MAVZU № 7 Yalpi talab va yalpi taklif Mavzuda ко‘rib chiqiladigan savollar:
Yalpi talab va yalpi taklif tushunchasi.
Yalpi talab egrisi va unga ta ’sir etuvchi omillar: narxga bog'liq va bog 4iq bo lmagan omillar.
Yalpi taklif egrisi va unga ta ’sir qiluvchi narxga bog'liq va bog Tiq bo ‘Imagan omillar. Yalpi taklifkesimlari va ularning mohiyati.
Narxlarning muvozanatli darajasi va ishlab chiqarishning muvo- zanatli real hajmiga yalpi talab о \zgarishining ta ’siri.
Narxlarning muvozanatli darajasi va ishlab chiqarishning muvo zanatli real hajmiga yalpi taklif о 1zgarishining ta ’siri.
Xrapovik samarasi.
AD va AS modellari, foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi, import xaridlar samarasi, AD va ASga ta’sir etuvchi narxga bogMiq va bogMiq boMmagan omillar, makroiqtisodiy muvozanat tushunchasi, AD va AS o‘zgarishining real YaMM va narxlar darajasiga ta’siri, ASning oraliq kesimi, ASning klassik kesimi, ASning keynsian kesimi.
Adabiyotlar
Karimov I. A. О ‘zbekiston islohatlarni chuqurlashtirish у о ‘lida. Т.,
«О ‘zbekiston», 1995 у.
Karimov I. A. 0 ‘zbekistonning o ‘z istiqlol va taraqqiyot y o ‘li» Т.,
«О ‘zbekiston», 1992 у.
Ekonomicheskaya teoriya. Pod nauchnoy redaksiey akad. V. I. Vid- yanina i dr.. Gl. redIPP «Sharq», 1999 g.
Kempbell R., Makkonell, Stenli L. Bryu «Ekonomiks» 1-2 t Moskva. Izd.
«Respublika» 1992 g.
M. Hakimova «Makroiqtisodiyot» Toshkent - «Mehnat» nashriyoti - 1997у
R О ‘Imasov M. Sharijxojaev Iqtisodiyot nazariyasi T. -«Mehnat» - 1995y.
Yalpi talab va yalpi taklif tushunchasi
Har qanday bozordagi vaziyat talab va taklifga, ya’ni ular haj- mining o‘zgarishiga bogMiq boMadi. Ular o‘rtasida yuzaga kelgan nisbat o‘z ketidan narxlarning o‘zgarishiga va aksincha, narxlarning
67
(u yoki bu tomonga) tebranib turishi talab va taklif hajmiga bevosita ta’sir qiladi. Bunday ta’kidlash faqat qandaydir bir alohida mahsulot yoki xizmatga oid bo‘Imay, balki umuman milliy bozorga ham taal- luqlidir. Bunday bozordagi talab alohida xaridorlar istagi va sotib olish qobiliyati ko‘rinishida bo‘lmasdan, barcha xaridorlaming bir- lashtirilgan talabi sifatida amal qiladi va makrodarajadagi iste’mol qobiliyatini aks ettiradi. Taklif esa milliy ishlab chiqarish yalpi hajmi (real YalM) ning taklifi sifatida bozorga chiqadi.
Shunday qilib, yalpi talab uy xo‘jaligi, korxonalar, hukumat hamda xorijiy xaridorlaming milliy ishlab chiqarilgan tovar va xiz matlarga boMgan talabidir.
Qaysiki muayyan narxlar darajasidagi yalpi taklif - bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin boMgan iste’mol hamda investisiya tovarlari va xizmatlaming umumiy miqdoridir.
Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va xizmatlaming alo hida narxlarini umumlashtiruvchi jami narx tushuniladi.
Narxlami narxlar darajasiga, jami iste’molchilaming toMov qo- biliyatli talabini jami talabga, barcha tovar va xizmatlami esa milliy ishlab chiqarishning real hajmiga bunday birlashtirish yiriklashtirish deb ataladi. Ko‘rsatkichlami yiriklashtirishning bu usulidan makroiq tisodiy tadqiqotlarda tez-tez foydalanilib turiladi. Makrodarajada iqtisodiyotni usiz tahlil qilib boMmaydi. Yalpi talab va yalpi taklif, hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar tuzilishining asosi hisoblandi. Oddiy ko‘rinishda ko‘rsatkichlaming o‘zaro bir- biriga bogMiqligi grafik yordamida aks ettiriladi (12-rasm).
12-rasm AD va AS egri chizig’i
68
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, narxlarning o‘zgarishi yalpi talabga aks ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni, narxlar darajasining o‘sishi o‘z ortidan yalpi talabning qisqarishini keltirib chiqaradi va aksincha. Vaholanki, yalpi taklif narx darajasi qancha yuqori boMsa, shuncha ko‘p boMadi.
Yalpi talab egrisi va unga ta’sir etuvchi omillar: narxga bogMiq va bog‘Iiq boMmagan omillar
Narxlar darajasi va yalpi talab o‘rtasida teskari bogMiqliq mavjud boMib, narxlarning o‘sib borishi bilan yalpi talab qisqarib boradi va ak sincha, narxlar darajasi qanchalik past boMsa xaridorlar ko‘proq tovar va xizmatlami sotib olishni istab qolishadi. Ushbu bogMiqlikni chizma ko‘rinishida ifodalash mumkin (13-rasm). Narxlar darajasi va talab qil ingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi bogMiqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizigM deb ataladi. U alohida tovarga boMgan talab egri chizigMga o‘xshash ko‘rinishga ega, ammo endi unga talab egri chizigM yo'nalishini belgilab beruvchi daromad samarasi yoki o‘rinbosar tovarlar samarasi kabi narx omillari ta’sir ko‘rsatmaydi. Yalpi talab egri chizigM yo‘nalishiga qanday omillar ta’sir qiladi?
Bular avvalo quyidagi narx omillaridir:
Foiz stavkasi samarasi;
Boylik samarasi;
Import xaridlar samarasi
13-rasm Yalpi talab egri chizig'i
Foiz stavkasi samarasi shuni bildiradiki, agarda mamlakatda pul massasi hajmi doimiy deb faraz qilinsa, narxiar o‘sib borayotgan boMsa, bunday holatda aholi va korxonalaming harajatlari uchun
69
ko‘proq pul kerak boMadi. Bu esa pulga boMgan talabni oshiradi, demak uning narxi, ya’ni foiz stavkasi ko'tariladi.
0 ‘z navbatida, yuqori darajadagi foiz stavkasida, aholi va tadbirkor lar o‘z harajatlarini qisqartirib, jamg‘armalarini bankka qo‘yishni afzal ko‘rishadi. Shunday qilib, narxlarning o‘sishi pulga boMgan talabni ko‘paytirib foiz stavkasini ko‘tarilishiga olib keladi va shu tufayli milliy mahsulotning real hajmiga boMgan talabni qisqartiradi.
Boylik samarasi shuni bildiradiki, narxlar darajasini o‘sishi bilan jamg‘arilgan pul aktivlarining (hisoblardagi omonotlar, obligasiyalar) real xarid qobiliyati tushib ketadi. Ya’ni aholi tobora kambag‘allashib boradi va tabiiyki u o‘zining tovar va xizmatlami sotib olishga ketadigan harajatini qisqartiradi. Natijada yalpi talab ham kamayadi.
Import xaridlari samarasi deganda shuni tushunish lozimki, qachonki narxlar darajasi xorijiy narxlarga nisbatan oshib borsa, mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga boMgan talab kama yadi, import mahsulotlariga esa talab esa o‘sadi, ya’ni, milliy mahsu- lotga boMgan ehtiyoj qisqaradi. Va aksincha, mamlakatda narxlar darajasining pasayishi importning kamayishiga va eksportning ken- gayishiga sabab boMadi yoki boshqacha aytganda milliy mahsulotga boMgan talabni oshiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar yalpi talabning narx omillari deb ataladi, chunki milliy ishlab chiqarish real hajmining o‘zgarishi bun day hollarda narxlarning pasayishi yoki o‘sishi bilan bogMiq, hamda yalpi talab egri chizigMning faqat bir yo‘nalishidagi harakatini keltirib chiqaradi. U egiluvchan narx modeli deb ataladi.
Yalpi talabning o‘zgarishiga nafaqat narxlar darajasining tebran ishi, balki bir qator boshqa sharoitlar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Narxga bogMiq boMmagan omillar yalpi talab egri chizigMni o‘ngga yoki chapga siljitadi. Bu omillar narx darajasi (P) ning o‘zgarishiga bogMiq boMmaydi.
ADning siljishi sabablari qanday?
Yalpi talab (AD) ni asosiy makroiqtisodiy tenglama orqali tasav- vur etish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |