Uzoq muddatli majdburiyatlar — uzoq
muddatli majburiyatlar korxonaning bir yildan ortiq (12 oydan ko'p bo'lgan) bo'1gan
muddatda to'1anishi lozim bo'1gan qarzidir. Uzoq muddatli majburiyatlar o'z ichiga
obligatsiyalar va ipoteka qarzlarini oladi.
Uzoq muddatli majburiyatlarning murakkabroq turi ta'minlangan ipoteka obligatsiyasi, qaytarib sotib olish huquqi, moliyaviy fyucherslar, derivativlar, optsion va rejalashtirilmagan boshqa moliyaviy instrumentlardir.
Favqulodda zararlar
Extraordinary losses
Chrezvichaynie ubitki
Favqulodda zararlar — bu xo'jalik yurituvchi
sub'ekt1arning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga keladigan va ro'y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlardir.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar
Income from financial activity
Doxodi ot finansovoy deyatelnosti
Tekshirilayotgan mijoz-korxonaning olingan
royaltilar va kapital transferti, O'zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo'ja1ik yurituvchi sub'ekt1ar faoliyatida ulush qo'shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo'jalik yurituvchi sub'ektga tegishli qimmatli qog'oz1ar bo'yicha daromadlari, mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to'1ovini o1ish)i, valyuta schyotlari, shuningdek chet e1 valyutalaridagi muomalalar bo'yicha ijobiy kurs tafovutlari, sarflangan (qimmatli qog'ozlarga, sho”ba korxonalarga va hokazolarga) mab1ag'larni qayta baholashdan olingan daromadlari va moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa
daromadlarining jami yig'indisi tushuniladi
Favqulodda foyda
Extraordinary gain
Chrezvichaynie pribil
Tekshirilayotgan mijoz-korxonaning
favqulodda foyda moddalari — bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo'1gan hodisa yoki xo'jalik yurituvchi sub'ektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi muomalalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydasidir.
Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar
Financial operating expenses
Finansovie rasxodi
Tekshirilayotgan mijoz-korxonaning
moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlari deganda O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo'yicha, shu jumladan to'lov muddati o'tgan va uzaytirilgan ssudalar bo'ycha to'1ovlar, mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari, chet el valyutasi bilan muomalalarga doir salbiy kurs
tafovutlari bo'yicha zararlar, sarflangan
(qimmatli qog'oz1arga, sho”ba
korxonalarga va hokazolarga) mab1ag'1arni qayta baholashdan ko'rilgan zararlar, o'z qimmatli qog'oz1arini chiqarish va tarqatish bilan bog'liq xarajatlarining jami yig'indisi tushuniladi
Nazorat amallari
Control activities
Kontrolnie
deystviya
Nazorat amallari - korxona xodimlari
tomonidan bajariladigan maxsus tekshiruvlar.
Nazorat muhiti
Control environment
Kontrol
okrujayushchey obstanovki
Nazorat muhiti - korxonada ichki nazorat
uchun qulay bo'1gan o’zaro xizmat munosabatlarini aniqlaydigan belgilar yig'indisidir;
Riskni baholash
Risk assessment
Otsenka riska
Riskni baholash — Tadbirkorlik sub’ekti va
uning faoliyati muhitini, jumladan, ichki nazoratini tushunish, firibgarlik yoki xato sababli muhim buzib ko’rsatish riskini moliyaviy hisobot va taqdimnomalar darajalarida aniqlash va baholash uchun bajariladigan audit tartib-taomillardir.
Auditorlik riski
Audit risk
Auditorskiy risk
Auditorlik riski — bu auditorlik tekshiruvi
natijalari bo'yicha auditorlar tomonidan sub’ektiv aniqla-nadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiq- langanidan so'ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo'q bo’lgan-
da, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir.
Nazorat riski
Control risk
Konrolniy risk
Nazorat riski — bu korxonaning mavjud va
muntazam qo'llani1ib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyat-ga ega bo'lgan kamchiliklarni o'z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko'rsatkichdir.