Bog'liq Banklarda buxgalteriya hisobi [iqtisodchi kutubxonasi]
Naqd chet el valyutasini sotib olishda berilgan madad pullari boʻyicha hisob- kitoblar hisobi
Deylik, ATIB “Ipak yoʻli” Chilonzor filiali tomonidan HKKMdan olingan madad pullarining chet el valyutasini xarid qilish uchun ishlatilgan qismi uch bank ish kuni ichida toʻliq naqdsiz yoki naqd pul koʻrinishda qoplab beriladi. Chilonzor filialining vakillik hisobvaragʻida olingan madad pulini qoplash uchun yetarli miqdorda soʻmdagi mablagʻ mavjud boʻlsa, shu kunning oʻzida HKKMga madad pulini qoplash uchun naqdsiz koʻrinishda hisob-kitobni amalga oshirishi lozim.
ATIB “Ipak yoʻli” Chilonzor filialining soʻmdagi vakillik hisobvaragʻida yetarli miqdorda mablagʻlar mavjud boʻlmasa, filial tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun ishlatilgan Markaziy bankdan olingan madad puli miqdori va uni qoplab berish uchun Chilonzor filiali vakillik hisobvaragʻini toʻldirish toʻgʻrisida har kun yakunida oʻzining ATIB “Ipak yoʻli” (Bosh bank) ga elektron xabarnoma orqali maʼlum qiladi.
ATIB “Ipak yoʻli” (Bosh bank) soʻmdagi vakillik hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobidan Chilonzor filiali vakillik hisobvaragʻini Markaziy bankdan olingan madad pullarini qoplash uchun naqdsiz koʻrinishda yetarli pul mablagʻlari bilan taʼminlaydi. Chilonzor filiali, oʻz navbatida, vakillik hisobvaragʻiga kelib tushgan soʻmdagi mablagʻlar hisobidan HKKMdan olingan madad pulining ishlatilgan qismini qoplab beradi.
ATIB “Ipak yoʻli” (Bosh bank) soʻmdagi vakillik hisobvaragʻida Markaziy bankdan olingan va chet el valyutasini xarid qilishga Chilonzor filiali tomonidan ishlatilgan madad pulini qoplash uchun yetarli mablagʻ mavjud boʻlmagan taqdirda Bosh bank chet el valyutasidagi vakillik hisobvaragʻida mavjud mablagʻlar hisobidan chet el valyutani Valyuta birjasi orqali sotib, oʻzining soʻmdagi vakillik hisobvaragʻini yetarli miqdorda mablagʻ bilan taʼminlashi Markaziy bankdan olingan madad puli uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish choralarini koʻradi. Bunda quyidagi buxgalteriya oʻtkazmalari amalga oshiriladi:
ATIB “Ipak yoʻli”da (AQSH dollarida):
Debet19997840-«Boshqaakreditivlar», Kredit 10301840-«Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi — Nostro» yoki10501840-«Boshqabanklardagivakillikhisobvaraqlari—Nostro»hisobvaragʻi. Markaziy bankda,
-Bosh kitob valyuta boʻyicha:
Debet 10401840-«Norezident banklardagi vakillikxisobvaragʻi Nostro»yoki10501840-«Rezidentbanklardagi vakillikxisobvaragʻi—Nostro», Kredit21596840-Valyutabirjasininghisobvaragʻi. -Bosh kitob milliy soʻm boʻyicha:
Debet21596000-Valyutabirjasininghisobvaragʻi-MarkaziybankningToshkent shaharBosh boshqarmasiHKKM, Kredit29896000-«Boshqamajburiyatlar»-ATIB“Ipakyoʻli”. v) ATIB “Ipak yoʻli”da:
-Bosh kitob valyuta boʻyicha:
Debet 17101840- «Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari»,Kredit19997840-«Boshqaakreditivlar»hisobvaragʻi. -Bosh kitob milliy soʻm boʻyicha:
Debet29896000-«Boshqamajburiyatlar». Kredit17101000-«Valyutapozitsiyasihisobvaraqlari»hisobvaragʻi. -Bosh kitob valyuta boʻyicha: