darajasini to‘liq aks ettira olmaydi. Mamlakat rivojini, farovonlik darajasini nisbatan aniq ko‘rsata oladigan ko‘rsatkich kishi boshiga to‘g‘ri keladigan real YalM kattaligi hisoblanadi, ya’ni bunday nisbiy ko‘rsatkich umu- man iqtisodda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar miqdori narxi- nigina emas, balki uning o‘rtacha bir kishiga qancha to‘g‘ri kelishini ko‘rsatib beradi. Gap shundaki, kishilar turmush darajasi ko‘p dara jada aholi sonining o‘sish suratlariga bogMiqdir. Bir tomondan mamlakat aholisining soni ishchi kuchi, ya’ni mehnat resurslari miqdorini belgilab beradi. Tabiiyki, aholi soni ko‘p mamlakatlaming, ya’ni masalan AQSh, Yaponiyaning yalpi ichki mahsulot (YalM) i Lyuksemburg, Niderlandiyaga nisbatan ancha yuqori. Ammo, ik- kinchi tomondan, aholi sonining o‘sishi kishi boshiga to‘g‘ri keladi gan YalM iniqdorini kamaytiradi, ya’ni turmush darajasini pasayti- radi. Iqtisodiy o‘sish haqida faqatgina aholi turmush darajasi (faro- vonligi) oshsagina, ya’ni iqtisodiy rivojlanish aholi soni o‘sishiga nisbatan real YalMning ko'proq o'sishi bilan birgalikda kechgan bo‘lsa gapirish mumkin boMadi. Kishi boshiga to‘g‘ri keluvchi real YalM darajasi bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida juda katta farq mavjud. Masalan, hozirgi vaqtda AQShda kishi boshiga to‘g‘ri ke luvchi real YalM Bangladeshga solishtirganda 50 marta, Hindistonga nisbatan 30 marta, Xitoyga nisbatan 10 marta ortiq, Kanada va Ya- poniya bilan solishtirganda esa deyarli farq qilmaydi. Kishi boshiga to‘g‘ri keluvchi YalM ko‘rsatkichining oshishi mamlakatda ya- shovchi bir kishiga tovar va xizmatlar endi borgan sari ko‘proq to‘g‘ri kelishini, farovonlik ortayotganligini bildiradi.
Ammo vaqt o‘tishi bilan kishi boshiga to‘g‘ri keluvchi real YalM
darajasi nisbati (ranjirlanishi) o‘zgaradi. Sabab, turli mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish tezligi turlicha. Iqtisodiy o‘sish tezligi ko‘rsatkichi 38
iqtisodiy o‘sish dinamikasi ko‘rsatkichidir, u esa ocz o‘mida qaysi mamlakat tezroq rivojlanayotganligini ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sish tezligi ma’lum vaqt oraligMda YalMning yillik o‘rtacha o‘sish sur’atlarida yoki kishi boshiga to6g‘ri keluvchi yillik o‘rtacha YalM o'sish sur’atlarida ifodalanadi (bunisi aniqroq ko4rsatkich). Real YalMni kishi boshiga o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi farq juda kattadir. 0 6rtacha iqtisodiy o‘sish sur’atlarining yuqori boMishiga erishgan Yaponiya oxirgi 100 yilda oldingi saflarga chiqib olib, o‘sishning past sur’atlari tufayli esa Buyuk Britaniya va Argentina o‘z mavqe- larini yo‘qotdilar.
Iqtisodiy o‘sish turlari va omillari
Nima uchun ba’zi mamlakatlar boshqalarga nisbatan tezroq ri- vojlanishini, iqtisodiy o‘sishni qanday tezlashtiish mumkinligini, ya’ni davlatlararo va ma’lum vaqt oraligMda real YalM (va kishi boshiga to‘g‘ri keluvchi real YalM) darajasi va uning o‘sish sur’atlari orasidagi farqni tushunish uchun iqtisodiy o‘sishning turlari va omillarini tahlil qilish kerak boMadi. Ishlab chiqarish imkoniyat- larini oshishi va potensial YalM hajmini o‘sishi resurslaming hajmi yoki ular sifati o‘zgarishi bilan bogMiq.
Tegishlicha iqtisodiy o‘sishni ikki turga ajratadilar: ekstensiv va intensiv. Resurslaming o‘sishi yoki iqtisodiy omillami oddiy qo‘shish hisobiga boMadigan o6sish iqtisodiy o‘sishning ekstensiv turiga tegishlidir. Resurslami sifat jixatidan takomillashishi bilan, ilmiy -texnik taraqqiyot (progress) ning eng yangi yutuqlarini qoMlash bilan bogMiq o‘sish esa iqtisodiy o‘sishning intensiv turidir.
Bundan kelib chiqib, iqtisodiy o‘sishning ikki turiga ikki gurux omillami ajratadilar:
resurslaming soniga ta’sir etuvchi omillar: yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik faoliyati. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv turi omil- lariga quyidagi omillar kiradi: ishchi kuchi miqdorini ko‘paytirish; yangi korxonalar qurish; ishlab chiqarish vositalari hajmini oshirish; xo‘jalikka qo‘shimcha yerlami jalb etish; yangi yerlami ochish va foydali qazilmalar qazib chiqarishni ko‘paytirish; resurslar miqdorini oshirish imkonini beradigan tashqi savdoni rivojlantirish va bosh qalar. Ammo bunda ishchilar malakasi va ular mehnati unumdorligi, ishlab chiqarish vositalari sifati va texnologiya o‘zgarmasdan qoladi.
39
Shuning uchun mehnat va kapital birligiga to‘g‘ri keladigan mahsu- lotdan olinadigan daromad o‘zgarmasdan qoladi.
sifatga ta’sir etuvchi omillar. Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi omillari quyidagilar: ishchi kuchi malakasi va kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirish; ishlab chiqarishga ishlab chiqarish vositalarini nisbatan takomillashganini qo‘llash; yangi texnologiyalar (birinchi navbatda resurslami tejaydigan)ni qo‘llash; mehnatni ilmiy tashkil etish; iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarishda nisbatan samarali usullami qoMlash,
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi omillari ichida jamiyat a’zolari- ning mavjud bilimlarini oshirish va to‘plashga, yangi bilimlar nati jasida erishiladigan ilmiy yangiliklar va kashfiyotlarga, bunday kashfiyotlami amalga oshirishga asoslangan ilmiy-texnik taraqqiyot (NTP) omili muhim ahamiyatga ega. Aynan ana shu ilmiy -texnik taraqqiyot resurslar sifatini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi.
Resurslar sifatining asosiy iqtisodiy xarakteristikasi ularning unumdorligi hisoblanadi. Mamlakatda aholi turmush darajasini belgi lab beruvchi eng asosiy omil-bu mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb, ishchining bir soat ichida yaratgan tovar va xizmat lar miqdoriga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |