Mahsulotlarni pishirish. Sabzavot mahsulotlari asosan pishirib iste’mol qilinadi. Ular qaynatiladi, qovuriladi. Mahsulot tarkibida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi. Qaynatib pishirilganda oziqa moddalarining bir qismi suyuqlikka o‘tadi. Qovurilganda qayla yoki yog‘ga o‘tadi. Pishirilish natijasida
2 9
vitaminlarning bir qismi nobud bo‘ladi. Mahsulot isitilgach, qaynatilgach, yumshoq holga keladi. Mahsulotlar qovu- rilganda kuydirib yuborish darajasida bo‘lmasligi shart. Bunday mahsulot oshqozonda hazm bo‘lmaydi.
Hayvon mahsulotlarida eng qimmatli modda oqsillar va vitaminlardir. Issiqlik ta’sirida hayvonlar mahsulotidagi oqsillar qisman o‘zgaradi. Bu ayniqsa, birlashtiruvchi to‘qi- malar va mushaklarda sezilarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |