Respublikasi oliy va o'rta maxsus



Download 5,65 Mb.
bet65/287
Sana21.07.2022
Hajmi5,65 Mb.
#834915
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   287
Bog'liq
Аудит УМК 19.09.2019

10-MAVZU:TAHLILIY AMALLAR
10-MAVZU: TAHLILIY AMALLAR


REJA:

  1. Auditda tahliliy amallar tushunchasi va ularni qo'llash maqsadlari 2.Tahliliy amallarning turlari va ularni tekshiruvda qo'1lash tartibi 3.Auditorlik dalillarini to'plashda qo'llaniladigan tahliliy amallar tavsifi



Tayanch so'z va iboralar: Tahliliy amallar, moliyaviy hisobot, hisobot moddalari, gorizontal tahlil, vertikal tahlil, muqobil balans, nisbiy ko’rsatkichlar, auditorlik dalillarni to'p1ash amallari, rejalashtirish amallari, auditorlik tanlash



    1. Auditda tahliliy amallar tushunchasi va ularni qo'llash maqsadlari

Tahliliy amallar — bu muhim koeffitsientlar va yo'nalish1arni, jumladan bundan kelib chiqadigan boshqa tegishli ma'lumotga izchil bo'1magan yoki istiqbolliy belgilangan summalardan farqlanadigan chetga chiqishlar va o’zaro bog'liq1ik1arni tahlil qilish. Tahliliy amallarga Auditning Xalqaro Standartlarida keng to'xta1ib o'ti1gan bo'lib, aloxida №520 Tahliliy amallar nomli bo'1im ajratilgan. Unda keltirilishicha, tahliliy amallar quyidagi maqsadlarda qo'1laniladi:

  • boshqa auditorlik amallarning tavsifi, muddati va hajmini rejalashtirishda auditorga yordam berish uchun;

  • moliyaviy hisobotning aniq belgilangan tasdiqlari bo'yicha aniqlab bo'lmaslik tavakkalchiligi pasayganda, mufassal testlarga qaraganda qo’llanishi samaradorliroq va oqilona bo'lgan mohiyati bo'yicha amallar;

  • auditning oxirgi, sharxlanadigan bosqichda moliyaviy hisobot bo’yicha umumiy sharhlash sifatida.

Tahliliy amallar, shuningdek, sub’ekt faoliyatiga asoslangan masalan, yalpi foydaning foiz nisbati, istiqbolliy namunaga muvofiq bo'lishi kutilayotgan moliyaviy ma'lumotlar elementlari o'rtasidagi xamda moliyaviy ma'lumot va tegishli ravishda moliyaviy tavsifga ega bo'1magan ma'lumot, masalan, ish haqi bo'yicha xarajatlar va xodimlar soni o'rtasidagi o’zaro bog'1iq1ikni ko'rib chiqadi.
Auditor tahliliy amallarni qo'11ashda foydalaniladigan ma'1umotlami tayyorlashda nazorat test sinovlaridan, agar bu mavjud bo'lsa, o’tkazish to’g'risida masalani ko’rib chiqishi lozim. Agar bunday nazorat samarali bo'1sa, auditor ma'1umot ishonchligi va binobarin, tahliliy amallar natijalariga ko'proq ishonch hosil qiladi. Moliviy bo’lmagan ma'1umot bo’yicha nazorat ko’pchilik holatlarda buxgalteriya hisobiga taaluqli bo'lgan nazorat bilan birgalikda test sinovidan o’tkazilishi mumkin. Masalan, sub’ekt tomonidan sotilgan tovarlar bo'yicha hisobvaraq fakturalarga ishlov berish yuzasidan belgilangan nazorat sotilgan mahsulot birligini hisobga olishni yuritish yuzasidan nazoratni xam qamrab olish mumkin. Bunday vaziyatlarda, auditor sotilgan birliklar hisobi yuzasidan nazorat testlarini sotilgan tovarga oid hisobvaraq faktura moddalarini qayta ishlash yuzasidan nazorat testlari bilan birga o’tkazishi mumkin. Auditorlik dalillarni to’plash maqsadida test o’tkazish uchun moddallarni tanlab olish darkor. Buning uchun Auditorlik amallarni ishlab chiqishda auditor test sinovlarini o’tkazishda moddalarni ajratib olishning tegishli usullarini aniqlashi lozim. Ushbu usullar quyidagilardan iborat:

  • hamma moddalarni ajratib olish (100% tekshirish);

  • aniq belgilangan moddalarni ajratib olish;

  • auditorlik tanlab olish.

Qaysi yondashishdan foydalanish yuzasidan qaror qabul qilish vaziyatlarga bog'liq, bunda muayyan vaziyatlarda yuqorida qayd etilgan usullarning bir yoki birligigini qo'11ash o’rinli bo'1ishi mumkin. Bir yoki birlik usullarini tanlash yuzasidan qaror qabul qilish to’g’risida qaror auditorlik tavakkalchiligi va oqilona audit qabul qilinsa xam, auditor test vazifalariga javob beradigan etarli bo'lgan auditorlik dalillarni taqdim etishda qo’11ani1adigan usullar samarali ekanligiga ishonch xosil qilishi lozim. Shuni alohida e'tibordan chetda qoldirmaslik joizki, auditorlik dalillarni olishda tavakalchilikni hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Chunki, dalillar olish jarayonida auditor
auditorlik tavakkalchiligiga baxo berish va tavakkalchilikni maqbul bo'lgan past darajagacha pasaytirishga qaratilgan qaratilgan auditorlik amallarini ishlab chiqish uchun kerakli bo'1gan kasbiy muloxazalardan kelib chiqish zarurdir.
Moliyaviy hisobot auditida tahliliy amallarni qo’llashning tartibga soluvchi me'yoriy asosi bo'lib 13-sonli “Auditda tahliliy amallar” deb nomlanuvchi auditorlik faoliyatining milliy standarti bo'lib hisoblanadi. Ushbu standartga asosan tahliliy tadbir o'z ichiga quyidagilarni oladi:

  • xo'jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotlari ko’rsatkichlarini uning rejadagi ko'rsatkich1ari bilan solishtirish;

  • moliyaviy hisobotlarning amaldagi ko’rsatkichlarini auditorlik tashkiloti tomonidan belgilangan prognoz ko'rsatkichlari bilan solishtirish;

  • moliyaviy hisobot ko'rsatkich1arini amaldagi qonunchilik va me'yoriy hujjatlar yoki xo'jalik yurituvchi sub’ektlarning o'zi tomonidan belgilanadigan me'yoriy hujjatlar bilan solishtirish;

  • moliyaviy hisobot ko'rsatkich1arini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ko’rsatkichlar bilan solishtirish;

  • moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini tarmoqning o’rtacha ma'1umotlari bilan solishtirish;

  • moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining vaqt o'tishi davomida o'zgarishlari va ular bilan bogliq bo'lgan nisbiy koeffitsientlar tahlili.

Tahliliy amallarning turi ularni o'tkazish maqsadi, ularni o'tkazish uchun zarur bo'lgan axborotga erishish imkoniyati va unga moslikka, xo'jalik yurituvchi sub'ektning faoliyat turiga bogliq bo'ladi.
Xo'jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti fakt ko’rsatkichlarini u tomonidan belgilangan reja bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti:

    • Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qo'llani1adigan rejalashtirish uslubiyatini baholashi;

    • Reja ko’rsatkichlariga binoan hisobot davri moliyaviy ko’rsatkichlari mijoz tomonidan o'zgartiri1maganligiga ishonch hosil qilishi kerak.

    • Moliyaviy hisobotning fakt ko’rsatkichlarini mustaqil belgilangan prognoz ko'rsatkichlar bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti o'z taxminlarini shakllangan tamoyillar asosida belgilaydi.

Hisobot va me'yoriy ko’rsatkichlar negizida har xi1 turdagi koeffitsientlar va foizli nisbatlar hisob-kitobi samarali hisoblanadi. Koeffinientlarni tanlash, ularning hisob-kitoblari usullarini va hisob-kitob vaqti davrlarini tanlash me'yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Ehtimoliy tavakkalchiliklar sohalarini aniqlash usullari:

    • Joriy davr nisbiy ko'rsatkichlarining tahlili;

    • Turli davrlarda xo'jalik yurituvchi sub'ekt uchun hisoblab qo'yilgan nisbiy ko’rsatkichlar o'zgarishining tahlili;

    • Nisbiy ko’rsatkichlar bir necha turining o'zgarish1arini solishtirish.





    1. Download 5,65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish