Auditorlik dalillarini to'plash vositasi sifatida tanlash va umumlashtirlgan dasturiy
ta'minot sharhi
Auditda tanlash ichki nazoratni va schetlar qoldiqlarini hamda ularning tasdiqlanganligini tekshirish uchun foydalaniladi va tekshirlayotgan hisobot davrida amalga oshirilgan operatsiyalarni barchasini to'1iq tekshirish imkoni bo’lmaganda qo'llani1adi. Chunki moliyaviy hisoboti tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hajman kattaligi va ularda sodir bo'lgan muomalalarning murakkabligi hamda qo'pligidan, mazkur muomalalarni tekshirish iqtisodiy jihatdan imkonsiz hisoblanadi. Auditor hujjatlarni tekshirish, hisob — kitoblarni takror bajarish yoki tasdiqlarni jo'natish kabi amallarni bajarganda tanlash usullaridan foydalanish maqsadga muvofik bo'ladi. Shuningdek, shuni ta'kidlash lozimki boshqa auditorlik amallaridan, jumladan so’rov, ko'zatish va ko’pchilik tahliliy amallaridan foydalanishda tanlashdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi.
To’1iq auditorlik tekshiruvi tanlashni o'z ichiga oladi, chunki auditor hisobot davrida amalga
oshirilgan barcha operatsiyalarni to’liq tekshirish imkoniyati mavjud emas. Lekin auditor schetlar qoldiqini tashkil etadigan asosiy hajimning batartibligi (akkuratnost) xaqida xulosalar qilishi lozim. Har bir auditorlik tekshiruvida ichki nazoratni testlash yoki schetlar qoldig'ini bevosita tekshirish uchun tanlab olishning ayrim shakllari mavjud bo'ladi, chunki auditor doimiy ravishdan mumkin qadar etarlicha ishonchli dalillar yig'ishga xarakat qiladi. Auditor bosh to'plam to’g’risida ishonchli xulosa chiqarish uchun riskni pasaytirmoqchi bo'lsa tanlash bosh to'p1am uchun reprezentativ bu1mog'i kerak. Tanlashning reprezentativ bo'lish ehtimolini oshirish uchun u etarlicha miqdorga ega bo'1gan va muvofiq keladigan bosh to’plamdan olinishi lozim.
Auditning umumlashtirilgan dasturiy ta'minoti (AUDT). Bu dasturiy ta'minotlar aynan auditorlar uchun ishlab chiqilgan. AUDTdan 100% muvofiq bosh to'p1amnini testlashni soddalashtirish va avtomatlashtirish uchun foydalanish mumkin, u shuningdek, auditorni risk yuqori bo'lgan ma'lum soxalarga yoki operatsiyalar toifasiga e'tiborni qaratishga yordam beradi. AUDT dasturiy ta'minoti ma'1umot1arni o'qish, ishlov berish va yozish uchun yaratilgan. Auditorlar AUDTdan mijozning kompyuterlashtirilgan ma'lumotlarini yuklab olishda foydalanishlari mumkin: shundan keyin dasturiy ta'minot ma'1umot1arga nisbatan ko'p yo'11ar orqali ulanishi mumkin. Masalan, ma'lumotlar ko'rib chiqilishi, ajratilishi, umumlatirilishi, stratifikatsiyalanishi, tahlil qilinishi va tanlab olish uchun foydalanilishi mumkin. Auditorlarni qiziqtiradigan AUDTning boshqa funktsiyalari tarkibiga dublikat elementlarni, jumladan dublikat schet —fakturalar, sanalar orasida uzilishlar va chek nushalari ma'lumot1aridagi uzilishlarni aniqlashni o'z ichiga oladi. Amaliyotda siz AUDTni hammaga ma'lum bo'lgan Excel elektron jadvaliga o'hshatishingiz mumkin, lekin auditorlar Excel jadvallaridan ham AUDTga qo'shimcha ravishda foydalanishadi. Bugungi kunda AUDT, Excel elektron jadvallari va ma'lumot1arni boshqarishning boshqa zamonaviy vositalaridan deyarli hamma auditorlik tekshiruvida foydalaniladi.
17-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |