Testlar
Falsofka nima?
qog’oz o’rami
qog’oz saqlanadigan joy
qog’oz chiqargich mashina
*d) qog’ozning nomer tartibida sahifalari
e) to’g’ri javob yo’q
Qog’oz va kartonni bukish natijasida qanday buyumlar tayyorlanadi?
paketlar
korovkalar
sumkalar
*d) a,b
e) barcha javob to’g’ri
Kartonni qo’l bilan buklagnda qanday asboblardan foydalaniladi?
mashinalardan
moslamalardan
anjomlardan
*d) yordamchi asboblardan
e) barcha javoblar to’g’ri
Tekislagichning uzunliga necha sm bo’ladi?
a) 10/12 va 2,8 sm
b) 10/15 va 2,3 sm
c) 10,14 va 2,5 sm
*d) 10/13 va 2,4 sm
e) to’g’ri javob yo’q
Pichoqning ishchi dami necha sm bo’ladi?
2-5 sm
5-7 sm
4-6 sm
*d) 3-4 sm
e) 3-5 sm
Bigovka bu….
qog’oz teshiklari
kartonning bir turi
qog’ozning ipi
*d) qog’ozga tushirilgan joy
e) to’g’ri javob yo’q
Qog’ozga qo’lda ishlov berishda asosan qaysi asboblardan foydalaniladi?
qaychi
pichoq
lineyka
*d) a,b
e) a,b,c
Qaychining dam uzunlik tomoni necha sm bo’lishi kerak?
45mm
25mm
35mm
*d) 55mm
e) to’g’ri javob yo’q
Qog’oz va karton bilan ishlashda qaychining necha turidan foydalaniladi?
5 xil
3xil
4xil
*d) 2 xil
e) 6 xil
Bigiz ishchi qismining uzunligi qancha?
50mm
30mm c)20mm
*d) 40mm
e) 45mm
Qog’oz va kartondan xalqa va doiralarni kesuvchi maxsus asbob- bu…
bigovka
falsov ka
falslineyka
*d) krugores
e) falsbeyn
Buklangan qog’ozning chetlari, burchaklarini tiklashda kerakli asbob bu-…
bigovka
falsovka
falslineyka
*d) falsbeyn
e) krugores
Falsbeyn nimadan tayyorlanadi?
suyakdan
plastmassadan
kartondan
*d) a, b
e) a,b,c
Falsbeynning uzunligi necha sm?
1sm
2sm
c) 1,200 sm
*d) 1,213 sm
e) 2,213 sm
Gobeldan qachon foydalaniladi?
kartondan muqovalar qilishda
qog’oz dastalarini qirqishda
kitob bloklarini qirqishda
*d) a,b,c
e) to’g’ri javob yo’q
mavzu: O’quvchilarni kasb-hunarga qiziqtirishda mutafakkirlar merosidan foydalanish.
REJA.
Mutafakkirlar merosining ahamiyati.
Mutafakkirlarning mehnat to’g’risidagi fikrlari.
Halq ppedagogikasining manbalari.
Odam hunarning yaxshi va yomon sifatlarini bilgandagina hunarga oid bilimlarni mukammal egallashi, hunarmandlar ahlini qo’llab-qo’vatlashi mumkin.
Darhaqiqat Sharq mutafakkir allomalari hunar va hunarmandlarga katta e’tibor berganlar. Jumladan, Alisher Navoiy o’z zamonasida zargarlar, kulollar, tikuvchilar kabi turli tuman hunar sohiblarining hammasiga zo’r hafsala, qunt, e’tibor bilan maslahatlar berib, husniga rag’bat ko’rsatib, hamda ularga homiylik qilganlar. Alisher Navoiyning fikricha “Inson bo’lib dunyoga keldingmi? Biron-bir kasbni egalla, hunar o’rgan, shunda dunyodan hammomga kirib toza yuvinib chiqmagan kishidek o’tmaysan”- deydilar.
