i
- nаrх indеksi
Р
1
- jоriy yildаgi nарх
Р
o
- bаzis dаvrdаgi nаrх.
Jоriy yildа bаzis yilgа nisbаtаn nаrх dаrаjаsining o‘sishi inflatsiyani,
pаsаyishi esа dеflatsiyani ko‘rsаtаdi.
Mavzuni chuqur o‘rganish uchun topshiriqlar
Asosiy tayanch tushunchalar
1. Milliy iqtisod
2. Milliy hisob tizimi
3. Pirovard mahsulot
4. Yalpi ichki mahsulot
5. Yalpi milliy mahsulot
6. Sof milliy mahsulot
7. Milliy daromad
8. Qo‘shilgan qiymat
9. Nominal YaIM
10. Real YaIM
11. Shaxsiy daromad
12. Shaxs (aholi) ixtiyoridagi daromad
Р
i
=
_
-
-
Р
0
Р
1
– Р
0
x 100;
19
Quyidagi javoblardan to‘g‘risini tanlang:
a) Yalpi ichki mahsulot (YaIM) deb, resurslar manbaidan qat’i nazar
mamlakat hududida yil davomida yaratilgan pirovard mahsulotlar
qiymatiga aytiladi;
b) sotish yoki qayta ishlov berish uchun emas, balki pirovard
iste’mol qilish uchun bozor narxlarida sotib olingan mahsulot (tovarlar
va xizmatlar);
v) iqtisodiyotdagi faoliyat natijalarini aniqlash usullari majmui
bo‘lib, ikki yoqlama yozuvga asoslangan, daromad, xarajatlar oqimini
ifodalovchi jadvallar to‘plami. Mikromiqyosda buxgalteriya tizimi
qanday rol o‘ynasa, makromiqyosda MHT shunday ahamiyatga ega;
g) mamlakat miqyosida mulkchilikning turli shakllariga asoslangan,
mehnat taqsimoti orqali o‘zaro bog‘liq bo‘g‘inlar, tarmoqlardan tashkil
topgan murakkab xo‘jalik tizimi;
d) mamlakatning resurslari (yer, ish kuchi, kapital, tadbirkorlik)
qayerda joylashtirilishidan qat’i nazar, ular evaziga yaratilgan pirovard
mahsulotlar qiymati (olingan daromad)dan iborat;
e) yil davomida jamiyatning sof «ishlab topgan daromadi»dir. Sof
ichki mahsulotdan chet el ishlab chiqarish omillari evaziga yaratilgan
sof daromad va biznesga egri soliqlarni ayirib topiladi yoki SMMdan
biznesga egri soliqlar chegirib topiladi;
yo) joriy yilda yangidan yaratilgan mahsulot, YaMMdan amorti-
zatsiya ajratmalarini ayirib topiladi yoki YaIMdan amortizatsiya, chet el
ishlab chiqarish omillari evaziga yaratilgan sof daromad ayiriladi;
j) shaxs (aholi)ning qo‘liga tekkan daromad. Shaxsiy daromaddan
individual (jismoniy shaxslarga) soliqlarni ayirib tashlaganimizdan
so‘ng qolgan daromad (daromad solig‘i, mulk solig‘i, merosga soliq
kabilar);
z) mavjud bozor narxlari bo‘yicha hisoblangan YaIM;
i) narx o‘zgarishini nazarda tutgan holda hisoblangan yalpi milliy
mahsulot. Real mahsulot hisoblanganda narxlar indeksi qo‘llaniladi.
Real YaIM = Nominal yalpi ichki mahsulot / Narx indeksi;
y) shaxsga tegishli daromad, ya’ni faoliyat yuritib topilgan daromad.
Milliy daromaddan ijtimoiy to‘lovlar, foydadan soliq, taqsimlanmagan
foydani ayirib, transfert to‘lovlarini qo‘shib topamiz;
k) har bir korxona, firma tomonidan yaratilgan mahsulotning bozor
narxida ifodalangan hajmi bo‘lib, undan sotib olib ishlatilgan xom-
ashyo, materiallar chegirib tashlanadi;
20
Do'stlaringiz bilan baham: |