Toshkent– 2021 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Mehmonxonaxo‘jaligimutaxassisi kasbi bo‘yicha O‘quv metodik birlashmasining 2021 yil 23-avgustdagi 4-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
B.I.Mammetova
“Turizmni rivojlantirish instituti” bo‘lim boshlig‘i
N.X.Shaabbasova
“Turizmni rivojlantirish instituti” bosh mutaxassis
Taqrizchilar:
N. V.Ivonina
“Turizmni rivojlantirish instituti” bo‘lim boshlig‘i
O‘quv dasturi umumiy talablari
Dasturnomi
Mehmonxona servisi asoslari
Ajratilgansoat
20
Mavzularsoni
6
Dasturningmaqsadi
Mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalarining servis
faoliyatiga oid nazariy bilim va boshlang‘ich tushunchalarni shakllantirish
O‘zlashtirish (o‘qitish)natijalari
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalarining turlarini farqlash:
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalarining bo‘limlarini o‘rganish;
mehmonxonada faoliyat yuritadigan personal va ularning kasb vazifalarini ajratish;
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalarining asosiy va qo‘shimcha xizmatlarini tahlil qilish;
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalarini tashkil
etishga doir huquqiy hujjatdarni o‘rganish;
Bilimlar
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalari haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lish;
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalarida ishlatiladigan asosiy atama va soha abbreviaturalarini tushunish;
joylashtirish vositalarini tavsiflanishi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish;
mehmonxona xo‘jaligida faoliyat yuritadigan personal va uning vazifalarini o‘rganish;
mehmonxona sohasiga doir huquqiy hujjatlarni o‘rganish;
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalarining asosiy va qo‘shimcha xizmatlari;
joylashtirish vositalarining tashkiliy tuzilmasi va bo‘limlari
faoliyati;
Ko‘nikmalar
kasbiy faoliyat mobaynida soha atamalaridan foydalanish;
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalarini farqlash va ular haqida mijozlarga ma’lumot berish;
mehmonxona va boshqa turdagi joylashtirish vositalarining asosiy va qo‘shimcha xizmatlarini ajratish, kasbiy faoliyat mobaynida
mijozlarga ular haqida batafsil ma’lumot berish;
sohani tartibga soluvchi huquqiy hujjatlardan to‘g‘ri foydalanish;
nazariy bilimlarni kasbiy faoliyatda qo‘llay olish.