Shunungdek donishmandlarimiz ugit qilganlarki, vaqtida ilm hunarga muhabbat qo’ying, o’rgatilgan narsalarni yodingizda tuting, ilim hunar o’rganishga chin ixlos bilan kirishing, yoshligingizni bekorga o’tkazmang. Hattoki, ulug’ shayxlarimizning o’zlari ham biror hunar egasi bo’lganlar. Masalan Shayxul Mashoyix Abu Said Xarros etikdo’zlik qilgan. Shayx Muhammad Sakko mashhur pichoqchi, Shayx Hoja Bahouddin Naqshbandiy ajoyib naqqosh bo’lganlar, boshqalarni hunar o’rganishga da’vat etganlar. Hoja Bahouddin Naqshbandiy aytadilar – “Dil bayoru dast bakor” ya’ni “Dilinng ollohda, qo’ling doim mehnatda bo’lsin”.
Insoniyat qadr-qiymatning mehnatda bilimda, hunarga tayanishda, birovga xor bo’lsamlikda deb bilgan Sa’diy shunday ta’lim beradi.
O’z mehnatidan non yegan kishi, Xotam minnatidan ozod yoz-qishi.
Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbai bo’lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan ahloqiy jihat, yaxshilik manbai deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. Halq ppedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o’yib yozilgan hikmatdur” – deb ta’kidlanadi.
“Farzandlarga odob-hunar o’rgatmak merosdur” – deb nasihatqilinadi Qobusnomada “Sen odob, hunar va donishini o’zingdan meros qilgan, toki uning
haqqini bajo kelturmish bo’lgaysan”. Chunki xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo’qdir. Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din yaxshiroq meros yo’qdir. Agar xos odamlarning farzandlari yuz hunar bilsa va lekin hyech kasbni bilmasa ayb emasdur. Hunar esa bir kun ishga yaragusidir. Demak albatta hunar o’rganmoq zarurdir:
O’tay o’g’linga bilan desang agar, Sen o’g’ishdi o’rgatgin ilmu-hunar.
Agarda senda koruncha ham bo’lmasa zar, O’z o’g’ishmingniqoldirmagin behunar.
Hunarning nechog’lik zarur ekanligini qator rivoyatlar, naqllar, ertak dostonlarda ham o’z aksini topgan. “Oltin balqcha”, “Savdogar bilan podachi”, “Sirli gilamcha”, “Baliqchi bola”, “Ikki naqqosh ishi” kabi ertaklar “Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kayui dostonlar shular jumlasidandir.
Hunar egallash ham bir fazilatdir mahoratdir. Hunar egallashda halollik, poklik, sabr-qanoat, matonat, mehnat madaniyatiga rioya qilish muhim rol o’ynaydi
Ota-bobolarimiz ham hunar o’rganishni asosiy vazifa ekanligini o’rgatib kelganlar. Nizomiy Ganjaviy shunday degan:
Hunar o’rgan chunki hunarda ko’p sir, Yopiq eshiklarni ochar birma-bir
Abu Rayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan-avlodga meros bo’lib o’tishini sinchiklab o’rgangan va hunarni yuqori baholagan. U “Hunarmandchilikda, mehnatda to’liq ustozlik sa’natini egallab olishi kerak”, degan fikrni aytadi. Odatda o’sha davrda hunar va tabiiy bilimlar maktablarda o’rgatilmay yakka tartibda berilgan.
Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida.
Shogird etish tanilgan usta qo’lida yakka shogird bo’lish.
Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o’rganiladi.
Halqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni tarbiyalash, otalarimiz izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda mehnat munosabatlarini kamol toptirish, kelajak hayotga tayyorlashni o’zlariga muhim vazifa deb hisoblaganlar. O’z farzandiga kasb-hunar o’rgatgan ustazodalari (usta darajasiga ko’tarilgan farzand) bo’lib yetishganlar. Tanlangan usta hunarmandlar uyida yakka shogirdlikka tushgan bolalar bir necha yil hunarga ta’luqli bo’lmagan yumushlarni ham bajarib yuraverganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |