Tayanch so'z va iboralar: Auditorlik dalillar, ularni oldiga qo‘yi1gan talablar, auditorlik dalil turlari, dalillarni olish manbalari, dalillarni to‘p1ash ketma-ketligi, auditorlik amallari va dalillari o‘rtasidagi bog‘1iqlik, dalillarni olish usullari, auditorlik dalillaridan auditning tekshiruv ishi natijalaridan foydalanish.
Auditorlikdalillartushunchasivaularningturlari
Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko'rsatkich1ariga, shuningdek ularni olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo'yi1adigan talablar № 50 — «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish chog’ida qo’llashi majburiydir.
Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi amallarni bajarish natijasida etarli auditorlik dalillarini to'plashi lozim:
4 schyotlar bo’yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to’g'ri aks ettirilishini batafsil tekshirish:
4 tahliliy amallar:
S ichki nazorat vositalarini tekshirish;
Auditorlik dalillarni to'plash uchun zarur bo'1gan auditorlik amallari va ularning hajmi audit dasturida ko'rsatiladi.
Auditorlik dalillar — bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to'plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz — korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo'1ib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to’g'risida auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi.
Ushbu ta'rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko’rib chiqamiz.
Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma'lum fakt to’g’risida ma'1umotlar olish jarayoni tushuniladi.
Axborot — xo'jalik faoliyatidagi faktlar to’g'risidagi xabarlar to'plamidir. Mijoz korxona — auditorlik xizmati ko'rsatilayotgan xo'jalik yurituvchi subekt.
Uchinchi shaxsla—r auditor yoki mijoz korxona bilan u yoki bu tarzda aloqador bo'lgan va
bu aloqadorlik auditor fıkriga jiddiy ta'sir ko’rsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxslardir.
Tahlil qilish — bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida faktlarning auditor tomonidan mushohada qilinishi va o'z fikrini shakllantirishi.
Auditorlik tekshiruvlarining asosiy maqsadi xo'jalik yurituvchi subektlar buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligi to’g’risida auditorning mustaqil bildirilgan fikridan iborat. Buning uchun auditor hisobotning ishonchliligi yoki uning ishonchliligini rad etish to’g’risidagi asosli fıkr bildirishga imkon beradigan dalillarni to’plashi zarur.
Ishonchlilik — moliyaviy hisobot ma'lumotlarining ulardan malakali foydalanuvchilarga xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining natijalari to’g’risida to g'ri xulosalar qilishga va ushbu xulosalarga asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradigan darajasi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, bu auditorlik dalillar qanchalik ishonchga sazovar va haqiqatga yaqin ekanligini tavsiflaydi. Audit jarayonida olingan dalillarning ishonchliligi mustaqillik va manba kompetentligi, ichki nazorat tizimining samaradorligi kabi omillarga bog'1iq. Auditorning o'zi mustaqil manbalardan olgan dalillarning ishonchlilik darajasi xo'ja1ik yurituvchi subektdan olingan dalillarga
qaraganda yuqoriroq. Barcha dalillar yig'indisini faqat so'ngi1ari etarli bo'lganidagina ishonchli deb hisoblash mumkin.
Dalillarning etarliligi ularning miqdori va sifati bilan belgilanadi. U tanlash ko'1ami va to'plamdagi muayyan elementlarning tavsifi bilan bog'liq. Axborotlarning samaradorligi esa tanlash elementlarining reprezentativligi (bosh to’plamning o'rgani1ayotgan belgilar bo'yicha xususiyatlari tanlama to'plamda namoyon bo’lishi)ga bog'1iq, ya'ni reprezentativlik qancha yuqori bo'lsa, auditorlik riski shuncha past bo'1adi. Auditorlik risklarini pasaytiruvchi dalillarning etarliligi to’g'risida auditor ichki nazorat tizimini baholash va auditorlik riskining hajmiga asoslanib xulosa qilishi mumkin. Ichki nazorat tizimi qanchalik ishonchli va auditorlik riski qanchalik past bo’lsa, auditordan shunchalik kam dalil-isbotlar to'plash talab etiladi.
Dalillarning etarliligini aniqlashda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur: mustaqil manbalar (uchinchi shaxs1ar)dan olingan dalillarning mijoz-korxona xodimlaridan olingan dalillarga nisbatan ishonchliroq ekanligi; auditorlik tashkilotining mustaqil tekshiruvi yoki tahlili natijasida olingan ma'lumot1arning uchinchi shaxslardan olingan ma'1umotlarga qaraganda ishonchliroq ekanligi; hujjatlar va yozma ko'rsatma1ar shaklidagi auditorlik dalillarining og'zaki ko'rsatmalarga qaraganda ishonchliroq ekanligi. Nihoyat, turli manbalardan olingan dalillardan foydalanish natijasida qilingan xulosalarni taqqoslash imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Amaldagi standartlarga muvofiq auditorlik baholash uchun zarur ma'lumot1ar miqdori qat'iy chegaralab qo'yilmagan. Shu boisdan auditor o’zining professional fikriga tayangan holda xo’jalik yurituvchi subekt moliyaviy hisoboti-ning ishonchliligi to’g’risida xulosa tuzish uchun zarur bo'ladigan ma'lumotlarning miqdori haqida mustaqil qaror qabul qilishi lozim. Auditorlik dalillarining o'z vaqtida to’planishiga alohida e'tibor berish zarur. Aks holda ular oshiqcha va keraksiz bo'1ib qoladi. O'z vaqtidalik har bir auditorlik dalilining tekshirilayotgan davrga bevosita taalluqliligi yoki mijoz-korxona faoliyatining hisobot tuzilganidan so'ng, ammo auditorlik xulosasi tuzilishidan oldin sodir bo'1gan ma'lum bir jiddiy hodisalariga taalluqli ekanligidan ham iboratdir. To’plangan dalillar tekshirilayotgan hisobot tuzilgan sanaga qanchalik yaqin bo’lsa, ular shunchalik ishonarli bo'ladi.
Agar xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi dalillar mijoz korxona ma'muriyatiga auditorlik xulosasi soliq organiga topshirilmasdan oldin taqdim etilgan bo'1sa, u holda buxgalteriyada hisobotlarga zarur tuzatishlarni kiritish imkoni bo'ladi. Agar hisobot soliq organiga topshirilganidan so'ng audit o'tkazilsa, tuzatish kiritish imkoni yo'q, lekin joriy davrda aniqlangan xato kamchiliklarni o'z vaqtida tuzatish mumkin.
Auditorlik tekshiruvlarining asosi auditorlik dalillarini topishdan iborat. U ma'1umotlarni to'plash, moliyaviy hisobotning ishonchliligi (yoki ishonchsizligi)ni, moliya-xo’jalik muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritishga oid belgilangan qoidalar va nizomlarga muvofiqligi-ni va shu bilan birga auditorlik xulosasi tuzish uchun auditorning shaxsiy fikrini shakllantirish maqsadida ularni umumlashtirish va baholashni nazarda tutadi.
Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to'planadigan dalillar turli-tuman bo'lib, ular turi, manbasi va olinish usullariga ko’ra turkumlanadi.
Yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar) og'zaki shakldagi dalillarga qaraganda ishonchliroq bo'1ishi mumkin.
Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko'ra ichki, tashqi va aralash dalillarga bo'1inishi mumkin. Ichki auditorlik dalillar xo'jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og'zaki ko’rinishda olingan ma'1umotlarni o'z ichiga oladi.
Tashqi auditorlik dalillar uchinchi tomonlardan yozma ko'rinishda (odatda auditorlik tashkilotining yozma so'rovi bo’yicha) olingan ma'1umot1ardan iborat.
Aralash auditorlik dalillar xo'ja1ik yurituvchi subektdan yozma yoki og'zaki ko'rinishda olingan va uchinchi tomon yozma ravishda tasdiqlagan ma'1umotlarni o'z ichiga oladi.
Auditorlik dallillar olinish usuliga ko'ra quyidagicha turkumlanadi: a) faktlarni tasdiqlash yo’1i bilan olingan dalillar; b) hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash yo’1i bilan olingan dalillar; v) maxsus o’tkazilgan tahlil natijasida aniqlangan dalillar.
Faktlarni tasdiqlash mulklar va majburiyatlar muayyan turlarining mavjudligini aniqlashdan
iborat. Bu xo'jalik faoliyatidagi faktlar bo'lib, ularni fakt-vaziyatlar deb hisoblash mumkin; ular zamonaviy auditning ajralmas qismi hisoblangan inventarizatsiya yo’1i bilan aniqlanadi.
Hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash moliyaviy hisobotni va hisob registrlarini to'1dirish uchun asos bo’lgan dastlabki hujjatlarni tekshirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bularga tannarxni asossiz ravishda oshirib yuborish yoki tovarsiz operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog'1iq operatsiyalar misol bo'lishi mumkin. Shuningdek, bitta hujjatning turli nusxalaridagi yozuvlarining bir-birlariga mos kelmaslik holatlari.
Maxsus o'tkazilgan tahlil natijasida faktlarni aniqlash hujjatlarda keltirilgan ma'lumot1arni mantiqiy joylashtirish va matematik hisob-kitob qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday argumentlash ratsional deb nomlanadi va u audit jarayonida salmoqli o'rin tutadi. Masalan: 1) 2910-
«Omborlardagi tovarlar» schetida korxona mulki hisoblangan tovarlar hisobga olinishi lozim; 2) auditor ushbu tovarlar uchun korxonaning mulkiy huquqi mavjudligini aniqlashi zarur; 3) taqdim etilgan hujjatlar (shartnomalar, tovarlar hisoboti, bank ko’chirmalari) va mulkiy huquqning korxonaga o’tgan paytini aniqlash asosida auditor tovarlarning egasi haqida xulosa qiladi.
Auditor fikriga birinchi argument ko’proq ta'sir ko'rsatadi. Haqiqatda 2910-«Ombor1ardagi tovarlar» schetida qoldiq sifatida ko'rsatilgan tovarlar yo'q bo’lsa, hech qanday fikr-mulohazaga o'rin qolmaydi. So'ngra uchinchi va to’rtinchi argumentlarni ahamiyatliligi bo'yicha ko’rsatish mumkin.