Respublikasi oliy va o’rta maxsus


IV. Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi mahoratining shakllanishining asosiy bosqichlari



Download 50,81 Kb.
bet6/8
Sana16.12.2022
Hajmi50,81 Kb.
#887876
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BOSHLANG`IH SINF O‘QITUVCHISI

IV. Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi mahoratining shakllanishining asosiy bosqichlari.


Biror kasbning ustasi bo‘lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma'lum jismoniy va ruxiy xislat jo bo‘lishi zarur.
O‘qituvchilik kasbini egallash uchun avvalo bolalarn sevish, ularni tushunish, harakterlarini bilish zarur. O‘qituvchi bu narsalardan tashqari izlanuvchan, o’z ustida ishlaydigan, ijodkor bo‘lishi kerak, chunki o’quvchilarga ta'limni sodda fikrlar orqali yetkazish kerak.
O’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olishi, o’quvchilarda mustaqil fikrlashga qiziqish uygotish uchun, darsni qanday tushuntirishni ijod qilib yaratadi.
O‘qituvchi zarur xollarda o’quv materialini o’zgartirishi, qiyin narsalarni oson, murakkab narsani oddiy qilib tushuntirishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi izlanishi qanday usullardan foydalangan bo‘lishini aniqlab olishi lozim. Darsni bir xil usulda olib borilishi bolalarni zeriktirib qo’yishi mumkin. Shuning uchun turli ko’rgazmali qurollar, turli o’yinlar bilan dars uslubini o’zgartirish kerak.
Pedagogik faoliyat o’z mohiyatiga ko’ra ijodiy harakterga ega. Ma'lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka extiyoj tug’iladi. O‘qituvchining faoliyati ana shundaydir.
Pedagogik ijodkorlik manbai-bu pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga juda boydir.
Ilg’or pedagogik tajriba deganda biz o‘qituvchining o’z pedagogik vazifasiga ijodiy yondashishni, o’quvchilarning ta'lim tarbiyasida yangi samarali yul va vositalarni kidirib topishni tushunamiz.
Ilg’or pedagogik tajriba o‘qituvchi tomonidan kullanadigan ish shakli va usulida, uslub va vositalaridir. Ular vositasida o’quv - tarbiyaviy ishlarda eng yuqori natijalarga erishadi. Ilg’orp pedagogik tajribani o’rganish unga asoslanib yangi pedagogik xodisa va qonuniyatlarini ochish o’quv tarbiya jarayoniga yaxshi, sifatli o’zgarishlar kiritadi, o’quvchilaring bilim faoliyatini boshqarish yangi ko’rinishidagi o’quv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab bo’ladi. Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchi fakatgina bolalarni muvoffakiyatli o‘qitish va tarbiyalash, ilg’or o‘qituvchilar ish tajribalarini o’rganish bilangina cheklanib kolmay, tadkikotchilik kunikma va malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Xozirgi zamon fan va texnika tarakkiyoti o‘qituvchining ijodkor bo‘lishini, fannin muxim muammolarini erkin fikirlay olishi, nixoyat o’quvchilarni ham ijodiy fikrlashga ham, tadkikot ishlariga urgata olishini talab qiladi. Shuning uchun o‘qituvchi avvvalo tadkikotchilik malakalarini egallashi zarur. O‘qituvchi ilmiy tadkikot ishlarini olib borish davomida omillarni tuplaydi, taxlil qiladi, ular asosida xulosalar chikaradi.
O‘qituvchi pedagogik mahoratini shakllantirishda ilg‘or pedagogik tajribalarga tayanish yaxshi natijalarga olib keladi.
Dars jarayonida asosiy tashabbus o‘qituvchi qo‘lida bo‘ladi. U darsini tez-tez o‘tish, ko‘proq bilim berish bilan mashg‘ul, lekin sinfda bu ma'lumotlarni barcha o‘quvchi turli tarzda qabul qiladi, ularning hoxish istaklari turlicha, ular passiv eshituvchi, quloq soluvchi, bu hodisalar o‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi mas'uliyatini, javobgarlik hissini susaytiradi. Bu hol ularni erkin fikrlash, mustaqil o‘ylash imkoniyatidan mahrum etadi. Shuning uchun tarbiyani samarali chiqishini maqsad qilgan ekanmiz, bu jarayonda o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta'lim jarayonini sub'ekti bo‘lishi kerak, ya'ni o’qish, o‘rganish, mutolaa qilish o‘quvchi zimmasida bo‘lishi kerak. O‘qituvchi esa o‘quvchini o’qishga o‘rgatishda, bilim berishda o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga ko‘maklashishi, mas'uliyatni sezishga o‘rgatishi kerak. Ilm - quyosh, o‘quvchi nihol, o‘qituvchi esa quyosh nurini niholga eltuvchi zarrachadir. Har bir dars tarbiyaviy rivojlantirishi uchun uchta maqsad qo‘yiladi. Darsni tashkiliy shakli uning qatnashchilarining o‘zaro aloqalariga bog‘liq bo‘lib ta'lim metodlariga va o‘quv imkoniyatlariga bog‘liq. Bunga erishish uchun o‘qituvchi rag‘barligida o‘qituvchi bilan o‘quvchi birgalikda faoliyat yuritishlari kerak. Bu o‘quv jarayonining talab darajasida bo‘lishi o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq. O‘quv jarayonini boshqarish faoliyati, bilim faoliyatidan iborat. o‘quv jarayoniga bunday yangicha qarashning tub mohiyati shundaki o‘qitishda ichki motivatsiyadan, ya'ni idrok, ichki tuyg‘u diqqatni tortish, istak, mas'uliyatdan foydalanish ahamiyatda molikdir. O‘quvchi bilim olishga intilishi, o’qishi, o‘rganishi ularning ichki ehtiyojlariga aylanishi, real hayotga kirib borishi, dunyoni anglashi kabi hislatlariga o‘qituvchi mas'uldir. o‘qituvchilardan o‘quvchilarda tashabbuskorlik, mustaqqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o‘zlashtirishni, zarur malaka va ko‘nikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni tafakkur va bog‘lanishli nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik prinsip bu ta'limdagi faoliyatdir. Bunday tizimda o‘quvchi ham o‘qituvchi ham ta'limni tarbiya jarayonida birgalikda mas'uldir. Ular birgalikda har bir o‘quvchini bilim va qobiliyatini, individual ehtiyojlarini aniqlaydilar. Bunday holatda o‘chituvchi faqat "baholovchi" emas, balki yangi bilimlar beruvchi, yetkazuvchi manbaga aylanadi. Mahoratli o‘qituvchi darsni quyidagi uslublarda o‘tishi mumkin: ma'ruza, o‘zicha o’qish, audio-video orqali o’qish, ko‘rgazma, namoyishlar orqali o’qish, bahs munozara orqali o’qish, o‘quv jarayonini amaliyotga bog‘lash, bir-birini yakka tartibda o‘qitish.
Pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o‘zlashtirish, uni amaliyotga qo‘llash uch yo‘nalishda olib boriladi.Pedagogik- neologiya, bunda pedagogika sohasidagi har qanday yangiliklar o‘rganiladi.Pedagogik - aksiologiya, pedagogik yangiliklar ichidan samaralisi tenglanadi.Pedagogik - transologiya, bunda tanlab olingan pedagogik yangiliklar amaliyotda qo‘llaniladi.
O‘qituvchining mahorat bilan dars o‘tishi, darsni tushuntirish g‘oyalari asosida o‘qituvchining bolalar bilan o‘zaro harakati tushuniladi, sinfda psixologik birlik yaratish har bir metodik yondashuv uchun o‘ziga xos muloqot yo‘lini tanlab borish kabilar kiradi. Ta'lim jarayoniga yangicha yondoshish, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina, ta'lim samaraliingi bosqichga ko‘tariladi, ya'ni bolaning talabi, moyilligi, istak-hoxishi uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi;o‘quvchining o‘quv mehnatiga mas'uliyati, javobgarligi va burchi oshadi;bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;u umr bo‘yi o‘z bilimini boyitishga ishonch paydo bo‘ladi;erkin fikrlash malakasi shakllanadi;Shaxs jamiyatda o‘zining o‘rnini tezroq topib olishga muhit yaratadi.
O‘quvchilarda har tomonlama o‘zi jamoada erkin tutish ko‘nikmalari, to‘g‘riso‘zlik, fikrini to‘la, to‘g‘ri bayon etishga o‘rganishda o‘qituvchining o‘rni muhimdir. O‘qituvchi bunday tarbiyani berishda ajdodlarimiz boy merosidan foydalanishi juda foydalidir. Ajdodlarimizning yurt-tinchligi, farovonligi yo‘lida qilgan mislsiz qahramonliklari, mardliklari haqida gaprib berib o‘quvchilarni hamisha shunday bo‘lishga chorlash kerak. Bunday hikoyalar o‘quvchilarda g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi, ular hali bobolari kabi erkin, to‘g‘ri so‘z, mard bo‘lishlariga undaydi.
Bugungi kunda muallim uchun eng muhim fazilat sadoqatdir. O‘z fanini chuqur bilgan va bolalarni chin dildan yaxshi ko‘rgan muallimgina ta'lim ishida muvaffaqiyatga erishishi mumkin.

Download 50,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish