29
sizga matematika yoki fizika fanidan standart yo‘l bilan yecha olmayotgan misolingizni boshqa yo‘l izlab ko‘rishga undaydi, adabiyot fanidan yod ololmayotgan asaringizni qandaydir kichik voqealar sanalar yordamida eslab qolishga yordam beradi. Inson ijodiy fikrlash orqali har qanday qiyin masalalarga yechim topa ola- di. Hamkasblaridan, jamoasidan ajralib tura oladi va umuman ol- ganda juda qiziq suhbatdosh bo‘la oladi. Chunki sodda narsalarni gapirish bilan cheklanib qolmaydi.
To‘rtinchidan, ijodiy fikrlashni rivojlantirish nimalardan tash- kil topadi?
Albatta, bu isteʼdodga bolalikdan ega odamlar bor. Odatda, bunday odamlar ochiqlik, tashabbuskorlik bilan ajralib turishadi. Eng kamida bunday insonlar – taniqli shaxs va ijodiy fe’l-atvorli kishilar bo‘lishadi.
Ingliz tilida ko‘pchilikka tanish «thinking outside the box» (so‘zma-so‘z «korobka (qutidan) tashqarida fikrlash») degan ibora mavjud bo‘lib, u nostandart xatti-harakatlarni aniqlash uchun ishla- tiladi. Buni o‘zbek tiliga quyidagicha tarjima qilish mumkin: «doi- radan tashqarida o‘ylash qobiliyati». Barcha bolalar juda ijodiy bo‘lishadi – buni ko‘plab testlar tasdiqlangan. Lekin vaqt o‘tishi bi- lan, odatiy fikrlash stereotipi ishlab chiqiladi va bu nostandart xat- ti-harakatlarga «yo‘q» deyilishiga olib keladi. Shu sababli, ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy vazifasi odatiy xatti-harakatlar- dan qochishdir.
Korobka (quti)ning ramkalari, inson fikrlari psixikaning chek- siz imkoniyatlaridan foydalanish o‘rniga kundan kun odat tusiga kirgan tor, o‘zi yaxshi biladigan yo‘l bo‘ylab yurganda kelib chiqa- di.
Misol uchun, agar biz ham uyga har kuni bitta yo‘ldan yurib odatlangan bo‘lsak, bir kun boshqa yo‘lni topishimiz va har kuni yangi variantlarni o‘zimiz uchun ixtiro qilishimiz orqali «korob- ka»dan chiqishimiz mumkin. Yangi joylarda bo‘lish, bilmagan nar-
30
salarni o‘rganish yoki bilgan narsamizmi tubdan farq qiluvchi biror boshqa yo‘l orqali bajarishni o‘rganish foydalidir.
Ijodiy fikrlashni rivojlantirishning yana bir yo‘li – sanʼatga bo‘lgan ehtiros. Misol uchun, musiqa asboblarini o‘ynash yoki chalish barmoqlarning mayda motorika ko‘nikmalarini rivojlanti- radi. Ulardan impulslar miyaga keladi. Shu sababli, musiqachilar ko‘pincha juda aqlli bo‘lishadi. Sport bilan shug‘ullanish, raqsga tushish, ko‘proq toza havoda yurish ijodiy fikrlashni rivojlantirish- ga hissa qo‘shadi.
Istalgan tasvirlarni chizing, jamoaviy o‘yinlarni o‘ynang, orzu- laringizni tasavvur qiling – bu faqat lazzat emas, balki orzularin- giz ijrosini taʼminlashi va ijodiy fikrlashni rivojlantirish shaklidagi foydali narsalarni keltirib chiqaradi
Do'stlaringiz bilan baham: |