Iqtisodiy xavfsizlik-iqtisodiy kategoriya bo’lib hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o’sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi.
Milliy xavfsizlik – manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lish va farovonlikka intilish to’g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – har bir davlat, ya’ni dunyo hamjamiyati a’zosining o’z ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti strategiyasini erkin tanlash va amalga oshirish imkoniyatlarining ta’minlangandagi holati.
Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi – ma’muriyat va personal tomonidan amalga oshiradigan huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va injener-texnik chora- tadbirlar tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarning ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holati.
Iqtisodiy xavfsizlikning mezoni - iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtai nazaridan iqtisodiy holatni baholash.
Iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy ko’rsatkichlari – iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarning miqdor jihatdan ifodalanishi.
Tahdid – jamiyat, davlat va ularning subyektlari, alohida shaxsning normal hayot faoliyatiga, ular manfaatlarini ro’yobga chiqarishga to’sqinlik qiladigan, ziyon-zahmat keltiradigan, xavf-xatar tug’diradigan omillar va shart- sharoitlar.
Ichki tahdidlar – mamlakat ichida vujudga keladigan tahdidlar.
Globallashuv – iqtisodiy taraqqiyotning industrial bosqichidan postindustrial bosqichiga o’tish davrining mahsuli bo’lib, jahon hamjamiyatining bugungi kundagi taraqqiyoti bosqichini ifodalovchi jarayon.
Terrror – lotincha “terror” degan so’z “qo’rqinch”, “dahshat” ma’nosini anglatadi.
“Terrorizm” – terrorni amalga oshirish.
Siyosiy terrorizm – siyosiy arboblarga, ular o’tkazayotgan siyosatga, hukumatlarga, ta’sir o’tkazish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar.
Axborot sohasida terrorizm – jamiyat a’zolarining ruhiyatiga, xulq- atvoriga ta’sir ko’rsatish.
Iqtisodiy sohadagi terrorizm – terrroristlarning iqtisodiy manfaatga erishish maqsadida raqiblariga, aholining turli qatlamlari va guruhlariga, davlatlar va ularning boshliqlariga ta’sir o’tkazish.
Ijtimoiy terrorizm – jinoyatchilik miqyoslarining kengayishi, kriminal vaziyatning keskinlashuvi, umumiy ijtimoiy beqarorlikning vujudga kelishi.
Oziq-ovqat xavfsizligi – davlatning mamlakat va uni mintaqalarini oziq- ovqat bilan ta’minlash tizimida turli tabiiy ofatlar favqulotda holatlar natijasida yuzaga keladigan buzilishlarni oldini olishga bo’lgan qodirligini ham ko’zda tutadi.
“Xufiyona iqtisodiyot”- bu jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan tovar moddiy bopyliklar va xizmatlarning xarajati. Alohida fuqarolar va ijtimoiy
guruhlar o’rtasidagi davlat boshqaruv organlaridan yashirinadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi.
Rasmiy iqtisodiyot – bu davlat tomonidan kuzatiladigan va nazorat qilinishi mumkin bo’lgan iqtisodiyot.
YAshirish yoki narasmiy iqtisodiyot – rasmiy hisobotlarda va rasmiy shartnomalarda aks ettirilmaydigan xo’jalik munosabatlari yig’indisi.
“Korrupsiya” – lotincha (sorruptio) so’zidan olingan bo’lib, buzilish degan ma’noni anglatadi. Korrupsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa va xufiyona iqtisodiyotning ko’rinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |