O‘rinlarini almashtirish shifrlash usuli bo‘yichi boshlang‘ich matn belgilarining matnning ma’lum bir qismi doirasida maxsus qoidalar yordamida
o‘rinlari almashtiriladi.
Ushbu usul eng oddiy va eng qadimiy usuldir. O‘rinlarni almashtirish usullariga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
shifrlovchi jadval;
sehrli kvadrat.
Shifrlovchi jadval usulida kalit sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:
jadval o‘lchovlari;
so‘z yoki so‘zlar ketma-ketligi;
jadval tarkibi xususiyatlari.
Almashtirish shifrlash usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilari foydalanilayotgan yoki boshqa bir alifbo belgilariga almashtiriladi. Almashtirish usullari sifatida quyidagi usullarni keltirish mumkin:
Sezar usuli;
Affin tizimidagi Sezar usuli;
Тayanch so‘zli Sezar usuli va boshqalar.
Sezar usulida almashtiruvchi harflar k ta siljish bilan aniqlanadi. Yuliy Sezar bevosita k=3 bo‘lganda ushbu usuldan foydalangan.
Affin tizimidagi Sezar usulida har bir harfga almashtiriluvchi harflar maxsus formula bo‘yicha aniqlanadi: at+b (mod m), bu yerda a,b — butun sonlar, 0≤a, b
Тayanch so‘zli Sezar usulida siljitish bilan birgalikda tayanch so‘z qo‘llaniladi. Тayanch so‘zni qo‘llashdan maqsad hosil qilinadigan alifboda harflar ketma-ketligini o‘zgartirishdir.
Kundalik jarayonda foydalanuvchilar ofis dasturlari va arxivatorlarni qo‘llab kelishadi. Arxivatorlar, masalan RkZir dasturida ma’lumotlarni parol yordamida shifrlash mumkin. Ushbu fayllarni ochishda ikkita, ya’ni lug‘atli va to‘g‘ridanto‘ g‘ri usuldan foydalanishadi. Lug‘atli usulda bevosita maxsus fayldan so‘zlar parol o‘rniga qo‘yib tekshiriladi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri usulda esa bevosita belgilar kombinatsiyasi tuzilib, parol o‘rniga qo‘yib tekshiriladi.
Gammalashtirish usuli bo‘yicha boshlang‘ich matn belgilari shifrlash
gammasi belgilari, ya’ni tasodifiy belgilar ketma-ketligi bilan birlashtiriladi. Gammalash algoritmida dastlabki bitlaming ketma-ketligi gammaning bitlari ketma- ketligi bilan mod2 bo‘yicha jamlanadi. Gamma oddiy almashtirish algoritmiga binoan hosil qilinadi. Gammani shakllantirishda ikkita maxsus doimiylardan hamda 64-xonali ikkili ketma-ketlik sinxroposilkadan foydalaniladi. Axborotni faqat sinxroposilka borligida rasshifrovka qilish mumkin. Sinxroposilka maxfiy bo‘lmaydi va ochiq holda kompyuter xotirasida saqlanishi yoki aloqa kanali orqali uzatilishi mumkin.
Teskari bog‘lanishli gammalash algoritmi gammalash algoritmidan faqat shifrlash jarayonining birinchi qadamidagi harakatlar bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |