Tadqiqot ishining obekti va predmeti ayollar migratsiyasi jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni sotsiologik tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, predmeti esa ijtimoiy-demografik qatlam sifatida migratsion jarayonlarda ayollarning ishtirokini sotsiologik tahlil qilish orqali taklif va tavsiyalar berish hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Malakaviy bitiruv ishining asosiy maqsadi ayollar mehnat migratsiyasi jarayonlariga ta’sir etuvchi omillarini sotsiologik tadqiqotlar orqali aniqlash va ma’lum tavsiyalar berishdan iborat. Tadqiqotning vazifasi ayollar migratsiyasiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash uchun sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish va tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |