Birinchidan, Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Ilm-fan sohasida izlanayotgan xotin-qizlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, olima ayollar tajribasini ommalashtirish, ularning ilmiy-tadqiqot va izlanishlar olib borishi uchun sharoit yaratish, innovatsion ishlanmalarini hayotga tatbiq etish va ilmiy to‘plamlarini nashr qilishga ko‘maklashish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ikkinchidan, “O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan. O‘tgan yillarda bu sohada salmoqli ishlar amalga oshirildi, biroq xotin-qizlar manfaatlarini amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi. Xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari yillar davomida faqat turli tadbirlar va yig‘ilishlar o‘tkazish bilan cheklandilar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushgan oilalar, ayollar va qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha samarali ishlar olib bormadilar. Buning oqibatida joylarda ko‘plab muammolar to‘planib qolgan bo‘lib, ularni hal etish uchun aniq manzilli choralar ko‘rilmadi”1.
Uchinchidan, Prezident Sh.Mirziyoev 2018 yil 7 fevralda o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ishlarga mana shunday baho berdi. Bu tadbir oila institutini mustahkamlashga bag‘ishlangandi. Yig‘ilishda mamlakat rahbari tomonidan xotin- qizlar qo‘mitalari faoliyatiga salbiy baho berildi (“qoniqarsiz ahvolda”), shuningdek erta turmush qurish, ajralishlar va xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar olib borilmayotgani qayd etildi.
To‘rtinchidan, XXI asrning boshlanishi jahon xo‘jaligining sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilganligi bilan xarakterlanadi. Iqtisodiyotning globallashuvi ko‘p sohalarni qamrab olganligi sababli mehnat bozorida katta o‘zgarishlar yuz bermoqda va ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlari yangicha namoyon bo‘lmoqda. SHuning uchun ham bu muammoni tadqiq qilish muhim va dolzarb hisoblanadi.
Beshinchidan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Qishloqda uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirish dasturi zamirida o‘n minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish, ana shu keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida mamlakatimiz aholisining faol ishtirokini ta’minlash imkonini berishini unutmasligimiz kerak. Biz mazkur dasturni amalga oshirish vazifasini o‘z oldimizga qo‘yar ekanmiz, bu bilan mamlakatimiz uchun dolzarb
1 Mirziyoyev Sh.M O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 8-mart xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan yig’ilishdagi ma’ruzasi. – Toshkent,2018.
bo‘lgan aholi bandligini ta’minlash, shu tariqa odamlarning daromadini yanada oshirish va hayot sifatini yuksaltirish masalalarini hal etishni ko‘zda tutamiz”2.
Do'stlaringiz bilan baham: |